O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston Oliy sudida yangragan Andijon haqiqati

O'zbekiston Oliy sudida yangragan Andijon haqiqati
13 Mayıs 2019 - 9:43 'da yuklandi va 496 marta o'qildi.

Andijon qirg'iniga 14 yil to'ldi.

2005 yil 13 may kuni Andijon shahri va O'zbek-Qirg'iz chegarasidagi hodisalarga guvoh bo'lgan insonlarga tayangan inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga ko'ra, Andijonning markaziy Bobur maydonida hukumat kuchlari aksari qurolsiz bo'lgan tinch namoyishchilarni o'qqa tutgani oqibatida ayollar va bolalar doxil, yuzlab begunoh insonlar halok bo'lgan.

Karimov hukumati “Akromiylar” diniy oqimiga mansub guruh Andijonda hokimiyatni qurolli qo'zg'olon yo'li bilan bosib olishga uringan va asosan terrorchilardan iborat 187 kishi halok bo'lgan, deb keldi.

BMT, AQSh va Ovro'po Ittifoqi o'zbek hukumatini namoyishchilarga qarshi “haddan tashqari kuch ishlatish”da ayblagan va hodisalar yuzasidan xalqaro tekshiruv o'tkazishga chaqirgan.

Karimov hukumati Andijon qirg'ini yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o'tkazish chaqiriqlarini rad etdi.

Andijondagi namoyishchilar nohaq qamalgan yaqinlarining ozod etilishi, aholini ish bilan ta'minlash, ijtimoiy adolat o'rnatish kabi talablarni ilgari surishgandi.

Andijon voqealari yuzasidan mustaqil tekshiruv o'tkazishga uringan jurnalistlar va inson haqlari faollari qamoqqa tashlangan va mamlakatni tark etishga majbur bo'lganlar.

O'zbekiston hukumati qonli voqealarning matbuotda yoritilishiga taqiq qo'ygan edi.

2005 yil 20 sentyabrida O'zbekiston Oliy sudida Andijon hodisalarining tashkilotchilari deb taqdim qilingan 15 kishi mahkama boshlandi.

Bu sudni Human Rights Watch tashkiloti spektakl' deb ta'rifladi.

Mahkamada ko'rsatma bergan ayblanuvchilar ham, guvohlar ham barcha jinoyatlarda hukumatga qarshi qurol ko'tarib chiqqan terrorchilarni aybladilar.

Faqat 1972 yili tug'ilgan va 13 may kuni to'rt farzandi bilan Andijon markazida bo'lib qolgan uy bekasi Mahbuba Zokirovaning Oliy suddagi ko'rsatmasi barcha guvohliklardan butkul farq qildi.

Mahbuba Zokirovaning ko'rsatmasi O'zbek rasmiylarini shokka soldi, uni “terrorchilarning sherigi” deb ta'riflab rasmiy matbuotda yomonotliq qildilar.

Bi-bi-si arxividagi Mahbuba Zokirovaning 2005 yil 14 oktyabr' kuni Oliy Sudda bergan ko'rsatmasi audiosini to'liq tinglang.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort