O’zbekiston Xalq Harakati

Xuzuringga intildim

Xuzuringga intildim
13 Nisan 2019 - 13:12 'da yuklandi va 521 marta o'qildi.

 

 

XUZURINGGA INTILDIM

Lojuvard ko'kdagi yakkash yulduzday
Sen sari intildim surilib, sarson.
Rozim izhoriga ming yillar borday,
Tumanli yo'llarda – mashaqqat, suron…

Yuragim ko'ksimga sig'may shoshadi,
Vulqon og'zidagi qoyalar misol.
Ko'zim qorasidan orzumand bo'ldim,
Oydin kechadagi soyadir visol.

Kiprigim xobida hijron tikib dor,
Umid uchqunlarin to'zitar har yon.
Adl panjasida tongni ko'tarib,
Sarvlar qoshimda bo'lar namoyon.

Dunyo bevafodir, yillar aldamchi,
Quyosh ham beqaror, oy esa yarim,
Hijron bilan visol oralig'ida
Borib kelar tanim – chin darbadarim.
1988 y.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano