O’zbekiston Xalq Harakati

O'zimizni aldamaylik!

O'zimizni aldamaylik!
15 Nisan 2019 - 16:05 'da yuklandi va 2247 marta o'qildi.

Ijtimoiy himoyaga muxtoj axoliga qurilayotgan uy-joylar va bu soxadagi muammolar xaqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga qilgan Murojaatimga befarq bo'lmagan va o'z munosabatini bildirgan minglab yurtdoshlarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!

To'grisi, xursand bo'ldim. Xalqimiz xaqqini tanib, dolzarb masalalarda o'z fikrini qo'rqmay bayon etayotgani va ijtimoiy tarmoqlarda bo'lsa ham ancha faollashib, dadillashib qolgani kichkina bo'lsada umid beryapti.

Ammo besh qo'l barobar emas, ” Turkparast Turkiyangga borib yasha!” deb xaydaganlar ham bo'ldi. Avvalambor shuni aytamanki, men hech qachon turkparast bo'lmaganman. Lekin, o'zim borgan davlatlarning yaxshi- yomon tomonlarini taxlil qila olaman. Turkiya har sohada bizdan yigirma yil ilgarilab ketgan. Ko'p viloyatlariga borib, tan olishimiz kerak bo'lgan yuzlab sohalarni ko'rdim. Ibrat olishga arzigulik insonlari bilan tanishdim. Qaxramonmarashdagi “Aksay” shirkati sohibi Mehmetsoy ulardan bittasi xolos.

Kichkina bir korxonada zanglamaydigan aksesuarlar yasab, Italiyadagi mashxur mebelchilarga eksport qilayotganlarini ko'rgan turmush o'rtogim ham xayratini yashira olmadi: ” Bizda ham xuddi shunday lazer kesma uskunasi bor, bular mohir usta bo'lib ketishibdi. O'rgansak kam bo'lmaymiz!” dedi.

Bursadagi shaxarchalarning birida yuzdan ortiq mebel ishlab chiqaruvchi shirkatlar borligi va ular qiyin iqtisodiy xolatda xam Sharq, Afrika, xatto Evropa davlatlariga sifatli, raqobatbardosh, zamonaviy mebel' etkazib berayotganini ko'rdim. Shu soxa sabab yuz minglab insonlar oila tebratayotganiga havas qildim.

120$ ga to'rtta charm sumka, kamar va katmon sotgan sakson yoshli terichiga ” Mollaringiz juda arzonu, nimadan foyda ko'rasiz?” degan savolni berganimda , ” Korxonamiz sifat va son ( sifatli molni qancha ko'p ishlab chiqarsa shuncha xaridori ko'p bo'ladi) uchun ishlaydi” degan diyonatli ishbilarmonlarini tanidim…

Hokim emas, valiy, baladiya boshqoni maqomidagi xalq xizmatchilari faoliyati bilan tanishib, xalol, mard amaldorlariga tan berdim.

Umuman olganda esa biror davlatning xavas qilsa arzigulik yutuqlarini ko'rsatish o'sha mamlakatni ko'r-ko'rona maqtash emas, aksincha o'rganishga arzigulik jixatlaridan ibrat olish deyiladi! Nafaqat turklar, xalol mehnat qilayotgan imonli-insofli barcha insonlarni millati, dinidan qat'iy nazar xurmat qilaman!

Murojaatnomani o'qigan ba'zi yurtdoshlarim “Sen maydon deb, kimni qo'rqityapsan?” degan mazmunda shaxsiy pochtamga xatlar ham yuborishdi. Yana bir toifa shaxsi noma'lum kimsalar ( Shukurki sanoqlik) murojaatnomadan o'zlariga kerakli joyini skrinshot qilib, meni Prezidentga taxdid qilyapti va odamlarni ochiq norozilik namoishiga dav'at etyapti” degan iddaolar bilan statu s qo'yishdi.

Garchi bunaqa niyatim yo'q, niyatlarim ezgu bo'lsada, tirnoq ostidan kir qidirishga urinib kaltafaxmlik qilganlardan aslo xafa bo'lmadim. Maylida, har kim shaxsiy fikrini bayon etish xuquqiga ega. Muhimi, murojatimni o'qibdi! To'grimi, noto'grimi aqli etguncha taxlil qilibdi! Befarq bo'lmabdiku! Shunisiga ham shukur! Demak yaxshiroq xarakat qilsak, trollarimizni ham tarbiyalasak bo'ladi!

Men tarmoqdagi uchinchi toifa odamlardan ranjidim. Murojaatga ko'zi tushgan bo'lsada miq etmay, jim o'tirganlar, ” mening dardim emasku!” deb befarq bo'lganlar xalq, davlat, Vatan taqdiriga ham befarq manqurtlardir! Agar qo'pol qilib gapirsam, ularni tarmoqlardagi tuyaqushlarga o'xshataman. Bo'xron boshlansa kallasini qum ichiga tiqib olib pisiiib turishadi, xavf o'tib ketsa yana paydo bo'lishadi.

Sirgalidagi uy-joy masalasi xaqidagi postim shunchaki yozilmagandi. Shu masalaga bevosita aloqador bir qancha amaldorlar bilan bo'lgan suxbatda o'z muloxazalarimni aytib charchagach va ularga ta'sir etmayotganini anglaganimdan so'nggina xalqning xukmiga havola etishga qaror qilganman. Xo'sh, mening o'rnimda siz bo'lganingizda nima qilardingiz!

Yaqqol ko'zga tashlanib turgan ko'zbo'yamachilik, firib, yolgonni ko'rib ko'rmaslikka olish – Vatan taraqqiyoti, yurt ravnaqiga tupurish bilan barobar emasmi?!

Men bu masalada ba'zi amaldorlar bilan salkam ikki oy baxslashdim. “E'tibor bermasangiz shaxsan Prezidentga murojaat qilaman” deganimda “Qo'lingdan kelganini qil! Uylar arzon bo'lmaydi!” deganlar ham yozganimni o'qib o'tirishibdi.(Aksariyatini ijtimoiy tarmoqda sahifalari bor) Biroq, mard bo'lib “Aybdormiz, xatolarimizni to'girlab, xalqning ishonchini oqlaymiz!” deyishga yarashmayabdi xolos!

Balki barcha xaqiqat ishchi gurux taxlilidan so'ng oshkor bo'lar, biroq, adolat galaba qozonishi uchun yana shu xalqning cho'ntagi- byudjetdan ketadigan mablag xisobiga komissiya tuzilishi va shu komissiya xulosasigina firibgarlarni gapirtira olishi ayanchlidir!

Murojaatni atayin ko'p saytlarga yubordim. Ming afsus “Human.uz” va “Turonchi Nurqul” gina o'zimdan so'rab, murojaatnomani o'z saxifalariga joylashdi. Allaqanday to'ylardagi foxisha raqqoslar, geylar va millat obro'sini to'kadigan balo-battar videolarni erinmay tarqatayotgan taniqli saytlar esa dolzarb mavzuga befarq bo'lishdi.

Xalqimizning boriga shukur ! “Xalq bilan muloqot” guruhiga qo'ygan postimni yuzlab odamlar ulashdi. Sahifamdan ham ancha odam tarqatib yubordi.

Aslida maqsadim ham shu -ko'proq insonlarga etkazish edi! Chunki bunaqa uylar O'zbekistonni barcha viloyatlarida qurilyapti va kamdan-kam insongina maqtaganini eshitdim. Vijdoni, iymoni, insofini o'sha uylar narxiga qo'shib pullayotganlar esa jazolanishi shart! Agar biz ” menga nima, boshpanam bor-ku?! ” deya befarq bo'lsak, ertaga bundan badtar firibgarliklarni ham ko'raveramiz.

Menga ” yaxshi yozasizu, xissiyotlarga berilib ketishingiz yomon” deb dakki berishadi. To'gri, men yozish qonun-qoyilarini qoyillatadigan professional emasman. Yuragimni o'yib tashlaydigan mavzular bo'lsa ayolligimga borib emotsiyaga berilaman. Biroq, bu faqat kuchli dard, alamlar yigilib qolgandagina ro'y beradi.

Jiyanimning sunnat to'yida bildirilgan ba'zi tilaklardan qattiq xafa bo'ldim. Sochiga oq oralab qolgan odamlar mikrofonni qo'liga olib ” to'ybola uzoq umr ko'rsin va eng kamida hokim, prokuror, sud'ya bo'lsin! ” deb duo qilishdi. Oyogimgacha muzlab ketdim. Agar shu kasb va lavozimlar oldiga “Xalol” sifati qo'shib aytilganida ranjimasdim. Begubor o'ynab yurgan murgak go'dakni ertaga bir olam qargish ostida yuradigan amaldor bo'lishini tasavvur qilib, seskanib ketdim. Astagfurillox! Faqatgina hokim, prokuror, sud'yagina emas boshqa kasb vakillari ichida ham xaromtamoqlar to'lib ketdi.

Xalqimiz o'ta beimon amaldorlarni ko'rib, kuyib , o'z yogida obdon qovrilib yuribdiyu, yana oppoq sochli uluglari farzandlarimizga shunaqa sovuq niyatlar qilsaya?!

Chet elga chiqib birorta investor taklif qilsangiz birinchi eshitadigan e'tiroz nima ekanini bilasizmi?

” O'zbekistonni yaxshi ko'raman. Xalqi mehmondo'st, mehnatkash, yurtingiz tinch, biroq, hamma tomon kooruptsiya, mafiya. Davlatingizni o'zi firibgar, xalol ishlashga imkoniyat bermaydi!”

Bunday “maqtov”ni shaxsan o'zimga aytishganda rosa mulzam bo'lganman. “Oshirvordingiz, avval shunday edi. Xozir jamiyat ancha tozalangan. Poraxo'rlikka qarshi kurashyapmiz. Davlat ham xorijiy investorlarlarga yaxshi imkoniyatlar yaratib beryapti” deb qancha sayramay, baribir ko'p gaplarim yolgonligini o'zim ham, ular ham seziyu turishadi.

Axir DAVLAT- faqat jon kuydirib yaxshi o'zgarishlar qilishga urinayotgan Prezident, uch-to'rtta vijdonli hokim yoki oxiratidan qo'rqib xalqqa astoydil xalol xizmat qilishga urinayotgan besh- o'nta imonli mansabdordangina iborat emasku!
Istalgan idoraga kirsak lavozimidan maksimal foydalanishga urinayotgan bezbetlarga duch kelishimiz. Eng yomoni baliqni boshidan sasisishi!

Bitta misol: o'ta bechoraxol, uy-joysiz oila ( kasalmand buvi, ona va etim nabira)ga yordam beringlar, kam ta'minlangan oilalar ro'yxatiga kiritinglar, zora boshpanali bo'lib qolishsa ” deb, mahalla fuqorolar yiginiga murojaat qildim. Meni eshitishni ham xoxlashmadi. “Bular falonchi qarindoshining uyida ro'yxatda turishadi ( vaxolanki u uyda yashashmaydi. Muqim daromadlari yo'q. Xaroba bir kulbada ijarada turishadi). Bitta qizini Koreyaga erga bergan. Ana, kuyovi yordam bersin” deb surbetlarcha muomala qilishdi.

Devorga katta stend osilgan ekan. Unda o'sha mahallaning barcha ko'rsatkichlari raqamlar va suratlarda aks etgan edi. Kulgili tomoni: o'zim tanigan, bilgan fuqorolarining qanchasi ijtimoiy ko'makka muxtoj bu mavze obdon maqtalib, ” Bizda ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta'minlangan oilalar yo'q!!!” deb uchta undov bilan yozilgan ekan…

Yana bir fuqorolar yiginida ham (uzoqmas Toshkent atrofi) xuddi shunday xolatga duch keldim. Faqat ikkinchi mahalla fuqorolar yiginidagi farq shuki oqsoqol aldamadi:

-“Qizim, bechoralarimiz borligini o'zimiz ham bilamiz. Faqat siz aytganday kam ta'minlangan degan qogozni qilib bera olmayman. Sababi, tepadan shunaqa buyruq bor. “Kambagallarni boylarga biriktirib qo'y! Moddiy yordam qilishsin, lekin zinhor faqirlar ro'yxatini tuzib, davlatdan yordam so'rama!” degan buyruq olganmiz” dedi.

“Tadbirkor, o'ziga to'qroq iymonli qishloqdoshlarimiz aytmasak ham azaldan sahovatpesha, savobtalab, ammo shunday vaziyatlar bo'ladiki muruvatli tadbirkorimizning qo'li kaltalik qiladi. Xorijdagi murakkabroq jarroxlik amaliyotiga muxtoj , onkologik xastaligi bor bemorlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda gadoyday tilanib, oylab sargayib yurishibdi. Chunki tadbirkorlarimiz ularni extiyojini to'liq qoplab bera olmaydi. Ana, ishonmasangiz o'zingiz gaplashing!

Tadbirkor bilan gaplashsangiz ularning dardi ham etarli. Bir nechta kam ta'minlangan, kasali, nogironi bor oilani otaliqqa olgan zamondoshimning o'zi xozir yordamga muxtoj. To'grida, soliq daromad emas, aylanma mablagdan olina boshlandi. Gruziya va Rossiya davlatlariga havas qilib o'zlashtirilgan “Soliq reformasi” xali o'zini o'nglab ololmagan minglab tadbikorlarni boshiga qo'yilgan kunda bo'ldi! Kim va qaysi kalla bilan shu reformani o'zlashtirdi? Axir bunaqada ishlayman degan odamni ham sindirib qo'ymaymizmi?

Soliqlarni o'z vaqtida to'lash shart, biroq daromad topishga imkon bermasdan turib, zo'rga topgan aylanma mablagidan yulaversak ertaga qashshoqlar soni yanada ko'payadiku! Reformachilar naxotki, tadbirkor o'zidan orttirsagina qo'shnisi, mahalladoshini qo'llab-quvvatlaydi degan oddiy xaqiqatni tan olishmasa! Yoki ularga baribirmi? Balki jamiyat o'ta boy, o'ta kambagalga ajralishi kimlargadir qo'l kelar?!

Eng yomoni shu reformalar, kimlarningdir maslaxati bilan chiqarilayotgan qarorlar azaliy qadriyatlar makoni bo'lgan mahallalarimizdan ham fayzni qochiryapti: Fuqorolar yiginida xizmat qilayotganlar ichida kambagal qizini karis, xitoy kabi gayridinlarga uzatsa dindan chiqyapti emas, boyib ketyapti deb o'ylovchi kaltafahmlar to'lib ketdi. O'sha xorijga tegayotgan qizlarimizning aksariyati majburlikdan, noilojlikdan (men tanigan 18 yoshli qiz “nogiron onam, kasalmand opam va etim jiyanim bitta boshpanali bo'lar” deb, 45 yoshli karisning yolgon va'dasiga ishongan. Uyi bo'lmasa xam uylanaman degan mard topilmagach boshqa millat vakiliga bo'lsa ham tekkan) mavxum joylarga ketyapti deb o'ylaydigan millatparvarlar ko'pmi! Internetda kun ora videosi tarqalayotgan qizlarimizning qanchasi boy, o'ziga to'q oilada tugilgan ? Yiglab dardini doston qilib bo'lsada “qutaringlar!” deb zorlanayotgan qizlarimiz shunchaki xorijni orzu qilib qolmagandir? “Kofirga tekkanding, badtar bo'l” deb malomat qilishdan avval o'sha qizning mahallasiga borib surishtiringchi, sizu biz bilmagan qancha muammosi oshkor bo'ladi! Mahalla fuqorolar yigini “Bizda faqir yo'q” deb xisobot berishdan avval o'shanday oilada ulgayayotgan qizlarning uvolidan qo'rqsin! Kimni aldayapman? Nega mahallamdan foxisha, o'gri, qotil chiqdi? Axir shu jinoyatchi kechagina ko'z o'ngimda katta bo'lgan mo'min-qobil bola, gapirsa erdan ko'zini uzmaydigan farishtaday qiz ediku! Naxotki befarqlik shunday fojealarga olib keladi?! Xalq dardini eshitmay, vijdon emas, tepadan kelgan buyruqlargagina itoat qilaversam, yolgon xisobot beraversam oxiratim kuymaydimi?” deb o'ylab ko'rishsa yaxshi bo'lardi!

Ko'rdingizmi Vatandoshim! Yana xissiyotga berilib, poyma-poy yozayotgan bo'lsamda ezilib ketyapman. Bittagina uy-joy muammosi qancha yaralaramizni qonatib tashladi. O'sha qimmat, sifatsiz va qoniqarsiz uylarda ham dardi bir dunyo muxtoj axoli qatlami yigilgan. Bugun uylar narxini tushirmasak, bank foizlarini kamaytirmasak ertaga ular badtar faqirlashib qolmaydimi? Qizlari ” erim uyni qarzini uzishga yordam beradi” deb aldanib, karis, xitoylarga erga tegmaydimi? O'gillari etishmovchilikdan bezib qotillik, o'girilik ko'chalariga kirib qolmaydimi?

Prezidentga murojaat yozishimga sabab bo'lgan, yuragimni tilayotgan dardlarning eng kattasi ham shu edi. O'sha avtobusda onasining oldida yiglab ketayotgan bolalar kelajagini o'ylaganim uchun jur'at bilan yozishga qaror qilgandim. Agar bu ishga aloqador mas'ullar faqat jigildonlarini emas, o'sha bolalar taqdirini ham o'ylashganida mardroq bo'lishardi! Shuncha Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari ichidan faqat Rasul Kusherbaev jon kuydirib , fikrlarini yozdi. Qolgan tuyaqushlarimizning boshi qum ichida. Senatorlarimiz esa umuman jim. Balki, ishchi guruh xulosasidan so'ng ovozlari chiqar! Har nima bo'lganda ham yashaydigan uylari borku!

Murojaatnomani tarqatgan oddiy odamlar esa izohlarda o'z dardlarini bayon etishdi. Aslida eng katta boyligimiz shu xalqimiz ekan! Ming shukurki, meni qo'llab quvvatlashdi.

Stop! Ozgina shoshdim.

Sergelidagi uylar ipotekasiga mas'ul bankir ham rosa jon kuydirib gapirdi. Xatto xalqqa yaxshiroq etib borsin deb, aloxida videomurojaatnoma ham tayyorladi. Chaynalib-chaynalib, mujmal qilib bergan ma'lumotidan “Badtar bo'llaring, boplab laqillatyapmizmi? Meni yaxshilab tushungan bo'lsalaring, yaqinda 16% dan to'laysanlar! degan axborotni angladim.

Qoyil! Aslida o'sha erkak:

Meni kechiring! Qo'girchoqman xolos! Ayt degan gaplarni etkazaman. Aslida ba'zi mamlakatlarda bank foizi ancha past, Yaponiyada 5% ipoteka krediti ham bor, ammo biz hech qachon Yaponiya bo'la olmaymiz! ” deyishga jur'at topa olmadi…

Xullas, o'zimizni o'zimiz aldamaylik! Rivojlangimiz, o'z uyimizda munosib yashagimiz kelyaptimi befarq bo'lmaylik! Turtib-surtib bo'lsada beandisha, beimon, befaxm Vatandoshlarimizni ko'zlarini ochaylik! Shunda ham uygonishmasa ildiz otmasidan shart kesib, ularning o'rniga ishlaydigan, yurt uchun yonadigan insonlarni saylaylik! Balki shunda taraqqiy etgan davlatlar safiga qo'shilarmiz! Nima deysiz Vatandosh?!

Muazzam Ibrohimova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Ural ;

    Fikrlaringizga to’la qo’shilaman. Davlat xalqdan yulib olish o’rniga olganini o’ylab, to’g’ri yo’lda tejab-tergab ishlatishni o’rganishi kerak. Davlat nohaqlik qilgan yurtda fuqora ham nohaqlik yo’liga o’tadi va oxiri bunday davlat barbod bo’ladi. Ko’zbo’yamachilik bilan shug’ullanish hamma davlat idoralariga odat bo’lib qoldi. Bu Karimovning 27 yillik “ulug'” harakatininig mevasi.

    16/04/2019 03:13
  • Fazliddin Yokub ;

    Fikrlaringizdan juda – juda sevindik . Jasorat bilan urakdan yozganlaringizni okib tasirlandik . Kam bolmang , sizga buyuk omadlar tilaymiz . Alloh yor bolsin ! Amerikadan Fazliddin Yokub .

    15/04/2019 22:39
istanbul escort