O’zbekiston Xalq Harakati

Qamoqqa olingan mulozimning aybi Muhammad Solih bilan uchrashganimi?

Qamoqqa olingan mulozimning aybi Muhammad Solih bilan uchrashganimi?
13 Mayıs 2019 - 14:37 'da yuklandi va 429 marta o'qildi.

O'zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10 may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko'zda tutilgan firibgarlik faktlari aniqlanganligi yuzasidan ushlangan. Bu haqda O'zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bosh prokuraturaga Said-Abdulaziz Yusupov tomonidan juda katta miqdordagi ziyonni ko'zda tutuvchi firibgarlik faktlarining sodir etilganligi aniqlangani nuqtai nazaridan hozirda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo'llanilishi masalasi ko'rilmoqda, deya bildirgan.

2019 yilning 10 mayida hibsga olingan Yusupovning uyi tintuv ham qilingan edi

O'zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga ko'ra, bu firibgarlik holati Yusupov tomonidan sodir etilgan retsidiv jinoyat hisoblanadi. U avval xam Jinoyat kodeksining shu moddasi bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

«Yusupov o'zini yolg'ondan Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul xodimi deb bildirib, uzoq vaqt davomida firibgarlik yo'li bilan odamlardan juda katta miqdorda pul olganligi faktlari aniqlangan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Yusupov Turkiyaga borib Shavkat Mirziyoev shaxsi ulug'langan kitoblarni chop qilgan

BBS ning ëzishicha, Yusupov Turkiyadagi nashriëtda Mirziëev maqtalgan rus tilida kitob chop qilgan va bu kitobning ilk nusxalarini olaëtganda qamoqqa olingan.

Eltuz.com suhbatlashgan kishilarning aytishicha Yusupov Turkiyaga borganida o'zbek muxolifati lideri va taniqli shoir Muhammad Solih bilan uchrashgani DXXga ëqmagan.

“Yusupov tuxmat qurboni bo'lgani ehtimoli” bor dedi Eltuz.com respondenti.

Yusupovning Turkiyada Muhammad Solih bilan uchrashgani DXXga yoqmagan

O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining 37 yoshli direktori Said-Abdulaziz Yusupov Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug'ilgan. O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Said-Abdulaziz Yusupov O'zbekistonda, O'zbekistonda liberal islohotlarni amalga oshirilishiga to'sqinlik qilayotgan konservatorlar qanotiga qarshi qaratilgan “Oq va Qora” internet dasturi va bir qator maqolalar muallifi sifatida mashhur.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort