O’zbekiston Xalq Harakati

Jarimalardan tushayotgan milliardlar qachon yo'llarni ta'mirlashga sarflanadi?

Jarimalardan tushayotgan milliardlar qachon yo'llarni ta'mirlashga sarflanadi?
18 Nisan 2019 - 9:17 'da yuklandi va 410 marta o'qildi.

O'zA xabar beradi:

Toshkent shahrida MIB bilan o'tkazilgan reydda 9 kun davomida videokameralarga tushgan haydovchilardan BESh MILLIARD SO'M undirilibdi! Bu – bir oyda kamida 15 milliard degani!

Qandingni ur! Snikkersingni ur!

Bunga endi yana 13 ta viloyatnikini qo'shing! 210 milliard bo'ladi!

Buni endi 12 oyga ko'paytiring! 2 TRILLION 520 MILLIARD SO'M bo'ladi!

Bu hali MIB undirgani! Unga o'z ixtiyori bilan qo'shqo'llab topshirilgan so'mlarni qo'shganimiz yo'q.

Kamiga jarima undirishning “Yangi va yangi xilma-xil” usullari joriy qilinmoqda. “Farangni yoqib yurmasang-shtraf!” “Mashinangni yuvib yurmasang-shtraf!” “”Magnitofoning ishlamasa-shtraf!” “Galstuk taqmay haydasang-shtraf!” “Vertolyotga qarasang-shtraf!”, shtraf-shtraf-shtraf!

Qandingni ur! Shokoladingni ur! Marmeladingni ur!

Ammo yo'llarni ham o'ylaydigan mard bormi?

“Avval yo'llarni sozlab qo'yaylik, keyin ko'cha boshiga 50 degan belgini qo'yaylik!” deydigan shovvoz bormi?

Yo'llar men aytolmayotgan, ammo sizning tilingizning uchida turgan joyga kirib ketdi-ku?

Har 3-4 oyda “xodovoy” qildirayapmiz-ku?

Har yili kamida 3 marta “balon” almashtirayapmiz-ku?!

Yo'llardagi chuqurlar emas. O'RALAR tufayli ko'plab avraiyalar sodir bo'layapti-ku?

Butun boshli mashinalar sig'adigan O'YIQLARga tushib ketib, mashinalarimizning ham abjag'i chiqib ketayapti-ku?

Haydovchilardan oyiga MILLIADRLARNI, yiliga TRILLIONLARNI kim undirib olayapti va qaerga tiqayapti shuncha pulni? Undirib olayotgani aniq, ammo qaerga sarflayotgani haqida ham biror marta birorta MARD hisobot beradimi?

O'zbekistonda bormi shunaqa mard?!

Men hali sotib olinayotgan xoh eski, xoh yangi mashina egasidan YO'L FONDIGA deb undirib olinayotgan MILLIONLAR haqida aytmayapman!

Men hali sotib olayotgan har bir litr benzinimiz yo gazimizdan YO'L HAQI deb qo'shib olinayotgan MILLIARDLAR haqida aytmayapman!

Ammo yaqinda shunday maqola qilaman-ki, bu sohadagi kalamushlarning, haromxo'rlarning basharalarini ochib tashlayman! Kuting!

Karimberdi To'ramurod

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort