O’zbekiston Xalq Harakati

Odamlar qo'ymadi o'lmaganimga…

Odamlar qo'ymadi o'lmaganimga…
12 Mayıs 2019 - 7:00 'da yuklandi va 541 marta o'qildi.

 

 

ODAMLAR QO'YMADI O'LMAGANIMGA…

Cho'chqalar g'ingshiydi, chordona qurib,
Ular bilan suhbat qurmaganimga.
Dunyo tashvishini bir chetga surib,
Dunyoning kayfini surmaganimga.

Eshaklar – norozi, so'zimda turib,
Kelganda, o'rnimdan turmaganimga.
Hurmati uchun goh elib- yugurib,
Xizmatini qilib yurmaganimga.

Maymunlar hayrondir, ba'zan, qon qusib,
Kulgim kelmaganda kulmaganimga.
Arzimas dardlarim qimmatga tushib,
Quvonchimni tekin pullaganimga.

Itlardan baloga qoldim, vafosiz
Jafodan yuzimni burmaganimga.
Ular sharafiga qilmay marosim,
Ularga qo'shilib hurmaganimga.

Sichqonlar chiyillab ayladi bezor,
Beozor mushukday mudraganimga.
Bu dunyo ko'zimga ko'ringanda tor,
O'zimni kovakka urmaganimga.

Dushmanlar ashadiy do'st bo'ldi, ajab,
Do'stlarim aylandi qattol g'animga.
Ilonlar qonimda kezdi o'rmalab,
Suykalgan zaharni suymaganimga.

Qo'ylar xafa bo'ldi, qovog'in o'yib,
Boshdan judo bo'lgan jonsiz tanimga.
Qilgan gunohimni qon bilan yuvib,
Qonimni qon bilan yuvmaganimga.

Quyonlar kechirmas meni hech qachon,
Yurakdan qo'rquvni quvlaganimga.
Bo'rilar nafsimga bo'ldi podabon,
Qashqirday qon qaqshab uvlaganimga.

Chirqillab jonimdan to'ydirdi ko'nglim,
O'lmagan jonimdan to'ymaganimga.
Ajaldan ijozat so'ramay o'ldim…
Odamlar qo'ymadi o'lmaganimga.

Odil Ikrom

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano