O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Amir Temurning milliy ozodlik uchun kurashlar tarixidan

Amir Temurning milliy ozodlik uchun kurashlar tarixidan
20 Nisan 2019 - 12:28 'da yuklandi va 517 marta o'qildi.

Amir Temurning milliy ozodlik uchun kurashlar tarixidan (“Temur tuzuklari” asosida)

Buyuk ajdodlarimiz Amir Temur Spitamen, Jaloliddin Manguberdi kabi o'z Vatani ozodligi uchun jonini tikkan buyuk vatanparvar insonlar kabi o'z yurtini ajnabiy bosqinchilardan ozod qilish, yangi va mustaqil davlat tuzish yo'lida katta sa'yi harakatlar ko'rsatdi. U milliy istiqlol tarixining eng buyuk qaxramoni va timsolidir. Buyuk ajdodimiz 150 yil mobaynida mo'g'ullar zulmi ostida ezilgan ota-bobolarimizni yorug'likka, erk va ozodlikka olib chiqdi. U o'z Vatanini saqlab qolish maqsadida hatto mo'g'ullar xizmatiga kirdi va uni ichdan qulatdi. Amir Temur bosiqlik bilan turli strategiya va taktikalar qo'llab o'z maqsadlariga erishdi.

1360 yilda Mo'g'uliston xoni To'g'luq Temurxon Movarounnahr mulkini bosib olish qasdida qo'shin tortib, Xo'jand suvidan kechib o'tdi. Amir Temur “Tuzuklar”da bu haqda shunday deydi: “To'g'luq Temurxon Movarounnahr mulkini bosib olish qasdida qo'shin tortib Xo'jand suvidan kechib o'tgach, menga, amir Xoji Barlos va amir Boyazid Jaloyir nomiga yorliq jo'natib, uning huzuriga borishimizni talab qilgan edi. Ular men bilan kengashdilar: “O'z el-ulusimiz bilan Xurosonga ketaylikmi yoki To'g'luq Temurxon qoshiga boraylikmi?”. Men ularga bunday yo'l ko'rsatdim: “To'g'luq Temurxonning huzuriga borsangiz ikki foyda va bir ziyon bordir. Xuroson tomonga o'tib ketishning ikki ziyoni, bir foydasi bordir”. Ular mening kengashimga kirmay [el-yurti bilan ko'chib] Xuroson tomonga ketdilar ”.

Amir Temur xato qilmaslik uchun chuqur mulohaza qiladi va piri Abu Bakr Toyobodiyga xat yozadi. Piridan quyidagi mazmunda xat keladi “To'rtinchi xalifa [hazrati Ali ibn Abu Tolibdan] unga Tangrining karamu marhamati bo'lsin, bir kishi so'rabdiki, osmon-kamon, er-kamon ipi, hodisalar o'q-yoy bo'lsa, insonlar u o'q-yoylarga nishon bo'lsa, otg'uvchi esa Xudoyi ta'olo bo'lsa, uning qudrati yana ham ulug' bo'lsin, odamlar qaerga ham qochadilar? Xalifa javob qilib: “Odamlar Tangrining oldiga qochsinlar”, debdilar. Shunga o'xshash sen ham hozir To'g'luq Temurxonning oldiga qochg'il va qo'lidagi o'q-yoyini tortib olg'il”.

Amir Temur dushmanni tashqaridan emas, ichkaridan qulatish yo'lini tanlagandi. U qanday qilib Chingizxonning o'rniga xonlik taxtida o'tirgan Buyuk Mo'g'uliston xoninin enga olgan? Haqiqatan ham bu savolga taroflicha javob berish uchun uning ushbu davrdagi faoliyatini o'rganish muhimdir. U “Tuzuklar”da To'g'luq Temurxonni engish haqidagi tadbirlarini sanab o'tgan. Kitobning “To'g'luq Temurxon bilan uchrashganimdan keyin ko'nglimga kelgan birinchi kengashim” faslida quyidagilarni eslatib o'tgan: “To'g'luq Temurxon sarkardasi Bikijak, Xojibek erkinit, Ulug' Temurxon kerayit va Jetaning boshqa amirlaridan uch favj (qo'shin bo'lnimasi – Sh.O'ljaeva) tuzib, ularni Movarounnahr mamlakatini talon-taroj qilish uchun yuborganligi, o'sha uch favj qo'shin Xuzor degan joyga kelib tushganligi xabari mening qulog'imga etdi. Shunda To'g'luq Temurxonni borib ko'rishdan ilgari bu ochko'z amirlarni mol-dunyo bilan mahliyo qilib, Movarounnahr viloyatini qatlu g'oratdan qutqarib qolishga qaror qildim ”.

Amir Temur ularga turli sovg'a-hadyalar in'om etadi.

“Ularning ko'zlariga o'xshash ko'ngillari ham tor bo'lganliidan, sovg'a-sovurun yo'sinida ularga berilgan har turlik tansiq mollar ko'zlariga ko'p ko'rindi va Movarounnahrni bosib olish va talon-taroj qilish niyatidan qaytdilar”.

Amir Temur bu voqeadan keyin To'g'luq Temurxon huzuriga boradi. Oz fursatda To'g'luq Temurxon o'zi jo'natgan harbiy qismlar sovg'a-salomlar evaziga erli xalq bilan kelishganini bilib oladi. “Xon shu ondayoq mol-mulk va naqd pullarni qaytarib olish uchun odam tayin qildi va amirlarni bundan buyon Movarounnahrga borishlarini man' qildi. Mansablaridan bo'shatdi ”.

Bu voqealar albatta To'g'luq Temurxonning ichidan zil ketishiga olib keldi. Amirlar ham unga dushmanlik bayrog'ini ko'tarib o'z yurtlariga qaytib ketadi. Yo'lda ular xonning devonbegisi va bosh maslahatchisi bo'lmish O'g'lonxo'jani uchratdilar. Uni ham o'zlariga og'dirib olib, Jeta tomon yuzlandilar.

To'g'luq Temurxon og'ir vaziyatda qoladi. Bu ham etmaganday uning Dashti Qipchoqdagi amirlari ham To'g'luq Temurxonga qarshi isyon ko'taradilar. Bundan tashvishga tushgan To'g'luq Temurxon Amir Temurdan maslahat so'raydi. Amir Temurning maslahatiga ko'ra, u Jeta tarafga yo'l oladi.

“Tuzuklar”da Amir Temur To'g'luq Temurxon “Movarounnahrni menga qoldirdi va bu xususda yorlig'u ahdnomalar yozib berdi”, deya uning xavfidan qutulganini hikoya qilgan.

Biroq To'g'luq Temurxon o'z ahdini buzib, Movarounnahrga yurish qiladi va o'g'li Ilyosxojani hukmdor etib tayinlaydi. Amir Temur uning harbiy bosh qo'mondoni etib tayinlanadi. Biroq Ilyosxoja tadbirsiz va hukmdorlik layoqatiga ega bo'lmagan hukmdor edi. U Amir Temurning yordami bilangina hokimiyatni ushlab turardi. Amir Temurning to'g'ri tadbirlari va janglardagi g'alabalari Ilyosxo'jada o'ziga nisbatan dushmanlik hissini uyg'otdi. Ular Amir Temurdan qutulish uchun To'g'luq Temurxonga xat yozib “Temur bizga isyon tug'ini ko'tardi” deya arznoma yubordilar. Xon buni chin tushunib, Amir Temurni o'ldirish haqida yorliq yuboradi. Amir Temur bu yorliqdan xabardor bo'lib qoladi va quyidagi tadbirni qo'llaydi: “Barlos urug'ining yigitlarini o'z atrofimga to'plab, ularni birlashtirdim. Menga bo'ysunib ko'makdosh bo'lmoqlik uchun rozilik bergan birinchi kishi – Iki Temur bo'ldi, ikkinchisi – amir Joku barlos edi. Bulardan boshqa ulus bahodirlari ham jon dillari bilan menga buysunmoqchi ekanliklarini bildirdilar…Movarounnahr aholisining kattayu kichigi men bilan birlashdi… Ulus amirlari va qo'shun boshliqlarining ba'zilari xam bu ishga qo'shilib, bizga birlashdilar ”.

Biroq Amir Temurning atrofida jami oltmish otliq askar to'planadi.

Piri Mir Kulolning maslahatiga ko'ra Amir Temur Xorazmga yo'l oladi. Ilyosxo'ja Amir Temurning Xorazmga yurish qilayotganidant xabar topib, Xivaq hokimi To'kal bahodirga xat yozib, Amir Temurga qarshi chiqish va uni qatl etishni buyuradi.

To'kal bahodir ming otliq askar olib Amir Temurga qarshi jang qiladi. Amir Temur oltmish otliq va qaynog'asi Amir Husayn bilan birga 1000 otliq askarga qarshi jang qiladi.

“Tuzuklar”da bu voqea shunday hikoya qilinadi: “To'kal bahodir ming otliq askar olib, mening ustimga keldi. Oltmish otliq yigitim va yo'lda menga qo'shilgan qaynog'am Amir Husayn bilan birga ming otliq kishilik g'anim lashkariga yuzma-yuz bo'ldim va jangga kirishdim. Bu jangda shundayin bahodirlik qilib, chidamlililk ko'rsatdimki, uning ming kishisidan ellik kishi qoldi, mening oltmish otliq yigitimdan o'n kishigina qoldi. Shunday bo'lsa-da zafar men tomonda bo'lib, ularni qochirdim. Mening zafar quchganim xabari Ilyosxoja va Jeta amirlariga etgach, ular taajjublanib, “Temur ajab er kishi ekan, unga Tangrining madadi etib, baxtu iqboli ochilmish”, deb o'zaro so'zlashibdilar. Men bu urushdagi zafarni yaxshilik alomati deb bildim ”.

Sohibqiron bobomiz o'z vatanini ozodligi uchun ne-ne zahmatlaru og'ir kunlarni ko'rmagan. Amir Temurning 10 ta otliq askaridan boshqa askari qolmagandi. Ularning ettitasi otliq, uchtasi piyoda edilar. “Muhtarama jufti halolim bo'lmish Amir Husaynning singlisi (O'ljoy Turkon og'o –Sh.O'ljaeva)ni o'zimning otimga mindirib olgandim. Shu alpozda Xorazm cho'llarida bir necha kun sargardon bo'lib yurdim. Kunlarning birida kech tushgach, qandaydir quduq boshiga kelib etdim. O'sha kechasi piyoda yurgan uch nafar xurosonlik bevafolik qilib, otlarimizni minib qochdilar.Etti kishi to'rt ot bilan qoldik.Ahvolimiz juda og'irlashdi, lekin ko'ngil to'q edi. Bu ishni chakki qilgan ekanman deb, hech o'kinmas edim” .

Amir Temur yurishda davom etadi. Yo'lda turkman amirlaridan Alibek Joniqurboniy Amir Temurning ustiga yopirilib keladi va o'z eliga eltib, burgasi ko'p bir uyga qamab qo'yadi. Amir Temurga soqchilar tayinlanadi, ammo u soqchilardan birining qilichini tortib olib, ularga hamla qiladi, soqchilar qochib qoladi. Amir Temur To'g'ri Alibek Joniqurboniyning ustiga bostirib boradi. Amir Temurni ko'rib hushi boshidan uchgan Alibek undan uzr so'rab, tavba tazarru qiladi.

Amir Temur mo'g'ullarga qarshi kurashishni davom ettirish niyatida sekin asta atrofiga askarlar to'plashni boshlaydi. 60 otliq askar to'plagach, u Xuroson tarafga ravona bo'ladi.

Tez fursatda Amir Temurning atrofida yuzlarcha askar va ko'ngillilar to'planadi. Samarqandga kirish oldidan Amir Temur ularga shunday maslahat qiladi: Sizlarni vaqtincha Buxoro tomonlarga tarqatib turaman, o'zim esa Samarqand tevaragiga borib, el-ulus ichiga kiraman va ularni o'zimga qo'shib olishga harakat qilaman. Etarli lashkar yig'ilib kuch-quvvat qo'lga kirganidan keyin, sizlarni chaqirib olurman. Keyin Jeta va Ilyosxoja qo'shiniga qarshi otlanurmiz va Movarounnahr mamlakatini qo'lga kiriturmiz.

Amir Temur Samarqandga kelib opasi Qutlug' Turkon og'onikiga joylashadi va u erda qirq sakkiz kun turib qoladi, dushmanlari uning bu erdaligidan xabar topgach, yana u erdan kechasi ellik otliq qo'shini bilan chiqib ketadi. Amir Temur yana Xorazm tomonga yo'l oladi.

(davomi bor…)

Shohista O'ljaeva

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube