O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Said Abdulaziz Yusupovning ota-onasidan maktub

Said Abdulaziz Yusupovning ota-onasidan maktub
13 Mayıs 2019 - 9:28 'da yuklandi va 561 marta o'qildi.

Bosh muharrir I.Xushevga: Said Abdulaziz Yusupovning ota onasidan maktub

Assalomu alaykum Ismatjon.

 Bu maktubni sizga Said-Abdulazizning ota-onasi yozmoqda.

Bugun yutubdan uzatilgan 20 minutlik videoni ko'zimizda yosh bilan ko'rdik.

Inson uchun farzandining azobidan, farzand judoligidan og'iri yo'q ekan.

Turmush o'rtog'im Yusupov Kamoliddin Yusupovich, bir umr xalqim, adolat va xaqiqat deb yashadi. Mana shu to'g'riso'zligi va xalolligi orqasidan, Alloximga shukr, el orasida xurmatli bo'ldik. Lekin shu bilan birga, aynan shu adolatsevarligi  sabab juda ko'p qiyinchiliklarni boshdan o'tqazdik.

Alxamdulillox barcha farzandlarimizni xalol insonlar qilib tarbiyaladik. Turmush o'rtog'im oxirgi 14 yil davomida 2 marta infarkt 1 marta mikroinfarkt va o'tgan yili insul'tni boshdan kechirdi. Qadamidan o't chaqnagan inson so'zlari qilichdek o'tkir turmush o'rtog'im insul'tdan so'ng qiynalib gapiradigan, xarakatlari sekinlashgan, arzimas narsaga yig'lab yuboradigan bo'lib qoldilar.

Deyarli 40 yillik turmushimiz davomida biror marta na turmush o'rtog'imga va na boshqa birovga ovoz ko'tarib, yomon gapira olmadim, to 10 maygacha. Onalar shunday bo'lar ekan, farzandini ximoya qilish uchun arslondek kuch paydo bo'lar ekan. Balki, turmush o'rtogimning sog'liklari yaxshi bo'lib, avvalgidek bo'lganlarida, xozir internetda ketayotgan audioda yig'lab o'tirgan bir ojiza bo'larmidim.

Ammo endi yig'lamayman. Farzandimni ko'ksimni qalqon qilib bo'lsada ximoya qilaman. 11 may kuni kechki payt Toshkentda qattiq shamol ko'tarildi, osmonlarni yorvorgudek chakmoq chaqdi. Aslida bu shamol emas mening ichimdagi dard edi. Osmonni yorvorgudek momoqaldiroq – yaqinlarimni asrash uchun yutgan fig'onim edi.

O'g'lim qo'lga olingan kun ertasiga “Qo'shni maxalla” telegram kanali “Matbuotda va TVda o'z chiqishlari orqali tanilgan fond raxbari pora bilan qo'lga olindi” sarlavxasi ostida o'g'limning kuyinib gapirayotgan xolatdagi rasmi bilan maqola e'lon qildi.

Vaxolanki, o'sha surat o'g'limning BiBiSidagi migrantlar jasadlarini olib kelish tugrisidagi interv'yusidan olingandi.  Bilmadim, balki onasi bo'lganim  uchundir, o'g'limni qo'rqinchli inson sifatida ko'rsatish maqsadida aynan shu xolatda tushgan rasmi tanlangandir.

Yana bir savol: xamma erda e'lon qilinayotgan firibgarlik moddasi qo'yildimi yoki poraxo'rlikmi?  Nima uchun o'g'limning ahvoli yaxshi emasligini tasdiqlagan ichkaridagi shifokor tashxisi inobatga olinmasdan, sud medekspertizaga olib  borilgan joyda, o'g'limni o'sha sharoitda qoldirish uchun, uning holatini yaxshi deb aytishgan?

Sizga yozayotganimning yana bir sababi, o'g'limning ko'ngli sezgan ekanmi shu voqealardan 4-5 kun oldin: “Onajonim, katta ishning – kitobimning nashr etilishi boshida turibman, avvalo Alloxim qo'llasin, lekin agar men bilan biror nima bo'ladigan bo'lsa yoki tuxmat qilinadigan bo'lsa, avvalo o'zizga va dadamga, turmush o'rtog'im va bolalarimga extiyot bo'ling” deb aytgan edi.

O'shanda bolamga oq fotixa berib, InshaAllox xammasi yaxshi bo'lishini, yaxshi ishni boshlaganni Yaratgam Egam qo'llashini aytgan edim. O'shanda o'g'lim unga bir necha oylar davomida DXX xodimlari tomonidan ta'ziyq o'tqazilayotgani, va oxirgi kunlarda bu ta'ziyqlar jiddiy tus olganini aytgandi.

 Endi o'g'limni qora niyatli firibgar sifatida ko'rsatish uchun ko'plarning “ko'rsatma”larini taqdim qilishadi, bunga aminman. Lekin bu ko'rsatmalar yolg'onligini ota-onalik qalbimiz bilan bilamiz.

Yana bir gap, kelinimiz  xam bir guvox bilan o'sha Gvardeyskiydagi qamoqxona yuzma-yuz kelganini aytdi. U kishi yoshi katta, O'zbekistonning narigi burchagida turishi, ikki marta infarkt o'tkazganligi, mazasi yo'qligi sababli osma ukol olayotgan vaqtda DXX xodimlari kelib, o'g'limga qarshi guvoxlik berishligini aytishadi.

“Men xozir borolmayman, mazam yo'q, biletga qo'lda pulim xam yo'q” deganida, “xavotir olmang samoletda o'zimiz oborib opkelamiz” deb, biletni o'zlari olib, samoletga o'tqazib olib kelishgan ekan.

Kelinimga shu gaplarni aytar ekan, “Saidjon juda yaxshi bola, ko'pchilikka yordam bergan oqko'ngil inson”, debdi. Kelinim “xaqiqatni aytasizmi” deb so'rasa, “aytish kerak, aytish kerak” deb ichkariga kirib ketibdi

(Bu suxbatda bo'lgan gap-so'zlarni kelinimning iltimosi bilan yozmadim, turmush o'rtog'imdek keksa va xasta insonni ortiqcha tashvishga qo'yishni istamaymiz).

Lekin biroz vaqt o'tgach advokat chiqib, shu guvox o'g'limga qarshi guvoxlik berganini aytibdi. Kelinim “Oyijon u kishidan xafa bo'lmang, ketayotganlarida juda qattiq qiynalayotganliklari ko'rinib turgan edi” dedi.

Said-Abdulazizga vatanga, ona xalqiga bo'lgan muxabbat qonidan o'tgan. O'g'lim oilasi, farzandlari, biz ota-onasi bilan o'tkazishi mumkin bo'lgan kechayu-kunduzlarni o'z ishiga bag'ishladi.

Said-Abdulaziz – faqat bizning o'g'limiz emas. U – Xalqining, Vatanining, Xaqiqatning, Adolatning, Prezidentining, vatanparvar ziyolilarning xam o'g'li. Chunki uning ongiyu-shuuri, tarbiyasi shakllanishida xuddi bizdek, ziyolilarning o'rni xam katta.

Internet tarmog'ida o'g'limning juda katta miqdorda, ko'p yillar davomida pul undirganligini yozishgan, xo'sh unda qani o'sha pullar? O'sha-o'sha 7-qavatda, 3 xonali uyda oilasi, 4 nafar farzandi va biz bilan turadi.

Uyi o'rtaxol, barcha mebel' va anjomlar to'ydan oldin olingan, farzandlari davlat maktablariga borishadi. O'g'lim maxallasida xam, yashayotgan ko'p qavatli uyida xam yaxshiliklari, oilasi, farzandlari ahilligi bilan xurmat qozongan.

Agar ular aytganidek bo'lganida, xaligacha lifti tez-tez buzilib turadigan va shu kasal oyoq bilan ming azobda 7 qavatga piyoda chiqishga majbur bo'ladigan uyda turarmidi? 4 ta o'g'li uchun qo'sha-qo'sha uy qilmasmidi?

Nolimayman, Alxamdulillox kimdandir oldi, kimdandir keyin yashayapmiz, lekin shu xayotimizdan mamnun  edik. Tinch edik. Mana nima uchun azal-azaldan ko'ngil xotirjamlik so'rab omin qilinadi.

Juda ko'p so'z uchun bizni kechiring. Doim insonlarning dardini tinglagansiz, o'g'limni ismini bermasdan ilk maqolalarini chop etgan ekansiz, Alloxim rozi bo'lsin.

So'z oxirida o'g'lim va barcha farzandlarim, nabiralarim uchun shior bo'lgan turmush o'rtog'im yozgan misralarni keltirmoqchiman:

Yuguraqol, asragil, asra,

Askar bo'lsin xar tomchi qoning.

O'lsang o'lu, sadoqatda o'l,

Yashnab qolsin ortingdan Vatan,

Yashab qolsin ortingda Vatan.

Umid  qilamizki Yaratgam Egam, davlatimiz raxbari, ziyolilar, vatanining chin farzandi – o'g'limni bu tuxmatlardan yuzini yorug' qilib olib chiqadi.

Yana bir bor xaqiqatparvar bo'lganligingiz uchun sizga raxmat.

Xurmat bilan
Said-Abdulaziz Yusupovning ota-onasi.

Manba: dunyouzbeklari.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube