O’zbekiston Xalq Harakati

Qarashlaringda…

Qarashlaringda…
20 Nisan 2019 - 12:32 'da yuklandi va 293 marta o'qildi.

 

 

QARAShLARINGDA…

Na bulbul lahjasi, na gulning hidi,
Ne she'rning yodi bor qarashlaringda.
Andan-da go'zalroq, andan-da yovuz,
Asrorlaring bordir avrashlaringda.

Tun azobli yongan biyobon kabi,
Xayolim uzilar shirin jon kabi.
Visoling ta'qibi Chingizxon kabi,
Hislarning isyoni qarashlaringda.

Men yalangto'sh dalling, bandang bo'loyin,
Kulsalar, kuloyin – xandang bo'loyin.
Oshiqlik libosing – jandang bo'loyin,
Bog' bitadi qadam tashlashlaringda.

Yulduzlar iz solib uchgani misol,
Boshingda o'ynaydi tarog'ing – hilol,
Qismatga bitilgan, bilmam, zahar, bol,
Ikki oqim zohir qarashlaringda.

Taqdir yozug'idan qutilib bo'lmas,
Bo'riga qo'y kabi tutilib bo'lmas,
Bo'g'zingdan o'q bo'lib otilib bo'lmas,
Rahm etgin qulingga qarashlaringda.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort