O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Rasululloh keladur (Mashrab g'azali)

Rasululloh keladur (Mashrab g'azali)
13 Mayıs 2019 - 10:00 'da yuklandi va 950 marta o'qildi.

 

 

RASULULLOH KELADUR
(Mashrab g'azali)

Kel, anda Jabroyil, Arshni supurgil,
Anda mehmon bo'lgali Rasululloh keladur.

«Mazo — al basar» ko'zlik, «shams —uz zuho» yuzlik
Hammadan shirin so'zlik, Rasululloh keladur.

Moliklargamu ayting, do'zax eshigin yopsin,
Boshlariga dur sochsin, Rasululloh keladur.

G'ilmonlargamu ayting, jannat eshigin ochsin,
Yo'llariga ko'z tutsin, Rasululloh keladur.

Shamollargamu ayting, sayr etishini qo'ysin,
Beadablik qilmasun, Rasululloh keladur.

Daryolargamu ayting, mavj urishini qo'ysin,
Oldida soqov bo'lsin, Rasululloh keladur.

Azroyilgamu ayting, jon olishini qo'ysin,
Xizmatda muqim tursin, Rasululloh keladur.

Ufqul maqomiga borib yig'laydi Jabroyil:
«Bundan o'tsam, yo Rasul, qanotlarim kuyadur».

Mahshar kuni bo'lganda yig'ilur -xaloyiqlar
Rasululloh keynidan Mashrab qalandar keladur.

Sharh; Rasululloh (s.a.v.) keladir

Yo Jabroyil alayhissalom, hozirlik ko'ringki, insonlarning sarvari Muhammad Mustafo (s.a.v.) arshi a'lo sari mehmon bo'lgani kelmoqdalar. Basirot ko'zlari kundek ravshan, yuzlari tong shafaqidek pokiza, haliym va so'zlari jozib Rasululloh (s.a.v.) keladilar. Yo Jabroyil alayhissalom do'zax qo'riqchilari maloikalarga ayting: ular ham do'zax eshiklarini yopib, o'z vazifalarini bir dam unutsinlar va Allohning sevimli payg'ambari (s.a.v.) boshlaridan duri gavharlar sochsinlar. G'ilmonlarga aytingki, jannat eshiklarini lang ochsinlar va intizor ko'zlarini ul muborak zot yo'llariga tiksinlarki, bu me'roj tunini yoritib Habibulloh (s.a.v.) kelmoqdalar. Bebosh shamollar ham bir zum sukut ichra qotsinlar. Beadablik qilib, uvillamasinlar. Daryolar shovullab mavjlanishini bas qilsin. Azroil alayhissalom o'zlarining avvalu oxir vazifalari — jon olishidan tiyilib, xizmatda muqim tursinlarki, Rasululloh (s.a.v.) huzuri oliyga kelmoqdalar. Zero, Alloh huzurida hozir bo'lish maloyiklar, insu jins orasida faqat Muhammad alayhissalomgagina nasib etmishdir. Hatto Jabroil alayhissalom kabi buyuk farishta ham Sidratul Muntaho ostonasida “Bundan nari o'tsam, qanotlarim kuyadi”, deya yum — yum yig'laydi. Mahshar kuni jami xaloyiq yig'lagan kuyi u zotga ergashurlarki, devona Mashrab ham shularning biridir.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube