O’zbekiston Xalq Harakati

Tintuvdan so'ng ahvoli yomonlashgan Mahmud Rajab kasalxonaga yotqizildi

Tintuvdan so'ng ahvoli yomonlashgan Mahmud Rajab kasalxonaga yotqizildi
13 Mayıs 2019 - 14:30 'da yuklandi va 260 marta o'qildi.

Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajab uyida tintuv o'tkazilganidan so'ng, uch kun o'tib 13 may kuni kasalxonaga yotqizildi. “Eltuz” muxbiri qo'ng'irog'iga javob bergan Mahmud Rajabning o'zi va yaqinlari voqeani tasdiqladi.

Go'shakni ko'targan Mahmud Rajab sog'ligi yomonligidan muxbirning savollariga zo'rg'a javob berdi.

“Tintuv o'tkazilganidan keyin, dadamning mazasi qochib qoldi dedi. Kasalxonaga yotqizdik bugun”, dedi “Eltuz”ga shoirning katta o'g'li Xushnud.

10 may kuni kechqurun 18.30 da o'zlarini BIB xodimlari deb atagan o'n nafar atrofidagi shaxs kirib kelib Mahmud Rajabning uyini tintuv qilishgan.

Bu vaqtda uning uyida o'zidan boshqa hech kim bo'lmagan. Xotini va bolalari dalada ishda bo'lishgan.

Tintuvda, o'zlarini tanitmagan notanish shaxslar va “xolislar”dan tashqari mahalla fuqarolar yig'ini raisi Zokir Vaisov va uchastka profilaktika noziri Umrboylar bo'lgan.

Ular Mahmud Rajabning qo'shnilarni guvohlikka chaqirishiga avvaliga izn berishmagan.

“Shovqinni eshitib bir ikki qo'shnilarning o'zlari kelishgan va shundan so'nggina onam voqeadan xabar topib kelgan”, dedi Mahmud Rajabning o'g'li “Eltuz”ga.

“Eltuz” suhbatdoshining bildirishicha, Mahmud Rajabga tintuv qilish qarorini o'qish va tanishib chiqish uchun imkon berilmagan.

Tintuv jarayonida Mahmud Rajabning uyidan noutbuk, yangi harid qilgan “Samsung” E20 uyali telefonb, bo'sh disklar hamda Muhammad Solihning “Payg'ambarlar tarixi” kitobi va Oydin Solihning tabobat hususidagi kitoblari olib ketilgan.

Shuningdek, uning uyidan fermerlar bilan bog'liq turli ma'lumotlar bitilgan 7 varaq qog'ozni bayonnomada 7 ta varaqa topildi deb olib ketishgan.

Suhbatdoshga ko'ra, Mahmud Rajab tintuv o'tkazilganligi to'g'risidagi bayonnomaga o'z huquqlari poymol etilganligi va tintuv qonun talablariga xilof ravishda o'tkazilganligi bois imzo chekishdan bosh tortgan.

“Eltuz” nashri 26 mart kuni Gurjistonning Tiflis shahridan qaytayotganida Toshkent aeroportida ushlangan, Evropa birdamlik markazi seminarida qatnashgan shoir Maxmud Rajabning yonidan chiqqan kitoblar va telefoni musodara qilingani haqida xabar bergan edi.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort