O’zbekiston Xalq Harakati

IBLIS HIMOYaSIGA OTLANGAN PULSEVAR

IBLIS HIMOYaSIGA OTLANGAN PULSEVAR
13 Nisan 2019 - 22:45 'da yuklandi va 1358 marta o'qildi.

Bundan ikki-uch kun oldin inson huquqlari himoyasi bilan shug'ullanuvchi “Amnesty International” xalqaro tashkilotining bir xabariga ko'zim tushib qoldi. Unda yozilishicha, “Amnesty International” ayni paytda sudlanayotgan sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov “qiynoqlarga solinayotganidan xavotir” bildirib, “Rashid Qodirovga nisbatan qo'llanilayotgan qinoqlarni to'xtatishni” talab qilgan.

Bugun menga ma'lum bo'lishicha, Rashid Qodirov haqidagi yolg'on xabarni “Amnesty International” va boshqa xalqaro tashkilotlarga o'zbekistonlik huqubonlardan biri (O'zbekistondan chiqib, Evropada yashayotgan va xalqaro tashkilotlarning ishonchiga kirgan bir huquqbon) taqdim qilgan. Uning ismi-sharifi menga ma'lum, odob yuzasidan uning kimligini hozircha aytmay turaman.

O'sha huqubon mazkur xabarni xalqaro tashkilotlarga pullik buyurtma asosida taqdim qilgan, degan asosli shubhalarim bor. Chunki bundan bir necha oy avval “Rashid Qodirovning tarafdorlarimiz” deb, oldimga kelgan notanish kishilar mendan aynan shu (“Rashid Qodirovga qiynoq qo'llanilyapti”) mazmunda xabar tarqatishimni iltimos qilib, evaziga bir necha yuz ming AQSh dollari va'da qilishgan edi. Men ularga: “Demak, akalaringiz o'zi yaratgan qiynoqlar tizimining qurboniga aylanibdi”, – deb, keskin rad javobini bergan edim.

Aftidan, Rashid Qodirovning O'zbekistondagi yugurdaklari olis Evropaga borib, pulsevar huquqbonni qo'lga olishgan. U esa “Amnesty International” va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarni jallodning himoyasiga otlantirgan.

Rashid Qodirov Bosh prokuror bo'lib ishlaganda nima karomatlar ko'rsatgani haqida ortiqcha gapirib o'tirmayman. U bu lavozimda O'zbekistondagi eng katta poraxo'r bo'lishi barobarida, Oqsaroydagi xo'jayini Islom Karimovning jinoiy topshiriqlariga qonuniy tus berib kelgan odamdir. Andijon qirg'inida halok bo'lgan ayollar va bolalarni “ular terroristlar edi”, – degan odam Rashid Qodirov bo'ladi.

Evropadagi pulsevar huquqbon bu gaplardan bexabar deb o'ylaysizmi? Adashasiz: juda yaxshi xabardor. Lekin u Rashid Qodirovning harom pullarini oddiy o'zbeklarning huquqlaridan ko'ra ko'proq sevadi. Bu pulsevarga qo'yib bersa, to'rt tanga uchun o'z onasiniyam nomahramlarga qo'shadi-qo'yadi.

Malohat EShONQULOVA

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ural ;

    Ha bu dunyoda pora berib jazodan qutulishga harakat qilar. Lekun ularning musibati shundakim Alloh sudi bo’lishiga, jannat va do’zaxning xaqligiga, birovning biror tola bo’lsa ham sochini nohaq tushirgani uchun so’roq berishiga ishonishmaydi! Qanday ham kalta o’ylashadiya!

    14/04/2019 04:30
xxx video gratis porno italiano