O’zbekiston Xalq Harakati

O'z tarixiga loqayd boshqa bizdek qavmni topish mushkul…

O'z tarixiga loqayd boshqa bizdek qavmni topish mushkul…
12 Nisan 2019 - 10:04 'da yuklandi va 630 marta o'qildi.

Ovro'po millatiga mansub taniqli rassom bilan suhbat tasodifan Amir Temur mavzusiga burildi. “Ha, men uning ham rasmini chizganman, – dedi u o'z tilida, – Stalin, Gitler… bilan bir qatorda turgan holatda chizganman…

Rassomning shu gapi ustimdan sovuq suv qo'ygandek ta'sir qildi. Uning iste'dodi haqidagi taassurotlarim xuddi muzlagandek bo'ldi go'yo. Agar bu kimsa xorijlik bo'lganida, Amir Temur haqidagi fikri menga bunchalik ta'sir qilmagan bo'lardi. Ammo u O'zbekistonda tug'ilib o'sganligini o'z tilida qayta-qayta takrorlardi. Unga bunday “ijodiy parvozi” uchun darhol e'tiroz bildirdim-u, shu bahonada ko'nglining tubidagi asl “dard”laridan voqif bo'ldim:

– Eto on seychas vam stal “bobo”, – dedi u nafrat bilan. – Eto dlya politiki nujno. A v deystvitel'nosti on – palach. Poetomu ya ego tak i narisoval…

Beixtiyor yoqasiga chang solib, yuziga tarsaki tortgim keldi. Ammo qarshimdagi “Sohibqiron dushmani” – ayanchli nogiron rassom edi. Qolaversa, ayni damda unga jismoniy emas, balki “ma'naviy zarba” berishim zarur. Shuni o'ylab, uning gaplarini zo'r toqat bilan birpas eshitib turdim.

Rassom o'z “ko'ngil dardlari”ni ancha so'zladi. Unga yurtimizdagi juda ko'p illatlar ma'lum emish. Jumladan, poraxo'rlar, o'g'rilar… juda ko'p, dedi. Ammo shu yurtda ikki qavatli qasr qurayotgani, uning erto'lasida ikkita limuzin bemalol aylanishi mumkinligini ham maqtanib aytib o'tdi (qasr loyihasini o'zi chizgan emish).

Oxiri sabrim chidamay, “modomiki O'zbekistondagi kamchiliklar sizdek mashhuri jahon ijodkorga ma'qul kelmas ekan, bunday shikoyat qilish o'rniga, hammasidan etak silkib, o'z tarixiy vataningizga ketishingiz uchun kim to'sqinlik qilyapti?” dedim (aytishicha, bir qancha xorijiy yurtlarning rahbarlari unga uy-joy berib, fuqarolikka o'tishini taklif qilishganmish). “O'g'ri va poraxo'rlar” ichida sizdek “oliyjanob inson”, tokaygacha qiynalib yurasiz?”

Ishonasizmi, shu gapimdan so'ng u suv quygandek jim bo'ldi-qo'ydi! “Ha oshna, O'zbekistondek jannatmakon yurtni yana qaydan topasan”, dedim ichimda. Afsuski, bundaylar hech qachon shukr qilmaydi, tuz totgan tuzlig'iga tupuradi.

Buning ustiga, o'z tarixiga loqayd boshqa bizdek qavmni topish ham mushkul…

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano