O’zbekiston Xalq Harakati

“Oydin Solih Maktabi” konferentsiyasi qatnashchisi taassurotlari

“Oydin Solih Maktabi” konferentsiyasi qatnashchisi taassurotlari
25 Mart 2019 - 11:00 'da yuklandi va 1155 marta o'qildi.

Bu konferentsiyasiga borib bir dunyo taassurotlar oldim, juda ham oliy saviyada o'tdi. Turkiyaning katta professorlariyu doktorlari so'zga chiqib, rahmatlik olimamiz Oydin Solih honimning davolash uslublari bilan, zamonaviy tibbiyot tuzalishi imkonsiz degan kasallarning ham sog'ayganini guvohi bo'lib hayratlanganlarini va o'zlari ham endi bu yo'ntamni o'zlariga dastur qilishganlari haqida gapirdilar.

Oydin Solih, Qur'on va Sunnatga uyg'un haqiqiy tabobat ustida katta ilmiy va amaliy ishlar olib borish bilan birga ko'plab shogirdlar etishtirganini ko'rdim o'sha erda. Xalqda qishiqish juda katta ekan. Bu borada Turklarga havas qildim, qaniydi bu muhtasham oila o'z vatanimizda faoliyat olib borishganida edi… Alloh qabul etsin qilingan ehsonlani.

Oydin honim o'zlariga to qiyomatgacha savobi etib turadigan Haqiqiy Tibbiyotni sadaqayi joriya qilib ketibdilar. Muhammad Solihga tashakkurlar, ilohim davomli bo'lsin bunday tadbirlar.

Men oliy ma'lumotli emasman, ichimdagi gaplarimni hammasini ifoda eta olmadim ham. Oydin Solih muhojiratda yurib bu qadar yuksak martabalarga erisha olganlari bizga fahr bilan birga katta o'rnak ham bo'ldilar. Garchand o'zlari bilan ko'rishish nasib bo'lmasada ularni tushumda ko'rdim. Menga juda ajoyib bir jubbalarini hadya qildilar. Men hozir ularning shogirdlarida davolanishga boshladim, chunki menga ham doktorlar amaliyot qilish kerakligini aytgandilar. Men esa Haqiqiy Tibbiyot yo'li bilan davolanishga qaror qildim. Tushumni esa o'zimcha, Oydin honim menga huddi InshaAlloh davo topasan deganday bo'ldilar deb tabir qildim. Oydin honimning maktabini davlat ham tasdiqlab turibdi nazarimda, chunki bir professor honim bu maktabni universitetga aylantirishimiz kerak dedilar. InshaAlloh butun insoniyatga hayrli va barakali bo'lsin deb qolaman.

Aliya Xon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano