O’zbekiston Xalq Harakati

Amir Temurning bunyodkorlik ishlariga qisqa nazar

Amir Temurning bunyodkorlik ishlariga qisqa nazar
07 Mayıs 2019 - 9:00 'da yuklandi va 1011 marta o'qildi.

Amir Temur davrida Sharqning eng kuchli va mashhur usta-me'morlarning Samarqandga olib kelinishi bu erda bunyodkorlik sohasidagi innovatsiyalarni gurkirab rivojlanishiga zamin hozirladi.

Xususan olimlar bilan birgalikda suvoqchilar Ozarbayjon, Isfahon va Dehlidan, mozaika ishlovchilar Sherozdan, to'quvchilar, shishagarlar, kulollar Damashqdan shunchalik ko'p keltirilgan ediki, ular shaharga sig'mas darajada ko'pchilikni tashkil etardilar. Klavixo ma'lumotlariga ko'ra, ularning soni 150 000 dan ortar edi. Amir Temur davri yodgorliklarida muhtashamlik, betakrorlik ko'zga tashlanadi.

Amir Temurga katta hurmat bilan qaragan Herman Vamberi uning qurilishlariga shunday baho bergandi: “Temur har bir muvaffaqiyatni, har bir sevinchli voqeani bir me'morlik asarini bunyod etish bilan nishonlashga ahd qildi. Shu maqsadda Hindistonning yuzlarcha mohir g'isht teruvchilarini, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustalarini Movarounnahrga keltirdi, ular go'zal imoratlar qurdilar. Musulmon Osiyosi ikki yuz yil mobaynida turk qo'shinlariga lashkargoh bo'lganiga, bu qit'ada — Temur saltanatida asarlari bilan bizni hayratga solgan rassomlar, me'morlar va boshqa san'at ahli doimo ijod qilganiga mazkur imoratlar shohiddir. Naqadar vahshiy etib tasvirlangan jahongirning dilida go'zallik va yuksaklikka muhabbat shu qadar kuchli ediki, bunga uning davrida yaratilgan san'at va me'moriy asarlari dalildir”.

U Amir Temurning garchi o'z mamlakatining boshqa shaharlarida binolar qurishga amr etsa-da, masalan Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, hazrat Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara bino qildirsa-da, lekin o'zining buyuk saxovat va himmatini Kesh va Samarqandda oliy asarlarni qurdirishda ko'rsatgani, o'zining ona Vatani va o'zining mangu istirohatgohi bo'lishga tayin qilingan birinchi shaharda, otasining qabri ustida oliy maqbara bino qilgani, to'ng'ich o'g'li Jahongirga maqbara bilan birga masjid qurganini yozar ekan, “ushbu masjidning keng hovlisida mullalar farovon yashab, marhumlarning ruhini shod qilish uchun kecha-kunduz Qur'on tilovati ila mashg'ul edilar. Temur g'alabalari va baxtining ilk davrida Kesh shahriga katta ahamiyat berib, uni O'rta Osiyoning ma'naviy markaziga aylantirgan edi. Shu bois bu shahar «Qubbatul ilm val adab» unvoniga ega bo'lgan edi. Xorazmdagi mashhur madrasalarning mudarrislari, Buxoro va Farg'ona ulamolari uning devorlari ortida hijratda yashar edi. Temur o'znning poytaxtini ham shu erda qurishni niyat qilib, go'zal Oqsaroyni bino ettirgan edi. O'n ikki yildan ortiqroq vaqtda bino qilingan bu saroy Eron me'morlarining xolis ishidir, ular bunda o'zlarining milliy uslub me'morligiga, aniqrog'i, g'arbiy islom uslubiga sodiq qolib, imorat peshtoqiga doira va quyosh alomatini tasvirlaganlar”, -deya uning vatanga bo'lgan muhabbatiga lol qolgandi.

“Sohibqiron 1380 yil mart oyida (hijriy 781 yil oxiri), sichqon yilida Keshning hushhavo zaminida qasr qurishga farmon berdi”. Oqsaroyning tamal toshi munajjimlar bashorat qilgan “saodatli soatda” 1379 yilda Temurning Xorazmga uyushtirgan to'rtinchi yurishidan qaytganida qo'yilgan edi. U Xorazmdan olib qaytgan katta o'ljadan tashqari Shahrisabzga quruvchi ustalarni ham jo'natdi. Saroy qurilishida Xorazmlik ustalardan tashqari mahalliy ustalar, shuningdek Temurning boshqa fath qilingan mamlakatlardan keltirilgan binokorlari ham qatnashgan. Masalan, asosiy peshtoqning morpech bezagida koshinkor usta Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlangan. Saroyning qurilishi 1380 yili boshlanib 1386 yili tugallangan, lekin pardozlash ishlari 1404 yilgacha davom etgan. Bir zamonlar mustahkam, hashamatli bo'lgan bu saroyning bizgacha emirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtog'i, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko'rinishi ham salobatli va go'zaldir.

Bu saroy Amir Temurning onasi Takinaxotun xotirasiga bag'ishlab qurilgan. Unga asosan Xorazmlik ustalar safarbar qilingan. U 20 yil davomida qurilgan noyob durdona bo'lib, bugungi zaif holati ham kishilarni hayratga soladi.

Bugungi Samarqandning dunyo me'morchiligi va ma'naviyati markazlaridan biri maqomini egallashida Sohibqiron Amir Temurning o'rni va roli kattadir.

Mo'g'ullar zulmidan keyin bu qadim shahar xarobaga aylangan, uni tamoman qayta qurish bilangina uning shavkatini qayta tiklash mumkin edi. Amir Temur Samarqandni yigirma etti davlatni o'z ichiga olgan yirik saltanatning poytaxti qilib tanlagach, uning bugungi mahobati va go'zalligiga zamin yaratuvchi qurilish va obodonlik ishlarini ham olib borgan.

Bu shahar o'z davrida eng shavkatli va mahobatli siyosiy markaz ko'rinishiga ega bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur davlatining poytaxti Samarqand shahri har taraflama poytaxt talabiga javob beradigan siyosiy markaz vazifasini bajarishi kerak edi.

Ana shu maqsad yo'lida Samarqand uning qadimiy markazi Afrosiyobdan janubroqda butunlay yangicha asosda qurildi. Bu maydon qal'adevori va xandaq bilan o'ralib (1371 y), hisor deb ataldi. Hisor 500 gektar bo'lib, devor bilan o'ralgan.

Yangi Samarqand butunlay zamon ruhi bilan hamnafas holda qaytadan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qal'a devori bilan o'raldi.

Shaharga kirish taraflariga Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So'zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi oltita darvoza o'rnatildi.

Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy bino qilindi. Hukmdorning qarorgohida hashamatli Ko'ksaroy binosi qad ko'tardi. U to'rt qavatli bo'lib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun Ko'ksaroy nomini olgan edi. Ko'ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga o'tkazish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o'tkazadigan, toshdan taxtkursi-Ko'ktosh qo'yilgan edi.

Bulardan tashqari Arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog'lar ustaxonasi va aslahaxona, tangalar so'qiladigan zarbxona, qamoqxona kabi imoratlar joylashgan edi.

Sohibqiron Samarqandda dunyodagi eng yirik yaratuvchilik timsollaridan sanalgan go'zal Bibixonim masjidi jome'sini qurdirgan. Bu masjidi jome' shu qadar go'zal bo'lib, u Sharqning eng go'zal imoratlari bilan bahslasha olar edi. Sohibqiron Amir Temur Samarqandning bir-biridan go'zal va betakror imoratlarini forscha, arabcha va boshqa uslublar uyg'unligida qurib, san'atda o'ziga xos yangicha uslub va me'morchilik asoslarining paydo bo'lishiga zamin yaratdi. Demak, bu binolar o'sha davrdagi madaniy-ilmiy va san'at sohalaridagi diplomatik muloqotlarning yorqin timsoliga aylanib ulgurgandi. Bu muhtasham va salobatli binolar orqali tom ma'noda madaniyatlararo ko'prik qo'yilgan. Bu binolarning ayrimlarigina bizning kulargacha etib kelgan. Amir Temur faoliyatini xolisona yoritgan akademik olim I.Mo'minov ham Sohibqiron Amir Temurning yaratuvchilik mahoratini yuksak baholab shunday yozgan: «Temur Samarqanddagi ahvolni butunlay o'zgartirib yubordi. U Samarqandda Ko'ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda mavzoleyi, Samarqand atrofida Bog'i Chinor, Bog'i Shamol, Bog'i Dilkusho, Bog'i Behisht, Bog'i Nav kabi bog' va saroylarni qurdirdi. Yo'llar qurib, Qo'qon-Zarafshon daryolari orqali ko'priklar solindi, shuningdek, keyinchalik Amudaryo va Sirdaryoga ko'prik qurildi, Toshkent atrofiga kanallar, jumladan, Sirdaryodan Ohangaronga ham kanal o'tkazildi. Shahar tipidagi Ohangaron qishlog'i qurildi. Buxoro, Shaxrisabz, Farg'ona, Turkistonda karvon saroylari va boshqa qurilishlar bilan birga irrigatsiya inshootlari qad ko'tardi. Shahar, qishloqlar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar qurilishi o'sha davr uchun misli ko'rilmagan miqyosda, masshtabda olib borildi. Qurilishga mahalliy arxitektor ustalar – sohibi hunarlardan tashqari Temur zabt etgan o'zga mamlakatlarning ko'plab quruvchilari, me'morlari jalb etildi».

Akademik olim I.Mo'minov bu qurilishlar O'rta va Yaqin Sharqda rivojlangan badiiy tafakkurni o'zida ifodalaganligini alohida ta'kidlab o'tgan.

Bizningcha, bu bunyodkorlik ishlarining barchasida siyosat, estetika, badiiy xususiyatlar bilan birga yuksak ma'naviyat, falsafiy qarashlar, davrning jo'shqin ruhi, Amir Temur davlatchiligining yangicha nafasi o'z ifodasini topgan. Demak, Amir Temur bunyodkorliklari davlatchilikdagi muhim xususiyat bo'lib, ular va davlat qudrati bilan uyg'unlikda bir-birini to'ldirgan. Ular buyuk davlatchilik asoslari barpo etilganligiga katta dalil vazifasini o'taydi. Shuning uchun ham tarixda qudratli hukmdorlar mahobatli binolar qurishga intilishgan.

Sohibqiron Amir Temur Samarqand atrofiga bir-biridan go'zal Sheroz, Sultoniya, Damashq, Misr, Bag'dod kabi qishloqlar barpo etdi. Bu qurilishlar tagida ham katta strategik maqsadlar yotadi. Damashq, Misr, Bag'dod, Sheroz va Sultoniya kabi shaharlar o'sha davrda dunyoning eng nufuzli markazlaridan edi. Amir Temur esa aynan Samarqand atrofiga shunday nomdagi go'zal qishloqlarni barpo etdi va ularga nisbatan Samarqandning tutgan mavqeini ta'kidladi. Uning fikricha, Samarqand kattaligi, go'zalligi hamda tevarak atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog'i lozim edi.

Sohibqiron Amir Temur davrida hammasi bo'lib Samarqand atrofida 12 ta go'zal va betakror bog'lar barpo etilgan. Bular: bog'i Naqshi Jaxon, bog'i Behisht, bog'i Shamol, bog'i Davlatobod, bog'i Buldu, Bog'i Maydon, bog'i Baland, bog'i Chinor, bog'i Jaxon Namo, bog'i Nau bo'lib, ular uchun joy tanlashda joyning bahovoligiga, baland-pastligiga, suv manbaining oz-ko'pligiga va tabiatning boshqa xususiyatlariga alohida e'tibor berilgan.

Amir Temur davri Renessansi timsollari bo'lgan qurilishlar Herman Vamberini hayratga solgan va ularni boshqa davlatlardagi qurilishlar bilan qiyoslar ekan, quyidagicha ta'rif berib o'tgan: “Samarqandning shavkatli davridan qolgan asarlarni hozirgi zaif holi bilan qiyos qilinsa, bugungi muhtasham binolarning tavsiyalari mubolag'ali tuyulmaydi. Sulton Xudobanda tarafidan Sultoniyada yuz yil ilgari qurilgan masjidning go'zalligi Temur tarafidan bino etilgan hozirgi Samarqandning xarobalari ustida qad ko'targan «Masjidi shoh»ning go'zal mahobati bilan tenglasholmas. Boburning tavsifiga ko'ra, uning peshtoqiga Qur'on oyatlari shunchalik yirik harflar bilan bitilganki, uni bir mil, hatto ikki mil masofadap o'qish mumkin edi.

Me'morchilikning shunday uslubida keyinroq qurilgan binolar, masalan, Isfahondagi Maydonshohdagi Masjidi Kabir, Qum va Mashhaddagi turbalar Temur himmati bilan bunyod etilgan imoratga nisbatan takroriydir”.

Xulosa qilib shuni alohida aytish mumkinki, Amir Temur saltanatidagi bunyodkorlik ishlarini atroflicha va chuqur o'rganish uchun alohida tadqiqot mavzulari tanlanishi, ular to'liq ochib berilishi va xalqqa taqdim etilishi kerak.

Shohista O'ljaeva
Tarix fanlari doktori, professor

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube