O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston EXHT tanqidi ortidan saytlar bloklanishi faktlarini o'rganib chiqishga va'da berdi

O'zbekiston EXHT tanqidi ortidan saytlar bloklanishi faktlarini o'rganib chiqishga va'da berdi
18 Nisan 2019 - 14:32 'da yuklandi va 621 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi EXHTning OAV erkinligi masalalari bo'yicha vakili A. Dezirning bayonotini bilan tanishib chiqdi va ayrim yangiliklar veb-resurslariga kirish muammolari borasidagi faktlarni diqqat bilan o'rganib chiqadi.

Bu haqda tilga olingan Agentlik rahbari Komil Allamjonov bayonot berdi.

Allamjonovga ko'ra, “Agentlik EXHTning OAV erkinligi masalalari bo'yicha vakili bilan har qanday masalada muloqot qilishga va axborot sohasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga doimo tayyor”.

Agentlik rahbari o'z bayonotida “Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligidagi jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatda OAVning rolini oshirish va oshkoralikni ta'minlash borasidagi islohotlar doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi so'z va axborot erkinligini ta'minlash, OAV va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, jurnalistlar mavqei va davlat organlari ochiqlik darajasini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini” eslatib o'tgan.

EXHTning matbuot erkinligi bo'yicha vakili Arlem Dezir O'zbekiston hukumatini odamlarning axborot olish huquqini ta'minlash maqsadida onlayn nashrlarni bloklash amaliyotidan voz kechishga chaqirgani to'g'risida avvalroq xabar qilgan edik.

EXHT rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, O'zbekistonda Fergana.Agency, Ozodlik, Eurasianet.org, AsiaTerra va Uzmetronom kabi qator saytlarga kirishda muammolar mavjud.

“Men hukumatga onlayn OAVlarga to'siqlarsiz kirishni kafolotlovchi islohotlarni o'tkazish iltimosi bilan murojaat qildim. Takror aytamanki, har qanday bloklash choralari xalqaro me'yorlar asosida va favqulodda holatlardagina qo'llanilganida o'zini oqlaydi”, deb bildirgan Arlem Dezir.

EXHT vakilining bildirishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yilda qabul qilingan “Internetda ekstremistik, propagandistik va nafrat qo'zg'atuvchi kontentni joylashtirgan” saytlarni bloklashga ruxsat beruvchi qaror ham hukumatga yoqmaydigan xabarlarni tarqatayotgan onlayn nashrlarni to'sib qo'yishga omil yaratmoqda.

Arlem Dezirga ko'ra, hukumat mazkur qaror asosida bloklash mumkin bo'lgan taqiqlangan nashrlarning ro'yxatini va aniq me'yorlarini shu kungacha ishlab chiqmagan.

Komil Ismoilovich Allamjonov joriy yil fevralida O'zbekiston matbuot va axborot agentligining direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

O'tgan yil oktyabrida Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari o'rinbosari – O'zbekiston prezidenti matbuot kotibi lavozimidan ozod qilingan edi.

Komil Allamjonov 2017 yil dekabrida prezident matbuot kotibi va davlat rahbari ijro apparati rahbari o'rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube