O’zbekiston Xalq Harakati

HRW: O'zbekiston ko'plab narsalarni va'da qiluvchi islohotlarni amalga oshirishi ham kerak

HRW: O'zbekiston ko'plab narsalarni va'da qiluvchi islohotlarni amalga oshirishi ham kerak
11 Nisan 2019 - 19:24 'da yuklandi va 571 marta o'qildi.

O'zbekiston ko'p narsalarni va'da qiluvchi islohotlardan ularni amalga oshirishga o'tishi kerak, deb hisoblaydi Human Rights Watch (HRW) xalqaro nohukumat tashkiloti vakili Stiven Sverdlou.

«Ko'p narsalarni va'da qiluvchi islohotlar, yaxshi siyosiy iroda etarlicha. Endi gap ularni amalga oshirishda», – dedi u BMT Xavfsizlik kengashining inson huquqlari borasidagi tavsiyalari bo'yicha O'zbekistonning harakatlar rejasi loyihasi doirasidagi maslahatlashuvlarda.

Huquqni himoya qilish tashkiloti vakili hukumatning paxta yig'im-terimida majburiy mehnatga barham berish yo'lidagi sa'y-harakatlarini va mamlakatdagi media makonidagi jonlanishni qayd etdi.

«So'nggi uch yilda siyosiy mahbuslar va jurnalistlar ozodlikka chiqarildi, media makonida jonlanish yuz berdi va bu sezilarli darajada ko'zga tashlanmoqda. Hukumatning paxta yig'im-terimida majburiy mehnatga barham berish borasidagi sa'y-harakatlarida o'sish borligini qayd etamiz», – dedi Sverdlou.

Shu bilan birga, ko'plab narsalarni va'da qiluvchi qator islohotlar amalga oshmay qolmoqda.

«Kuch ishlatish tuzilmalari ko'p narsalarda keng vakolatlarni saqlab qolgan, erkin saylovlar va siyosiy plyuralizm borasidagi holat haminqadar. Ko'plab narsalar ustida ishlash kerak. Odamlarning aksariyat qismi bizning fikrimizcha, siyosiy tusdagi ishlar bilan qamoq jazosini o'tashda davom etmoqda», – qo'shib qo'ydi u.

Sverdlou HRW ma'lumotiga ko'ra, 2016 yil sentyabrda siyosiy tusdagi ishlar bilan qamalgan 50ga yaqin kishi ozod etilgani, «ammo hukumat ularni yuridik reabilitatsiya, jumladan qonunga zid hukmlarni bekor qilish, etarlicha tibbiy xizmat bilan ta'minlamagan»ligini qayd etdi.

Uning aytishicha, huquq himoyachilari Jinoyat kodeksining «o'zgacha fikrlaydiganlarni ta'qib qilish uchun foydalaniladigan» ekstremizmga tegishli moddalariga tuzatishlar kiritishga chaqirishgan.

«Men 159-, 216-, 244- (1 va 2-qismlari) moddalarni nazarda tutyapman. Ularni O'zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga muvofiqlashtirish kerak. Biz hukumatni bu yo'nalishda yanada faolroq ish olib borishga chaqiramiz», – ta'kidladi Sverdlou.

Manba: kun.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano