O’zbekiston Xalq Harakati

Xorazmlik shoir Mahmud Rajabning uyida nega tintuv o'tkazildi?

Xorazmlik shoir Mahmud Rajabning uyida nega tintuv o'tkazildi?
13 Mayıs 2019 - 14:21 'da yuklandi va 152 marta o'qildi.
XORAZMLIK ShOIR MAHMUD RAJABNING UYIDA NEGA TINTUV O'TKAZILDI?

2018 yilning 10 may kuni kutilmaganda Xorazmlik shoir Mahmud Rajabning uyi tintuvdan o'tkazildi.
Tezkor olingan tintuv tafsilotlari tasvirlari bilan tanishishingiz mumkin:

Biz tintuvning qonuniy va yo noqonuniy o'tkazilganligi borasida taxmin va farazlarimizni ilgari surishdan tiyilamiz va mazkur tintuv borasida mutaqil jurnalist Davlat Nazarning tintuv guvohlarldan biri G'ayrat Urozmetov bilan o'tkazgan vidosuhbatiga quloq tutaimiz.

Garchi videotasvir sifati professional s'yomka talablariga javob bermasa-da, suhbat mazmuni juda ko'p narsalarga oydinlik kiritadi degan umiddamiz.
Men Mahmud Rajab bilan bir bor ko'rishganman, suhbatda bo'lganman.
Tabiatan o'ta kamgab, bosiq va muloyim shoirning uyida tintuv o'tkazilganidan hayratga tushgan uning do'stlari, tanishlari yoqa tutishmoqda.

Jumladan Malika Inoyatova shundayts deydi:
Malika Inoyatova interv'yusi
O'qituvchi

Tintuv qay saviyada o'tkazildi, qonuniymi, noqonuniymi, shoirning xonadonidan nima topildi, nima topilmadi, bu haqdagi xulosani mutaxassislarga qo'yib beramiz-da, biz asli “Mahmud akaning uyi nega tintuvdan o'tkazildi?” degan savolga dangal javobni izlab ko'ramiz.
Ma'lumki, joriy yilning 26 mart kuni Gurjistonning Tiflis shahridan qaytayotgan Mahmud Rajab Toshkent aeroportida ushlangan, Evropa Birdamlik markazi seminarida qatnashgan shoir Maxmud Rajabning yonidan shoir va siyosatchi Muhammad Solihning qalamiga mansub bir nechta kitoblar va Oydin Solihning “Haqiqiy tibbiyot” asari, shuningdek, telefoni musodara qilingani edi.
Buning ortidan Mahmud Rajabning do'stlari shoir va siyostachi Muhammad Solih haqida o'zlarining ko'z qarashlarini video shaklida ifoda qilishga cho'chimagan bo'lsa, shoir Mahmud Rajabning o'zi bu borada mamlakatning yangi prezidenti Mirziyoevga videomurojaatnoma yo'lladi.

Mana endi biz tintuvning bosh sababiga yaqinlashgandek bo'ldik.
Fikru ojizimcha, Mahmud Rajab uyida bo'lib o'tgan tintuvga oid kalavaning bir uchi muhojirotda yashayotgan shoir va siyostashunos Muhammad Solihga olib borib taqaladi.
Ha, o'sha, Islom Karimov bilan prezidentlikka nomzodi qo'yilgan va buning ortidan Vatansiz qoldirilgan Muhammad Solih.
Adashmasam, Mahmud Rajabning Muhammad Solihga bo'lgan ijobiy qarashlari va munosabatlari bugungi tintuvning turtkisi bo'lgan.
Nazarimda, muxolifat lideri Muhammad Solih nomi hukumat tepasidagi ayrim amaldorlarni vahimaga solmoqda.
Men Solih nomidan seskanadiganlarga demoqchi bo'lganim, Turkiyada men shoir va siyosatchi bilan ko'rishdim. Labga uchuq toshadigan narsaning o'zi yo'q. Solih Mirziyoev islohatlarini diqqat va hayrihohlik bilan kuzatmoqda.
Gapning indallosini aytganda, Solih tarafdorlarini qatag'on qilish, shubhasiz, Shavkat Mirolmonovichning hukumat boshqaruvini obrusizlantiradi.
To'g'ri, Karimo bilan prezidentlikka nomzodi qo'yligan Solih quvg'inga uchradi. Buni tushunish u qadar mushkul ish emas. Oddiy bir misol, hatto, bozordagi oddiygina pista sotishga mo'ljallangan bir metrlik joyga talashgan sotuvchilar, chayqovchilaru olibsotarlarning bir metr joyga talashib pichoqlashishgacha borganlariga guvoh bo'ldik… Hali bu erda prezidentlik posti haqida gap ketmoqda.ku?…
Siyosat shunday narsaki… Kezi kelganda eng ashaddiy raqibim deb bilgan kishing bilan ham qo'l berib ko'rishishga, quchoq ochishga majbur qiladi. Ko'pning, elning manfaati uchun ham kerak bo'lsa, dushmanim deb bilganing bilan ham sulh tuzishga to'g'ri keladi… Siyosat ana shunday sirli sahna…
To'g'ri, Karimov o'z raqibi Solihni O'zbekiston siyosiat sahnasidan muhojirotga uloqtirib tashlashga erishdi. Bugun Karimovning siyosiy raqibiga (e'tibor bering Mirziyoevning emas), qaytaraman, Karimovning siyosiy raqibiga quchoq ochilishi, bag'rikenglik qilinishi O'zbekistonning yangi rahbariga faqat sharaf va shon keltirishi mumkin xolos, undan boshqa narsa emas. Fikriu ojizimcha, yangi hukumat tepasidagilar aynan shundan, Mirziyoevning sharaflarga, shonlarga ko'milishidan yo qo'rqishadi, yoki…. (U yog'i uch nuqta). Prezident atrofidagi maslahatchilari yangi hukumta rahbariga qanday maslahat berishlaridan qat'iy nazar, nazarimda, Mirziyoevni emas, bir paytlar Solihga ziyon etkazgan hukumat boshqaruvidagi ayrimlarni Solihning nomi sarosimaga solmoqda
Ayni kunda Soldih tarafdorlariga nisbatan eng ichida qo'llanilayotgan qatag'onlarning asl zamirida ana shu haqiqat yotadi….
Aks holda o'zingiz tanangizga bir o'ylab ko'ring-a, nahotki qo'liga hassa olish yoshidagi birgina odamdan – Muhammad Solihdan hayiqish, xavotir olish, sarosimaga tushish darajada yangi hukumatimizning immunetiti shunchalar zaif bo'lsa? Ishonging kelmaydi kishining…

Malohat Eshonqulova
Mustaqli jurnalist va huquqbon

facebook.com
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort