O’zbekiston Xalq Harakati

Chingizxon o'zbekcha so'zlagan

Chingizxon o'zbekcha so'zlagan
11 Mayıs 2019 - 10:00 'da yuklandi va 656 marta o'qildi.

ChINGIZXON O'ZBEKChA SO'ZLAGAN

Ulug'bekning “To'rt ulus tarixi” va «Shajaratul atrok» (Turklar shajarasi) asarida keltirilishicha, Temur chin, ya'ni Chingizxon (Chino'g'uzxon)ning cho'ng o'g'li Jo'lchi (Yulchi, rus tarixchilari Juji degan) vafot etgach, otaga bu mash'um xabarni etkazishga xech kim botinolmabdi. Chunki xabarchini anik ulim jazosi kutar edi. Barcha nima kilishni bilmay xayron bulishdi. Chingizxonning bir odati bulgan, kachon yuragi siqilsa, baxshini (jirchi, jirov) yoniga chorlab yir (jir, forschasi: doston) eshitib, uzi xam tovushini chankovuznikiga uxshatib, baxshiga jur bulib aytaverar ekan. Kandaydir bir falokatni sezgan xon Ulug Jirchini koshiga chorlab dumbra chertishni buyuribdi. Jirchi takdiriga rozi bulib, kushikka kushib JO'LChINING XABARini yotigi bilan bildirmokchi bulibdi.

Chingizxonning oldiga kirgan baxshi dumbira chertib kushik ayta boshlabdi:

Dengiz boshdin bulg'ondi kim tindirur-a xonim?
Terak tubdan yiqildi kim turg'uzur-a xonim?

Bunday murojaatni tinglagan xon xayron bulib, baxshiga javob kaytaribdi:

Dengiz boshtin bulg'onsa tindirur o'g'lum Jo'lchi dur
Terak tubdan yiqilsa turg'uzur o'g'lim Jo'lchidur

Baxshi bu murojaatni yana kuzida yosh bilan yana kaytaribdi:

Dengiz boshdin bulg'ondi kim tindirur ey xonim?!
Terak tubdan yiqildi kim turg'uzur ey xonim?!

Chingizxon baxshining xolatiga karab Jo'lchining o'lganligini tushunib, debdi:
Ko'zung yoshin cho'qurtur ko'nglung qoldi bo'lg'aymu?
Jiring ko'ngul bukurtur Jo'lchi o'ldi bo'lg'aymu?

Buning javobiga baxshi debdi:
So'ylamakka erkim yo'q, sen so'ylading-a xonim!
O'z yorliqing o'zinga, aytib o'ylading-a xonim!

Ya'ni, «Ey, mening xonim! men Julchining ulganini aytmadim, sen uzing uz tiling bilan aytding, yorliking, ya'ni ulim xabarchisini uldirish xukming menga emas, uzing obdon uylab, shunday deb xulosaga keding,” debdi. Motamga tushgan Chingizxon debdi:

Quluni o'lgan qulunday qulunumdan ayrildim,
Ayrilishqan anqovday er o'lumdan ayrildim…

Chingizxonning bu gaplarni eshitib g'amga chumibdi, atrofdagilar motam marosimiga tayyorgarlik kura boshlashibdi. Olti oydan sung Chingizxon xam bu ochun (dunyo) ni tark kildi…

Erkin Rabbimovich

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Abdulla Abduqodir ;

    Gàlati sarlavha!!!
    Chingizhon chin oźbek boĺganidan keyin, oźbek tilida soźlamay, qaysi tilda soźlasin?!!! Na faqat Chingizhon, uning eli, yurti ham oźbek tilida soźlagan. Buni dunyo biladi. Bu haqiqat faqat bizdan yashirilgan. Bugun Rossiya koćhalarini supurib yurgan oźbeklar bir vaqtlar ruslarni 300 yil boshqargan degan fikrni oźiga or bilgan ruslar buni bizdan yashirishgan. Hatto taraqqiyotdan orqada qolgan Afgóniston ham biladi buni. Ishonmasangiz hozirda iztimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, afhon qiz aytgan “Bu mening tilim” sheŕini bir tinglab koŕing. Tilshunoslikda oźbeklar tili qadimdan “Chigátoy tili” deb ataladi. Chingizhon ham, uning eli ham mongoloidlar tilida gaplasha olishi mutlaqo imkonsiz edi. Chunki, Chingizhondan 500 yil keyin, bushab qolqan bu hududga manchurlar va tibetlar kelib, qolgan — qutgan oz sonli turkiylar bilan aralashib, hozirgi halha mongoloidlar hosil boĺgan. Ular shu hududning nomi bilan oźlarini moǵíl deb atashadi. Aslida ularning Chingizhon vaqtidagi mogúlistonga hech qanday aloqasi yo´q! Oltin O`rda shoiri Sayfi Saroiyning gázallari mumtoz adabiyotimiz namunalari orasida bugungi oźbeklarimiz uchun eng tushunarli g´azallardir.

    12/05/2019 01:18
istanbul escort