O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Abdurauf Fitrat. Turkistonda ruslar (1918)

Abdurauf Fitrat. Turkistonda ruslar (1918)
03 Mayıs 2019 - 9:34 'da yuklandi va 801 marta o'qildi.

ABDURAUF FITRAT. TURKISTONDA RUSLAR (1918)

Mana shul chog'larda edikim: Rusiya davlati bizning o'lkalarimizni kelib bosdi. Ortuq biz Turkiston turklari Ovro'pa madaniyati tashiguchi bo'lg'an rus millatig'a yo'liqg'an bo'ldik. Madaniy ruslar bilan qorishib unlarning dalolati Ovro'paning madaniy va ijtimoiy usullaridan ta'sir olmog'imiz kerak edi.

Shuni ham aytib o'taylukkim munday bir ta'sirni rus millatining avom tabaqasindan olmog'i(mi)z mumkin emas edi, chunki bizning avomimiz unlardan yuz marotaba madaniyroq edilar (hozir ham shunday). Ruslarning o'qug'an, tarbiyali kimsalarindan sosializm va qardoshliq maslakinda yurg'anlar ham imperatorlik hukumati tarafindan quvilib, qisilib turg'anlari uchun bizga biror ta'sir qo'yolmas edilar.

Qoldi: rus millatchilari, rus boylari va rus po'plari bilan shunlarning qorovuli bo'lg'an imperator hukumati. Biz turkistonlilar yolg'iz shunlarning qo'linda qoldiq. Ne ko'rgan bo'lsak shunlardan ko'rdik.

Endi ko'raylik qani: shunlar bizning taraqqiyimiz va Ovro'pa madaniyatidan ta'sir olmog'imiz yo'linda biror ish qildilar yoxud qilmoqchi bo'ldilarmi?!

Rus kapitalistlari bilan rus po'plarining sodiq va ishonchli qorovullari bo'lg'an eski Rusiya huqushti elli(k) yil orasida, Turkistondag'i turk bolalarining foydalarig'a biror ish ko'rdimi, ko'rmoqchi bo'ldimi?

Mana shul savolga, Maltaassuf, «yo'q!» dan boshqa bir javobimiz yo'qdir. Yurtimiz: elli(k) yillik bir idorayi askariya ostida turdig'i uchun biz Ovrupaning madaniy millatlari bilan ko'risholmadik, unlarning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlarindan istifoda qilolmadiq. Bizning ko'zlarimizni ochdurmaslik uchun fikri ochiq totor qarindoshlarimizning daxi Turkistonda maktab ochmoqlari man' etildi.

Bizning diniy va milliy hissiyotlarimizni o'ldurmak tilagi bilan O'straumov kabi mutaassib po'plarning idorasinda gazit chiqarildi, maktab ochildi, lekin o'z millatimiz va diyonatimizni onglatmoq uchun o'z tarafimizdan ochilg'an maktablar va gazitlar bog'landi, shar'iy mahkamalarimizning huquq va salohiyatlaridan buyuk bir qismi g'asb etildi.

Mahkamalarda, uylarda, yo'llarda, tijoriy ishlarda, hatto vagon arbalarinda Turkiston erlisining huquqi Turkiston musofiri bo'lg'an rus va armanidan tubanda tutildi.

(«Hurriyat», 1918 yil, 63—64-sonlar)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube