O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Sevimli dohiy – Stalinga muhabbatning siri nimada?

Sevimli dohiy – Stalinga muhabbatning siri nimada?
18 Nisan 2019 - 14:30 'da yuklandi va 608 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, Iosif Stalin shaxsiyati va uning mamlakat taqdirida o'ynagan roliga nisbatan ijobiy munosabatda bo'luvchi rossiyaliklar soni tinimsiz o'smoqda. 2019 yil mart oyida bu ko'rsatkich o'zining rekord darajasiga etgan.

Levada Markazi o'tkazgan so'rovnoma ishtirokchilarining 70 foizi Stalinning Rossiya tarixidagi roliga ijobiy yondashishini ma'lum qilgan. Stalinsevarlar soni 2014 yildan orta boshlagan.

Stalin shaxsiga zavq, hurmat va muhabbat bilan qarovchilar ilk bor so'rovnoma ishtirokchilarining 51 foizini tashkil qilgan. Bu so'nggi 20 yil ichidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.

«Muhabbat»ning uch sababi

Siyosatshunos Ekaterina Shul'man jamiyatda keng quloch yozib borayotgan ushbu kayfiyatning uch asosiy sababi borligini aytadi.

“Birinchisi – vaqt o'tishi. Vaqt suvdek oqib, o'tmishdagi hodisalar, tarixiy xotira ortda qolib ketmoqda. Napoleon, endilikda, Rossiyaga hujum qilgan shaxs emas, balki tortga aylandi. Gitler esa memga. Shu sababdan ham tarixiy shaxslarga nisbatan omma xuddi Qirol Arturga kabi munosabatda bo'lmoqda.”

“Ikkinchi sabab – davlat propagandasi. Davlat Stalinni urush g'olibi va donishmand rahbar sifatida ko'z-ko'z qilmoqda. Sovet davri ham eng zo'r vaqtlar sifatida reklama qilinmoqda.”

“Uchinchi va eng qiziq sabab – elitaga qarshi kayfiyat. Stalin shaxsiyati xalq xotirasiga qattiqqo'l nazoratchi va amaldor dodini berib qo'yuvchi ulug'vor arbob sifatida muhrlanib qolgan. “Esiz, sizga Stalin yo'qda” iborasi bot-bot quloqqa chalinmoqda. Odamlar bu iborani bir-biriga aytmaydi, odamlar bu iborani rahbariyat haqidagi suhbatlarda qo'llaydi.”

Sovet davrini qo'msab

Levada Markazining qayd etishicha, odamlarning Stalin shaxsiga bo'lgan munosabatini 2000 yillardan boshlab, uch davrga bo'lish mumkin.

2000 yillar avvalida jamiyatning Stalin borasidagi ijobiy va salbiy fikrlari nisbati teng edi.

2008-2014 yillarda o'tkazilgan so'rovnomalarda betaraf munosabat darajasi yuqori bo'lgan. 2015 yildan boshlab esa Stalin haqida betaraf, salbiy fikr bildirgan yoki biror fikr bildirishga ikkilangan rossiyaliklar soni kamaya boshlagan.

Ayni vaqtda, barcha yoshdagi odamlar orasida Stalinga nisbatan ehtirom darajasi yuqorilagan.

“Sovet davri va Stalinni qo'msash darajasi, umuman olganda, kuchayib bormoqda. Stalin – fashizmni tor-mor etgan va Ulug' Vatan Urushidagi g'alabalarni o'z nomiga yozgan shaxs. Xalq uni shunday ko'radi. G'alaba esa, hech qanday istisnosiz, barcha rossiyaliklar uchun milliy g'urur ramzidir. Hattoki, Sovet davridan so'ng tug'ilganlar uchun ham,” izohlaydi Levada Markazi jamiyatshunosi Karina Pipiya.

«Ijtimoiy siyosat va, ayniqsa, pensiya islohotidan so'ng kuchaygan moddiy sharoitning og'irlashuvi fonida odamlarda davlat o'zining ijtimoiy majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlamoqda, degan qarash shakllanmoqda.»

Karina Pipiya Stalinga mehri oshayotgan so'rovnoma ishtirokchilarining aksariyati hali yosh (18-30 yosh) ekanini alohida qayd etadi.

«Ular o'z ko'zi bilan ko'rmagan, balki katta avlod hikoyalari natijasida afsonaviy qahramonga aylangan shaxsga xayrixohlik bildirmoqda,» deydi jamiyatshunos.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube