O’zbekiston Xalq Harakati

Boshlar ko'rsa

Boshlar ko'rsa
13 Mayıs 2019 - 9:00 'da yuklandi va 313 marta o'qildi.

 

 

BOShLAR KO'RSA

Keng ko'ksimni g'am bosibdir, naylayin,
Boshlar ko'rsa, yig'lab qochar holimdan.
Ko'zdan jigar ko'zyosh to'kar, naylayin,
Qoshlar ko'rsa, yig'lab qochar holimdan.

Cholga aylantirar yosh yigitlarni,
Gado aylar toj egasi beklarni,
Qo'rg'oshindek eritadi tog'larni,
Toshlar ko'rsa, yig'lab qochar holimdan.

Bir “oh” ursam, ko'kda turadi chaqmoq,
Chivinlar kul bo'lar, fillarda titroq,
Dovul kuchdan qolar, to'zg'iydi jamlok,
Qushlar ko'rsa, yig'lab qochar holimdan.

Pushaymonman, uzurim ko'p Karimdan,
Vaqt o'tgan so'ng kechdim boru yo'g'imdan,
Hamroh bo'lgan yota bilmas zorimdan,
Xeshlar ko'rsa, yig'lab qochar holimdan.

Haq ishqidir bizni qo'ygan ko'zlara,
Bu ko'zlardir qismat bo'lgan bizlara,
Bulbul tilsiz qolar, etsam yozlara,
Qishlar kelsa, yig'lab qochar holimdan.

Dur termagan ishq dardining konidan,
Kechmas bu so'zlarning yaqin-yonidan,
Ishqqa tushgan umid uzar jonidan,
Loshlar kelsa, yig'lab qochar holimdan.

Fahm aylagan Maxdumquli so'zini,
Dardga tushib, daryo etar ko'zini,
Shod bo'lganlar tuta bilmas o'zini,
Xushlar kelsa, yig'lab qochar holimdan.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano