O’zbekiston Xalq Harakati

Maktabni, bolalarni, tarbiyani eplayolmayapsizlar

Maktabni, bolalarni, tarbiyani eplayolmayapsizlar
13 Nisan 2019 - 13:04 'da yuklandi va 486 marta o'qildi.

DIQQAT: PALAKAT!

Qizim gap topib keldi. Maktabimizda yana bir fojia yuz beribdi – 4 (to'rt) nafar 10-o'ris sinf o'quvchisi (uchi o'zbek, biri o'ris bola) 50 yoshlar atrofidagi kishini boshiga temir bilan urib o'ldiribdi!

Maktabdan qochgan, dars payti maktab orqasidagi ko'chalardan birida to'yib aroq ichgan!

Mast bo'lib olib to'palon qilayotgan bo'lsa kerak, yo'ldan o'tib ketayotgan odam (yonida xotini ham bo'lgan) ularni tartibga chaqirgan va…

Hozirgi bolalarni bilasiz – natija o'lim bilan tugagan! Haligi o'ris bola qo'liga ilingan temir bilan odamning boshiga urgan!

Eng dahshatlisi:

1) bolalar odamning xotinini ham o'ldirishga harakat qilishgan;
2) odamga yordam berish o'rniga o'ligini yashirishga urinishgan;
3) temir bilan urgan bola qochib ketgan, hozirgacha topilmagan – izlab yurishibdi;
4) voqea kuppa-kunduzi, dars payti bo'lgan;
5) bolalar dars payti bemalol aroq ichib yuribdi!

Bir paytlar 69-maktabimiz eng namunali, ko'rsatkichlari bo'yicha shaharning oldi maktablaridan bo'lgan.

Qizim ro'molli bo'lgani uchun bu o'quv yili boshida bir hafta maktabga borolmadi. Oxiri o'zim o'rtaga tushdim. Formaliyu formasiz xodimlar, maktab va mahalla ma'muriyati yarim soatdan mo'l kaminani rosa “tarbiyalashdi” – 666-qarorning mohiyatini “tushuntirishdi”. Holbuki, maktab bo'yicha bitta mening qizim (balki yana bironta bordir) ro'molli edi xolos! O'shandan beri: “Ro'mol o'ramaysan! Bo'yningga sharf tashlamaysan! Oyog'ingdagi paypoq ham qora bo'lmasin, oyoqni ko'rsatib turadigan shaffof bo'lsin!” deb gap eshitganimiz eshitgan.

Qizlarning boshidan ro'molini echguncha bolalarning ta'limi va tarbiyasi bilan shug'ullangan yaxshi emasmi?!

Ey xalq ta'limi mutasaddilari! Shuncha voqelardan keyin ham ko'zingiz ochilmayaptimi?!

Maktabni, bolalarni, tarbiyani EPLAYoLMAYaPSIZLAR!

Mamlakat bo'yicha maktab o'quvchilari sodir etayotgan bunaqa fojiali hodisalar sanab chiqilsa, sizlar tutayotgan yo'l to'g'ri emasligi oydin bo'ladi.

Hali ham kech emas,

1. 666-qarorni bekor qilinglar!
2. Maktablarga islomiy odob-axloq fanini kiritinglar!
3. Bolalarni machitlardan to'smanglar!

DIQQAT: Shu voqea munosabati bilan bir taklif: “Maktablarimiz ahvoli” nomida bir guruh ochish kerak. Har kim o'ziga yaqin maktablarda bo'lgan, o'zi eshitgan-ko'rgan voqealarni yozsin. To'plab, bong urish lozim. To davlatimizning ikkala qulog'igacha etib borsin!

Bolalarimiz o'qiyotgan maktablar haqida xalqimiz o'zi qayg'urmasa bo'lmaydi shekilli.

Nurulloh Muhammad Raufxon

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ural ;

    O’zbekistonda maktab tizimi alloqachon izdan chiqib ketgan. O’qituvchilarning asosiy qismi ayollar. Maktabga borsang bu yerda to’la bandid bo’lmasa ham yarim bandid va manqurtlarni tarbiyalayapdi deb o’ylasan kishi. Sabab sistema to’la poraxo’rlashib bo’lgan, nomiga dars va tarbiya beriladi. Islomiy tarbiya yo’lga o’tilmas ekan bu maktablardan na bilimli na odobli bo’la chiqadi va ha demay ular xalqning boshiga, davlatning boshiga bir balo bo’ladi. Davlat bu masalaga yengil qaramasligi lozim.

    14/04/2019 04:04
istanbul escort