O’zbekiston Xalq Harakati

Fayzbog'niyam fayzi qolmadi…

Fayzbog'niyam fayzi qolmadi…
19 Nisan 2019 - 9:36 'da yuklandi va 696 marta o'qildi.

Ex…

Fayzbog'niyam fayzi qolmay, payxon bo'lib, pachag'i chiqib ketdi…

“Odnoklassniki”dan farqi yo'q. Bu olomon o'zi tug'ma maddoh ekan… Mutelik, qullik, ta'zimkashlik qon-qoniga singib bo'lgan ekan. Firavn o'zicha Firavn bo'lmaydi, uni xalqi Firavnga aylantirvoladi. Mirziyoevning qizi falonga joyga o'tgan bo'lsa nima qilibdi?! Hatto u men uchun mansab ham emas. Menimcha u qizgayam o'sha vazifa mansab bo'lmasa kerak. Ikki guruh bo'lib olib, birisi maqtaydi, birisi qo'yadi. Boshqa mavzu yo'qmi?!

Fayzboqqa sal uzunroq va kerakliroq matn qo'ysa it ham o'qimaydi, biroq qisqa matn yoki rasm qo'ysa tamom…

Yana eng kulgulisi kitob haqida gapirish, kitob o'qish maskirovka.

Yaqinda Rossiyada bir melisaga zo'rlash hodisasi bilan bog'liq fotoni ko'rsatishsa o'sha melisa fotoga qarab “Yalong'och joyi yo'q-ku, qani jinoyat alomati?” debdi. Qarang uning ko'zi pornografiyaga shunday o'rganib qolganki, fotodan ham shuni qidirgan ko'rinadi.

Shuning singari bu dangasa odamlarga tayyor rasm yo qisqa so'z bo'lsa-da – uzun matnni o'qimasa-da.

Telegrammda jinsiy hayot, qanday qilib o'shani o'shanday qilish mumkin degan narsaga asalga qo'ngan pashshaday odam ko'p – obunasi ko'p, lekin men odamlarga foydasi bo'lsin deb tabobat bo'yicha nodir ma'lumotlarni qo'ysam it ham o'qimabdi…

Ex dardim ko'p, gapim ko'p – lekin shu gapimni ham qisqa qila qolay, bo'lmasa hech kim o'qimaydi, hech kimga etib bormaydi…

Shukur Jabbor

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • xakikat ;

    100% kushilaman bu gaplarga,bizni xalk uzgarmas ekan raxbarlar xam shunga yarasha bulaveradi,negadir kup axamiyat kilganman bizni uzbeklar boshka millatlarga karaganda savodsiz va ponyatkasi yuk,nega shunakaligiga kup xayol suraman ammo echim topaolmayman

    20/04/2019 02:04
istanbul escort