O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Temur tuzuklaridan

Temur tuzuklaridan
15 Nisan 2019 - 9:16 'da yuklandi va 739 marta o'qildi.

“Temur tuzuklaridan”: “Boxtarzamin va Qandahorga ketayotib, Hirmand daryosining bo'yiga etganimda to'xtab bir yurt (qarorgoh) yasattirdim. Askarlarimni siylash uchun bir necha kun o'sha erda turdim. Shu asnoda Garmsir viloyatining XALQI va SIPOHIDAN qariyb MING OTLIQ TURK VA TOJIK ham menga qo'shildilar (Ta'kid meniki. A.H.). Shu tariqa Garmsir viloyati ham mening tasarrufimga o'tdi”.

Bu voqea 1362 yilning kuzida sodir bo'lgan. Garmsir – bu bugungi Afg'oniston janubidagi, Pokiston va Eronga yaqin tuman. Garmsirning bugungi aholisi 99 foiz pushtun ekan. “Tuzuklar”dan anglashiladiki, o'sha paytlar bu “viloyatning xalqi va sipohi”ning ko'pchiligini turk va tojik tashkil etgan. Xo'sh, o'sha turk va tojiklar, ularning avlodlari bugunga kelib qaerga ketdi? Tarixchilarga ko'ra, pushtunlar haqidagi ilk ma'lumot VI asrga mansub va XV asrgacha ular millat sifatida shakllanib borgan. Pushtunlar etnogenezida asosan uch unsur: hind, turk va tojiklar ishtirok etgan, ya'ni Afg'oniston janubi, Pokiston hududlaridagi ko'plab turkiy qabilalar pushtunlashib ketgan.

Mahmud Koshg'ariy “Devonu lug'otit-turk”da: “Turk bor joyda – tat bor”, degan maqolni bir necha bor ishlatadi. “Tat” – bu erda “forsigo'y, tojik” ma'nosida. Ya'ni azaldan turkiy, forsiy elatlar, qabilalar yonma-yon, baqamti yashashgan.

X asrda, o'sha Garmsirdan sal teparoqda, bugungi Afg'onistonning qoq o'rtasida joylashgan G'azni shahri turkiy hukmdorlar sulolasi – g'aznaviylarning poytaxti edi. G'aznaviylar o'rdusi yoki sipohi esa asosan turk askarlaridan iborat bo'lgan.

O'sha paytda Hindistonda boshqa bir turkiy sulola – tug'luqiylar hukmron edi. Dehli sultonligiga, o'sha paytda, Hindistonning eng janubidagi Maduray viloyatigacha bo'lgan erlar, ya'ni bugungi Hindistonning barcha erlari qaragan. 1399 yili Sohibqiron Hindiston poytaxti Dehlini zabt etadi. Umuman, Hindistonda turkiy sulolalarning hukmronligi 1206 yildan – mamluklar sulolasidan boshlanadi.

Bu paytda Bag'dodda chingiziy – jaloiriylar, Rum erlarida usmonlilar, Misrda boshqa bir turkiy sulola – mamluklar hukmron edi.

“Mamluk”ka (مملوك) lug'atda “mulkka tegishli bo'lgan”, “mulk bo'lgan”, “oq tanli qul” kabi izohlar berilgan. Arab tilida hatto shunday ibora ham bor ekan: (“انه جميل كالمملوك”) “annahu jamilun k-al-mamluk” – “U mamlukday chiroyli”. “Oq tanli qul” deyilishining sababi “mamluk” atamasi zanji qullarga nisbatan ishlatilmagan. Xullas, Islom olamida, xalifalikning dastlabki yillaridan boshlab yosh bolalarni qo'l sifatida sotib olib, ulardan askar tayyorlash udumi bo'lgan. Arab tilida “g'ulom” (“غلام”), ko'pligi “g'ilmon” (“غلمان”) – “o'g'il bola”, “o'spirin” kabi ma'nolarni bildiradi. Yoshligida sotib olinib, harbiyga jalb etilgan bunday bolalarga nisbatan “g'ulom” deyilgan. Turkiy xalqlar jangovar bo'lganligi uchun g'ulomlar, asosan, turkiylardan bo'lgan. Xullas, buning natijasida, Islom olamida barcha jangovar kuchlar turklardan iborat bo'lib qolganligi uchun, barcha mintaqalar birin-ketin turkiy sulolalar qo'liga o'ta boshlagan, o'rta asrlarga kelib Hindiston, Xuroson, Bag'dod, Misr, xullas, arabu ajamda turkiylar hukmron edi. Shu bois Firdavsiy o'zining Mahmud G'aznaviyga bag'ishlab yozgan hajviyasida uning kelib chiqishiga ishora qilib:

“Shohlardan bo'lsaydi u shohga padar,
Kiygizgan bo'lardi menga toji zar”, –

deb shikoyat qilgandi.

Ammo bu degani hozirgi Afg'oniston, Eron, Pokiston, Hindiston hududlariga turkiylar shu tarzda paydo bo'ldi, degani emas. Eramizning IV-VI asrlarida bu hududlarda eftallar hukmronlik qilgan. Eftallar buddaviylik inonchini o'zlariga din sifatida qabul qilgan, ularning poytaxti Buxoro shahri edi, bu shaharda buddaviylar monastiri – Vxara bo'lganligi uchun shahar shunday nomlangan. L.Gumilyov o'zining eftallar haqidagi asarida ularni oq xunlardan ekanligini yozadi. Gumilevga ko'ra, ko'pgina tarixchilar kidarlar, xionalar va eftallarni, ularni bir-birlariga aralashtirmagan holda, oq xunlarga mansub qavmlar deb hisoblaydi. Ya'ni, mazkur hududlarda eroniy, turkiy qavmlar azaldan baqamti yashagan, aytaylik, Hindistondagi mamluklar dashti qipchoqdan kelmagan. 1206 yili Hindistonda Mamluklar davlatiga asos solgan Kutbiddin Aybak Afg'onistonda tug'ilgan. “Turk bor joyda – tat bor”, – maqolini XI asrda yashagan Mahmud Koshg'ariyning o'zi to'qimagan. Bu maqol undan oldingi asrlarda mavjud bo'lgan.

Abduvohid Hayit

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Qaysibir manbada o'qiganimga qaraganda: 1924 yilgacha O'zbekistonda o'zbeklar salmog'i 50%ga ham etmagan. 1940 yillarga kelib bu ko'rsatkich 60%dan oshgan. Mustaqillikdan keyin (1989) esa, O'zbekistondagi o'zbeklar salmog'i 70%dan oshgan. Bugungi (2017) kunda esa O'zbeklar salmog'i 80 %dan oshgan.
    Buning asosiy sababi esa boshqa millatlar ham millatini “o'zbek” deb o'zgartirayotgani bilan bog'liq.

    15/04/2019 13:10
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube