O’zbekiston Xalq Harakati

Do'rmon sotqin bo'la boshladi

Do'rmon sotqin bo'la boshladi
12 Nisan 2019 - 10:09 'da yuklandi va 981 marta o'qildi.

 

 

 

ASQAR MAHKAM
***
Do'rmon qarib borar ichidan
Porij emas
emas u Toif…
Qari qartang qora it bilan
kezib yurar Abdulla Orif…
Ne bir zotlar manzil etibdi—
topib bo'lmas yo'q izlarini
Bitta qanjiq bulg'ab ketibdi
Shavkat Rahmon yalpizlarini…
Sigor tortar edi tolganda
nogoh qarib qoldi juda ham
Yana bir yil yashay olganda
chinorlardan yasardi qalam..
Do'rmon sotqin bo'la boshladi
sotdi har bir qarich joyini…
Xarobaga eltib tashladi
valiylardek yolg'iz Boqiyni…*
Etak qoqdi sho'rlik bariga
vayronaga kirib ketdi jim…
Tunda itlar ulishlariga
Qo'shilardi mening yuragim…
Do'rmon qarib borar ichidan…

Do'rmon, 22 iyul, 1999 yil.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano