O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Uvol bo'lgan o'riklar…

Uvol bo'lgan o'riklar…
18 Nisan 2019 - 9:29 'da yuklandi va 602 marta o'qildi.

UVOL BO'LGAN O'RIKLAR…

Hokim endi pisha boshlagan o'riklarni kesib tashlashga buyruq berdi.

Soyasi ham, mevasi ham odamlarning joniga oro kirayotgan daraxtlar o'limga hukm etildi.

Bu o'riklarni Nabi ota ekkandi.

Bir vaqtlar suvsizlikdan qaqrab yotgan joyga o'g'illari bilan pastlikdagi soyga xcharxpalak urnatib suv chiqarganda zarang erdan biron narsa unib chiqishiga ishonmagan odamlar oshkor kulishgandi. Ammo qantdak o'riklar amal olib, shohlari mevasini ko'tara olmay erga egilmasdan mum tishlab qolishdi.

Aslida u bu o'riklarning xosiliga qarab qolmagan.Izzatu –ikromda, xoji ota maqomiga erishib keksalik gashtini surardi. Shahar biqinidagi erga achinganidangina shu ishga qo'l urdi.

Kasalxonaga olib borguvchi katta yul chetini obod kilsa yomonmi? Xokimiyatdan osongina ruxsat oldi.

Mana, bir necha yilda yo'l cheti yashnab ketdi.

U bir tekis ko'kargan o'riklariga karab zavklanib, sharti ketib parti kolgan umr ustidan golibona kuldi. :

-Xa, nima? Keksaydim deb oyogimni uzatishim kerakmi? Mana Alloxga shukur, o'riklar xam xosilga kirib koldi. Yashashdan maqsad ham shuda!

Ammo ota xosilni yig'ib olmas, shu atrofdagi ko'p qavatli uyda yashovchilarning murabbo, sharbat , qoqi mavsumlari tugagandagina bog'dan xabar olardi. Kech kuzda esa uch o'g'lini boshlab qing'ir o'sgan shohlarni kesib butalar, ularni chiroyli bog'lab, so'ng shu erda qoldirib ketaverardi. Qishning qahratonida ko'mir , o'tinga zoriqib qolganlar bemalol o'tinlarni olib yoqishlari mumkin edi.

Nabi ota saksondan sakrab, bandalikni bajo keltirganida, shahar biqinidagi bu yo'l bo'yidagi daraxlar shig'il mevaga kirdi. Otani so'ngi yo'lga kuzatayotgan tumonat odam sersoya o'riklar ostida er bilan bitta bo'lib to'kilib yotgan o'riklarni terib, qanddak o'riklar mazzasi qorilgan duolar bilan qabristonga qadar yig'lab borishgandi.

Hokim shu bog'ni yo'q qilishni buyurdi.

Unga qo'shib, charxpalakning suvi tufayli o'rik qator orqasida paydo bo'lgan terakzor ham xaydaldi.

Teraklar G'iyos aka tegishli. Rahmatli Nabi ota uyi yonib, olti farzandi bilan chirqirab qolgan maxalladoshiga “Kuyinmang inim farzandlaringizga, o'zingizga alhamdulillax ziyon etmabdi. Xozircha xashar qilib chog'roq kulba tiklab beramiz. . Mana er. Unga terak ekamiz. Bolalar ulg'ayguncha terakchalar ham katta bo'ladi. Olti o'g'lingizning imoratiga etadigan yog'ochni olib, qolganini sotasiz.

Aka-ukasiz, etimxonada katta bo'lgan G'iyosiddin otaning himmatidan xo'ng-xo'ng yig'lab, duo qildi.

Otaning o'g'illari bosh bo'lgan xashar tufayli ikki uy bir dahlizli imorat oyga qolmay qad rostladi. Otaning o'zi bo'lsa, bozorga borib chiroyli terakchalardan ming tupini sotib olib ishga kirishib ketdi. Xalq xasharga chiqdi. Nabi ota juda bolajon edi. G'iyosiddinnig balog'itga etmagan katta-kichik o'g'lini oldiga chaqirib, niholchalarni ushlab turishni buyurdi:

-Yaxshilab ushla o'g'lim. Sen esa anavi chelakda suv olib kelib quy. Xali bu terakchalar katta bo'lsa hammalaringga uy bo'ladi. Imoratga to'sin chiqarayotganingizda bu teraklarni o'zimiz ekkanmiz deb faxrlanib ham yurasizlar …

Ota to'g'ri aytgan ekan. G'iyosiddin qora kunlarni ko'rmagandek bo'lib ketdi. Shu teraklar bilan andarmon bo'ldi. Terakzor ichiga piyoz ham ekdi. Ota yana qarab turmadi. Erga solinadigan o'g'itdan tortib, o'toqchilar va yig'imchilarga beriladigan pulgacha berib turdi. Qo'li kalta G'iyosiddin, xar gal duo qilarkan, “Mayli xosilni yig'ib olsam, ulushlarini albatta beraman” deb niyat qildi. Ammo xosilning bir qismini otaga olib borganida yaxshigina gap eshitib oldi:

-Nima, men piyozssiz qoldimmi, yoki pulga muxtojligim bormi? Ana, Xudoga shukur! O'g'illarim qornimni och qoldirishgani yo'q. Sotasizmish?! Ex bolam, qiziqsana… Unda savobning uyiga o't ketmaydimi? Men ham senday etim o'sganman … Asli O'shlik bo'lamiz. Taqdirning taqazosi bilan shu erlarga kelib qolgan otamni tom bosib yosh o'tib ketgan. Onam va ikki ukam ham peshonamga sig'madi. Allaqanday yuqumli kasallik ularni olib ketdiyu, men g'irt etimchani falakning hukmiga tashladi. Agar yaxshi insonlar boshimni silamaganida allaqachon o'lib ketgan bo'larmidim… Seni qarayu, men ulushimni olaman deb yordam berganim yo'q. Bor uyinga! Agar bir kuni sen ham men kabi o'zingni o'nglab olsang, kimgadir yordam berib yuborarsan. …

Mana o'sha teraklar ham kesilyapti. G'iyosiddin o'zi xon ko'lankasi maydon hokimga hech narsa deya olmadiyu, hali voyaga etmagan terakchadan qolgan to'nka ustiga o'tirib o'ksib-o'ksib yig'ladi:
Allox, bu qanday bedodlik! O'g'illarimgaku amallab uy tiklab berarman. Bu teraklardan bir nechta yo'qsil oillarga ham va'da berib qo'ygandim. Lafz qilib qo'ygandimku!
O'rtaga tushgan oqsoqollar ham ko'p qavatli uylardan yopirib chiqqan xotin –xalajning nolasi ham xokimni to'xtata olmadi:

Mo'ltirab turgan xotin-xalaj uchun bola-baqraning nasibasi bo'lgan qantdak o'riklar ham, teraklar ham xokimning ko'ziga ko'rinmas, guvillab ishlayotgan motoarralar ovozidan rohatlanib bu erga qurilajak savdo do'konlaridan keladigan daromadni xomcho't qilib o'tirardi.

“Tashlandiq erni bog' qilgan Nabi ota bu erlarni vaqtincha foydalanib turish sharti bilangina o'zlashtirgan!”

Hammaga shunday deb o'zini oqlagan hokimga bas keladigani topilmadi.

Otaning o'g'illari ham, to'nka ustida devonavor o'tirgan G'iyosiddin ham hech narsa qila olmadi.

Jum'a nomozidan so'ng etib kelgan masjid imomi salmoqlanib gap boshlashdan avval endi sarg'aya boshlagan g'o'ralardan bir xovuch terib xokimga yaqinlashdi:

-Qarang, Xokim buva uvol bo'lyaptiiya! Besh – olti yildan buyon meva- chevani bozordan olishga qurbi etmaydigan oilalarning qandi- novvvoti edi shu o'riklar. Kesmang ! To'xtating!

-Sizni bu erga kim chaqirdi? –dedi zo'ravon vishshillab. Nomozchilar armiyasi shikoyat qilgandir?!

Tabiatan beozor imom ilk bor beandisha amaldorning ko'ziga tik qaradi:

– Masjid atrofidagi soya berib turgan daraxtlarni kestirib yuborganingizda indamadim. Bog' ichidagi katta-katta tollarni “qish mavsumida ko'miri yo'q oilalarga beriladi” deb ag'anatganingizda gapirmadik. O'tinlar yo'qsillarga berilmay, o'tin bozorida sotilib ketganida ham mum tishladik. Anavi ko'p qavatli uylarda mingdan ziyod yaqin odam yashaydi. Shu o'riklar ularni boqardi! Rahmatli Nabi ota o'riklarni atayin sotmasdi. “Kamqoni, kamquvvati esin, bolalarga tabiiy shakarda” deb shularni o'ylardi. O'tini yo'qsilni tandirini, pechkasini qizdirardi! Terakzorchi! Birorta qarorni ko'rsatmay turib G'iyosiddinni chirqiratyapsiz. Insofingiz bormi?! Xudodan qo'rqasizmi?!

Xokimning ko'zlaridan o't chaqnadi. Odamlar oldida izza qilgan imomni bir musht bilan qulatardiyu, olomondan xayiqdi. “ Xap senimi!” degancha chirt tupurib, moshinasiga o'tirib jo'nab ketdi.

-Xudodan qo'rqarkanku!

-Uvoldan xayiqdiku!

deya guvillagan olomondan qo'rqqan daraxt kesuvchilar ham juftakni rostlashdi.

Uch-to'rt kun tinch o'tdi. Ammo xalq bekorga xursand bo'lgan ekan. Kesilmay qolgan o'riklar sarg'aya boshlagan kunlarning birida xarbiylarni boshlab kelgan xokim ishni oxiriga etkazdi. Bog'ni ham, terakzorni ham asrab qolish imkoni bo'lmadi.

…Odamlarni chuv tushirish oson. Tepadan buyruq bo'lgan desang bo'ldi, qo'rqishadi . Sallasini desa, kallasini keltirsanggina bir narsalik bo'lasanda! To'g'ri, o'zboshimchalik bilan qilgan ishidan viloyat kengashida ancha gap eshitishga to'g'ri keldi.

Xix, yana o'sha gap! “O'rikzorga tegmay ham yo'lni kengaytirish mumkin edi”mish…

Hokim kechagi yigilishda eshitgan dakkini eslab miyigida kuldi:

-Shunday qilsam, o'rikzor eriga ko'z tikkan boyvachchalar bo'g'zimdan olishardida. “Katta yo'l chetiga zo'r do'konlar tushadi. Bittasi sizniki. Shirinkomasi xam shokoladday bo'lsin!” deb ataganlarini berib ketishgan bo'lsa E, viloyat xokimi bo'lsang o'zingga! Foyda dvoynoy bo'ldi. Sassiq cholning o'gillari o'tinlarni olishmadi. Naqd o'n besh moshina chiqsa keragov… Shahar Isitish markaziga yoki kambag'allarga berarmishman. Sotamiz…

O'tinlar sotildiyu, erni sotishning imkoni bo'lmadi. “Katta daryo o'zanida ikki yuz metr atrofda qurilish qilish mumkin emas” degan bittagina buyruq hamma ishni beliga tepdi. Shokoladini berib qo'ygan boyvachchalar ham ikki qo'lini burniga tiqqancha qolaverishdi.

Xozir ham u erda bog bor. Tepadan kelgan raxbarlar o'rikzorni so'rayverishgach, innovatsion park qilishga qaror qildi. Bitta fil, jirafa, yo'lbars va yana allaqanday xayvonlarning semondan ishlangan xaykallari va hech unum olmaydigan manzaralari daraxtlar bitta ikkita bekorchi “selpichi”ni aytmasa hech kimni jalb qilmaydi. “Zoopark” nomini olgan bu xududning fayzi yo'q. Birov kelmaydi.

Yo'q, aldamay…

Qosh qorayib, raxbarlar ko'rmaydigan vaqtda Muxtasar xolaning hamisha och Qoraxoni kirib, mazza qilib o'tlaydi. Qorni to'ygach o'z minnatdorchiligini izor qiladi.

Qanday qilib deysizmi?

Odam zoti yurmay uqalanib ketayotgan tosh yo'laklar, birov o'tirmay sinib yotgan o'rindiqlar ustiga va eng muhimi hokim amal oldira olmayotgan daraxtlar ostiga bir paqir, bir paqir ….. ketadi.

Muazzam Ibrohimova

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Mdmщpщpщp ;

    Uzbekistonda Mirziyoev davriga kelib boglarni buzish avjiga chikdi,xamma viloyatlarda tumanlarda xokimlar boglarni buzib tashayapdi,Mirziyoev bularni kurmayapdi shekilli

    18/04/2019 12:01
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube