O’zbekiston Xalq Harakati

Islomxo'ja

Islomxo'ja
15 Nisan 2019 - 9:25 'da yuklandi va 666 marta o'qildi.

Islomxo'ja (1872 — 1913.9.8, Xiva) — Xiva xonligining bosh vaziri. Xorazmda jadidchilik harakati o'ng oqimi rahbarlaridan biri.

Islomxo'ja Muhammad Rahim II va Asfandiyorxon hukmronligi davrida Xiva xonligi delegatsiyasi tarkibida Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida bir necha marta bo'lgan (1907—12). Ilg'or Evropa madaniyatini targ'ib qilgan. Xudoybergan Devonovga Xorazmda kino va surat olish ishiga asos solishida homiylik qildi.

Uning tashabbusi bilan Xiva va boshqa shaharlarda Islomxo'ja madrasasi va minorasi, Nurullaboy saroyi, kasalxona, elektrostantsiya qurildi, jadid maktablari, hatto rus maktablari ochildi (1908—12).

Asfandiyorxon hukmronligi davrida bosh vazir (1910—13) bo'lib, xonlikning janubiy qismini idora etgan hamda xorijiy davlatlar bilan bo'ladigan aloqalarni boshqargan. Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun «vaziri akbar» unvoni berilgan.

1910 yil u xonlikda islohot o'tkazish to'g'risidagi farmonni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Sug'orma dehqonchilikka asoslangan Xorazmda dehqonlarning ahvolini engillatish uchun er solig'ini kamaytirishga harakat qilgan.

Yosh xivaliklar partiyasining asoschisi Polvonniyoz Hoji Yusupovning yozishicha, taraqqiyparvarlik g'oyalari uchun o'z kuyovi Asfandiyorxonning buyrug'i bilan vahshiyona o'ldirilgan. Ammo Polvonniyoz hojining talqini to'g'ri emas deb topildi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort