O’zbekiston Xalq Harakati

Ayrildim

Ayrildim
12 Nisan 2019 - 10:16 'da yuklandi va 676 marta o'qildi.

 

 

AYRILDIM

Bulbulam, oh-zor chekib,
Toza gulzordan ayrildim.
Ko'zdan qonli yoshlar to'kib,
Ul sevar yordan ayrildim.

Yorga yarashar uch mucha,
Sifatin so'ylaram ancha,
Labi shakar, og'zi g'uncha,
Zulfi siyodan ayrildim.

Shirin jonda yo'qdir toqat,
Jabri aning jonga rohat,
Qoshlari fitnayi ofat,
Ko'zi xunxordan ayrildim.

Ayrildim, g'uncha gulimdan,
Qora sochli sunbulimdan,
Xush ovozli bulbulimdan,
Shirin guftordan ayrildim.

Dali ko'nglimning armoni,
Kulli go'zallarning xoni,
Sakkiz bo'stonning jannati,
Boqchali bog'dan ayrildim.

Yurti islom, diyonatli,
Chuchuk suvli, tar o'lanli,
Eli – ko'klan, oti – Mangli,
Nozli dildordan ayrildim.

Maxdumquli oshiq, maston,
Bog'ladim shonina doston,
Manzilgohi bog'u bo'ston,
Olmali, nordan ayrildim.

Izoh: Nor-anor.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

Facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano