O’zbekiston Xalq Harakati

Toshkent militsiyasi soqol qo'yish qonunga zid emasligini aytdi

Toshkent militsiyasi soqol qo'yish qonunga zid emasligini aytdi
15 Nisan 2019 - 13:12 'da yuklandi va 669 marta o'qildi.

Toshkentning Uchtepa tumani aholisi bilan 10 aprel' kuni o'tkazgan muloqotida IIV o'rinbosari, Toshkent shahri IIBB boshlig'i Rustam Jo'raev soqol qo'yish yo qo'ymaslik masalasiga to'xtaldi.

«Bu erda o'tirgan barcha bu qonunchilik bilan taqiqlanmaganini tushunamiz. Xohlagan odam soqol bilan yurishi mumkin», — degan Rustam Jo'raev.

Mulozimning soqol haqida gapirishiga, gazeta.o'z nashriga ko'ra, majlis qatnashchilaridan birining fikri sabab bo'lgan.

So'zga chiqqan uchtepalik soqol qo'yish 18−35 yoshli erkaklar orasida keng urf bo'layotgani haqida gapirgan.

«Agar bu bartaraf etilmasa, 2019−2020 yillarga kelib Toshkentdagi barcha yoshlar soqol bilan yuradigan bo'ladi»

Uning bu fikri majlis qatnashchilarining bu gulduros qarsagiga sabab bo'lgan. Bu iddao nega bunchalik olqishga sazovor bo'lganini vazir o'rinbosari tushunmagan.

Mulozimning fikricha, bu masala «bolalarga qanday tarbiya berilgani va madaniy jihatdan ular nimaga o'rgatilgani»ga bog'liq.

Soqol qo'yishdan ham ko'ra uning targ'iboti bugungi kunda o'zbek rasmiylarini ko'proq tashvishlantirayotgan ko'rinadi.

Chunki Uchtepada ayni yig'ilish o'tgan kuni, «Eltuz» nashrining o'rganishicha, Musulmonlar idorasi kotibiyati mudiri Ulug'bek Sultonov va uning ërdamchisi Mubashshir Ahmadishdan olingandi.

Mubashshir Ahmad aksariyat soqol qo'yish, hijobda yurish kabi holatlar targ'ib qilingan Azon.o'z nashrining muassisi ham edi.

Bundan ilgari, 29 mart kuni Senat yig'ilishida, «Eltuz» nashri yozganidek, DXX raisi Ixtiyor Abdullaev O'zbekistonga xavf solayotgan islomiy tahdid haqida gapirgan edi.

«Dinga berilgan erkinliklarni ayrimlar noto'g'ri tushunishi oqibatida diniy aqidaparastlikning kuchayib borayotganinamoyon bo'lmoqda”, degan edi o'shanda DXX raisi.

Rassom Kirpi

Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • xakikat ;

    bu dxx va melisalar bir narsani tushunmayapdi,axir tarixdan malumku insonyatda shunday xislat bor davlat nimaga karshi kurashsa odamlar uni aksini kiladi,sokolga karshi kurashib televizorda gapiryapdi,internetda muxokama kilyapdi,oldin sokolga yoki xijobga xech kizikmagan odamniyam uzlari kiziktirib kuyishayapdi,mana rezultati yoshlar sokol kuyib boshladi,endi xijob masalasi bu musulmon uchun eng nozik nukta ,bu narsaga takik bulmasligi kerak,amerika yoki evropada musulmonlarga ruxsat berib kuyishgan bir davrda tukson foizi musulmon bulgan yurtda xijobga takik kuyilsa,bu axmokona karorku axir,musulmonlar idorasini va imomlarimizni shuning uchun xam yomon kuradi xalk chunki bir martayam eshitmadik birortasidan yukori minbarlardan musulmonlar manfatlari tugrisida gapirishganini,jumada Fazliddin Parpiev bir marotaba gapiruvdi becharani melisaxonadan tortib prakuraturagacha sarson kilishdi,yana tagin katta katta imomlarimiz noshukirlikda ayblashdi,nima emish kizingni echintirishar ekanmish biz shukur kilishimiz kerakmish,bizni muftiyimizni tez ishdan olish kerak,bu inson musulmonlarga dust emas,musulmonligigayam kafolat yuk,bu inson xar doim prezidentni yonida agar musulmon bulganida bir yulini kilib bulsa xam prezidentga tushuntirardi axvolni,prezident xam odam inoplanetyan emas yoki u xam musulmon,xalkga televizorga chikivolib kuronu xadisdan gapiradi usha gaplaringni prezidenga aytmisanmi nomard, faloncha machit kurdik deb maktanishadi _nima keragi bor bu machitlarni ayoling kizing yarim yalangoch bulsa dayus bulib machitga borishni.

    16/04/2019 07:43
  • Sobir To’laganov ;

    DXX raisi haqida xatolik ketgan.

    15/04/2019 18:21
istanbul escort