O’zbekiston Xalq Harakati

Bormi, yoronlar?

Bormi, yoronlar?
15 Nisan 2019 - 9:20 'da yuklandi va 250 marta o'qildi.

 

 

   BORMI, YoRONLAR?

Ishq yo'lin havas aylab,
Kelgan bormi, yoronlar?
Dardimni bayon etsam,
Bilgan bormi, yoronlar?

Bo'lmisham mastu shaydo,
Ming bir pesha, yuz savdo,
Olamda mendek rasvo,
Bo'lgan bormi, yoronlar?

Sirtim dard, ichim biryon,
Tortarman nola, giryon,
Meningdek mastu hayron,
Qolgan bormi, yoronlar?

Yolg'on dunyoda yayrab,
Kezarsan kulib, o'ynab,
Ishq otashida qaynab,
O'lgan bormi, yoronlar?

Ishq duch bo'lsa bir mardga,
To'z bo'lar, do'nar gardga,
Meningdek o'zin dardga,
Solgan bormi, yoronlar?

Tob bermayin zulmga,
Bordi holim o'limga,
Yig'lamayin holimga,
Kulgan bormi, yoronlar?

Maxdumquli, jon cheksa,
Rahm etmaslar yosh to'ksa,
Ishqning yo'lida, yo'qsa,
Talon bormi, yoronlar?

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort