O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston: Qamalishidan oldin Mirziyoevga murojaat qilgan jurnalist nimalar dedi?

O'zbekiston: Qamalishidan oldin Mirziyoevga murojaat qilgan jurnalist nimalar dedi?
12 Mayıs 2019 - 19:35 'da yuklandi va 1263 marta o'qildi.

Jurnalist Said-Abdulaziz Yusupov qo'lga olinishidan bir necha oy oldin tasvirga olgan Mirziyoevga murojaati chop qilindi. 2018 yilning 25 sentyabrida Turkiyada suratga olingan murojaatda jurnalist “agar bu ko'rsatuv internet tarmog'iga qo'yilgan bo'lsa, muhtamalan, siz ko'rayotgan onlarda men yo hibsda, yo Vatandan tashqarida, yoki Xudo ko'rsatmasin, baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan bo'laman”, deydi.

10 may kuni O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash hamda rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov firibgarlikda gumonlanib DXX tomonidan qo'lga olingan edi.

12 may kuni jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudi Yusupovga ehtiyot chorasi sifatida 10 kun qamoqda ushlab turish haqida ajrim chiqardi.

Jurnalistning yaqinlari unga qo'yilayotgan ayblar tuhmatligini ta'kidlamoqda.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova ning Bi-bi-siga aytishicha, “Yusupov o'zini DXX mas'ul xodimi, deb bildirib, uzoq vaqt davomida firibgarlik yo'li bilan odamlardan juda katta miqdorda pul olganligi faktlari aniqlangan. Aniqlanishicha, bu firibgarlik holati Yusupov tomonidan sodir etilgan retsidiv jinoyat hisoblanadi. Avval ham shu modda bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan”.

Facebook da Muxammad Bahouddin Yusupov cahifasiga qo'yilgan videoda Said-Abdulaziz Yusupov 2018 yilning fevral oyida Ichki ishlar vazirligi tomonidan unga nisbatan tuhmatga asoslanib jinoiy ish ochilganini aytgan.

Uning ta'kidlashicha, jinoiy ish soxta audio yozuv va qog'ozga chiqarib olingan soxta smslar orqali ochilgan.

Yusupov unga nisbatan ochilgan jinoiy ish uning jurnalistik faoliyati bilan bog'liq bo'lganligini iddoa qiladi.

“Farzandimning ikki soat davomida maktabda yo'qolib qolishi, meni o'zimni o'zim himoya qilishimdan voz kechishga majbur qildi. So'zsiz qo'yilgan ayblovlarni qabul qildim, tan oldirishga majbur qilishdi”, deydi u.

Jurnalist shunday bo'lsa, O'zbekiston Prezidenti imidjiga zarra keltiradigan birorta chiqish qilmaganini aytgan.

Said-Abdulaziz Yusupov O'zbekistonda islohotlarning chala bo'lishida maxsus guruhlarni ayblagan.

U Shavkat Mirziyoevni dindorlardan qo'rqmaslikka chaqirgan.

“Sizga eng katta hujumlardan bittasi, bu diniy soha vakillarining, aynan diniy idorani nazarda tutayapman. Diniy idora vakillarining, xavfsizlik xizmati bilan birga til biriktirib, dindorlarni, xususan, dinni sizga xavf sifatida ko'rsatib qaytadan tanitgani bo'ldi”, degan u.

U Prezidentga yuzlanib, reallikdan ayrilmaslikni so'raydi.

“Bir ojizaning boshidagi ro'mol, bir erkakning qo'ygan soqoli hech narsani o'zgartirmaydi. Magaramki davlat kuchli bo'lsa, sog'lom vujud hech qachon pashsha chaqishidan qo'rqmaydi. Demak, biz nosog'lom ekanmiz, davlatimiz mustahkam emas ekanki, to'rtta fuqarosini to'g'ri yo'lga boshlay olmasdan ularga qarshi jang ochsa”.

1982 yilda tug'ilgan Said-Abdulaziz Yusupov Turkiyada Prezident Shavkat Mirziyoev haqida “Yangi O'zbekiston: Rivojlanish strategiyasi va liberallashuv” nomli rus tilida kitob chop qilayotgan bo'lgan.

“10 may kuni ertalab kitobning nusxalarini qabul qilib olgandi. Keyin uni yuqori lavozimli amaldorlardan biriga ko'rsatish uchun olib ketayotganda, yo'lda DXX ushlagan”, deydi jurnalistning yaqinlaridan biri.

DXX jurnalistning uyida tintuv o'tkazgan. Tintuv davomida ishga aloqador daliliy ashyo topilmagani to'g'risida bayonnoma tuzilgan.

Yusupov ayni damda Toshkentdagi Gvardeyskiy, deb nom chiqargan DXX hibsxonasida saqlanayotgani aytilmoqda.

Tergovni DXX tergov boshqarmasi bo'linma boshlig'i adliya podpolkovnigi Yax'yaev O. G. olib bormoqda.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Xolis ;

    Yana usha eski tos eski xammom , bu dxx millat dushmani , Alloxni va millatni la'nati bulsin senlarga mankurtlar..!

    12/05/2019 23:33
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube