O’zbekiston Xalq Harakati

Sevinchlaring soch

Sevinchlaring soch
10 Mayıs 2019 - 8:00 'da yuklandi va 206 marta o'qildi.

 

 

SEVINChLARING SOCh

Nechun sening
ko'zlaringda yosh:
yig'lama, etar,
kulguchlaringdan
sevinchlaring soch,

Ko'z yoshlaringni
lolam bargiga
qo'ndirgum o'zim.
Qanot bog'lab uchsin
kulguchlaringda
har aytgan so'zim.

Seni onang
men uchun tuqqan,
mohitob sanam.
Men sen uchun yaralganman,
sen uchun tuqqan
meni ham onam!

1980 y.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort