O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston, Afg'oniston va IShID: Taniqli o'zbek qo'mondoni o'ldirildi. U kim?

O'zbekiston, Afg'oniston va IShID: Taniqli o'zbek qo'mondoni o'ldirildi. U kim?
13 Mayıs 2019 - 14:40 'da yuklandi va 602 marta o'qildi.

O'zbekiston, Afg'oniston va IShID: O'ldirilgan taniqli o'zbek qo'mondoni kim? Kuni-kecha yaqin-yaqingacha ikki o'zbek jangari guruhi faol bo'lgan qo'shni Afg'onistondan olingan xabarlar xuddi ana shunday savollarni paydo qilgan. “Al-Qoida” tarmog'iga aloqasi borligi aytilgan bu qo'mondon Afg'oniston sharqida uyushtirilgan havo hujumlarida o'ldirilgan o'zbekistonlik jangarilardan biri sifatida tilga olinmoqda. U kim?

Ammo Afg'oniston tomoni O'zbek qo'mondoni haqida bundan ortiq tafsilot bermagan.

Uning shaxsi, yoshi, aynan qaerdan ekani, Afg'onistonga qanday borib qolgani, qay bir jangari guruhlar safida, qaerlarda jang qilgani, oilasi bor-yo'qligi haqidagi biror bir ma'lumot ochiqlanmagan.

Qo'mondon o'tgan dam olish kunlarida Afg'oniston sharqida uyushtirilgan havo hujumlarida o'ldirilgan qirqdan ortiq jangari orasida bo'lgan.

Havo hujumlarida Afg'onistonning Pokiston bilan bevosita chegaradosh Ko'nar viloyati nishonga olingan.

Afg'onistondagi IShID saflarida jang qilayotgan jangarilarga zarba berilgan.

Mahalliy mas'ullarga ko'ra, halok etilganlar orasida o'zbekistonliklaridan tashqari yana Tojikiston va pokistonlik jangarilar ham bo'lishgan.

Ammo ular o'nlab o'ldirilgan jangarilardan aniq qanchasi yoki nechtasi Markaziy osiyolik ekanliklarini ochiqlashmagan.

Ko'nardagi havo hujumlarida halok etilgan O'zbekiston va tojikistonlik jangarilarning shaxslari haqida ham biror bir ma'lumot berilmagan.

Ularning jasadlariga nima bo'lgani tafsilotlari ham shu paytga qadar ma'lum emas.

Bu yangilikka hozircha O'zbekiston tomoni ham biror bir munosabat bildirmagan.

IShID, o'zbekistonlik jangarilar va Afg'oniston

Ko'nar

Afg'onistondagi havo hujumlarida o'zbekistonlik jangarilarning halok etilishganiga oid xabar bu yaqin o'rtada bo'y ko'rsatmagani bilan ham ahamiyatli.

Afg'onistonda IShID saflarida jang qilgan o'zbekistonlik jangarilar aksariyati O'zbekiston Islomiy harakatining sobiq a'zolari bo'lishadi.

So'nggi yangilik esa, aksariyat harbiy tahlilchilarning 2015 yilda Yaqin Sharqdagi IShID guruhiga bay'at keltirgan, orada butun Afg'oniston bo'ylab qayta faollashishga ulgurgani aytilgan, so'ngra saflari parchalangan harakatning Afg'onistonda deyarli tanazzulga uchraganiga oid baholari manzarasida bo'y ko'rsatgan.

Harakat afg'on va ittifoq kuchlari barobarida o'tgan to'rt yil davomida toliblarning muttasil va shiddatli hujumlari qarshisida qolgan.

Xalqaro harbiy tahlilchilarga ko'ra, aynan ana shu janglar O'zbekiston Islomiy harakatining Afg'onistondagi faoliyatiga deyarli yakun yasagan.

IShIDga to'lig'icha bay'at keltirgan O'zbekiston Islomiy harakati saflaridan 2016 yilda ajralib chiqqan va o'zining yana Afg'oniston Tolibon harakatiga moyilligini bayon qilgan guruhning taqdiri esa, noma'lum.

Yana O'zbekiston Islomiy harakati nomi ostida faoliyat yuritishini aytgan yangi va mustaqil bu guruh a'zolarining soni va Afg'onistonning aynan qaysi hududlaridan boshpana topganliklariga oid ma'lumotlar keng matbuotga ochiq bo'lgan biror bir harbiy yoki noharbiy manbada imkonli emas.

Ko'nar yaqin-yaqingacha Afg'onistonning IShID jangari guruhi Xuroson qanoti eng faol viloyatlaridan bir sifatida ko'rib kelingan.

IShID jangari guruhining hozirligi va faolligi bilan bog'liq ahvol Afg'onistondagi AQSh Kuchlarining so'nggi yillarda aynan shu viloyatda davomiy havo hujumlarini yo'lga qo'yishlariga ham sabab bo'lgan.

Orada kechgan vaqt davomida bu hujumlarda o'nlab IShID jangarilarining o'ldirilganliklariga oid xabarlar ham matbuotda muttasil ravishda bo'y ko'rsatib kelgan.

Ko'nar Afg'onistonning IShID Xuroson qanoti 2015 yil oxirida rasman o'zining Yaqin Sharqdagi islomiy xalifatining bir qismi deb e'lon qilgan va butun mintaqadagi ilk FM radiosiga ham asos solishga muvaffaq bo'lgan sharqiy Nangarhorga bevosita chegaradosh viloyati bo'ladi.

IShID o'zining mintaqadagi tarmog'iga ham xuddi o'sha yilning boshida aynan Afg'onistonning sharqiy qo'shnisi Pokistonda asos solgan.

Pokiston AQSh Kuchlari Afg'onistonda Tolibon tuzumi – Islomiy Amirligini qulatgan 2001 yildan buyon mintaqadagi eng yirik o'zbek jangari guruhi – O'zbekiston Islomiy harakati 2015 yilga qadar boshpana topib kelgan davlat bo'ladi.

IShID Xuroson qanotiga nima bo'ldi?

O'zbekiston Islomiy harakati

So'nggi yangilik manzarasida Bi-bi-si Afg'on xizmati muharriri Dovud A'zamiy xorijiylari doxil hozir Afg'onistonda omon qolgan IShID jangarilariga oid aniq ma'lumotlar yo'q, deydi.

“Afg'onistonlik mas'ullar u yoki bu hujumda IShID ga aloqasi bo'lgan buncha sondagi Markaziy osiyolik jangari o'ldirildi, yana munchasi hibsga olindi, deb aytishadi. Ular yana Suriya va Iroqda IShID saflarida jang qilgan ayrim Markaziy osiyolik jangarilarning Afg'onistonga qaytishganini ham iddao qilishadi. Ammo bizga hech aniq raqamlarni aytishmaydi”, – deydi o'zi ham Afg'onistondagi jangari guruhlar faoliyatini yaqindan yoritib keluvchi bu suhbatdosh.

Ammo, unga ko'ra, IShIDning Afg'onistondagi Xuroson qanoati saflarida xorijlik jangarilarning borligi bu – fakt. Ulardan eng katta qismi pokistonliklaridan keyin Markaziy osiyoliklari bo'lishadi”.

Dovud A'zamiyning aytishicha, bundan ikki-uch yilcha sonlari bir necha mingga nisbat berilgan guruh a'zolaridan hozirga kelib faqat o'nlabi hayot va faoldir.

O'tgan chorak asrcha vaqt davomida O'zbekiston Islomiy harakatining hamasoschilari va liderlari ketma-ket o'ldirilgan, guruh tomonidan e'lon qilingan bildirishnomalarda bundan ortiq tafsilotlar deyarli ko'zga tashlanmagan.

Yaqin Sharqda deyarli parokanda bo'lib ulgurgan IShID guruhi Markaziy Osiyo davlatlarini ko'zlab, Afg'oniston shimoliga minglab jangarilarini sizdirish niyatida ekaniga oid Afg'oniston va Rossiya tomonining so'nggi yillarda kuchayib borayotgan xavotir hamda ogohliklari amalda o'zining isbotini topmagan.

Bundan ikki yil burun O'zbekiston Islomiy harakati marhum hamasoschisi va rahbari Tohir Yo'ldoshning o'g'li qator jangarilari bilan Afg'onistonning aynan Markaziy Osiyo (Turkmaniston)ga bevosita chegaradosh shimoliy Jauzjon viloyatining Darzob tumaniga o'tgani aytilgan.

Darzob yaqin-yaqigacha IShID Xuroson qanotining Afg'oniston shimolidagi tayanch nuqtasi sifatida ko'rib kelingan.

O'g'lining IShID guruhi nomi ostida Afg'onistonning aksariyat Markaziy Osiyo davlatlariga bevosita chegaradosh shimoliy viloyatlarida faollashish harakatida ekaniga oid xabarlar otasi – Tohir Yo'ldosh o'limidan qariyb o'n yilcha o'tib o'rtaga chiqqan.

Shimollik mas'ullar O'zbekiston Islomiy harakati marhum rahbarining o'g'li Saripul va Jauzjon viloyati o'rtasidagi mintaqalarda katta moliyaviy imkoniyat bilan faoliyat boshlaganidan jiddiy tashvishlarini izhor etish darajasiga ham borishgan.

Amm Dovud A'zamiyning aytishicha, orada toliblar bilan kechgan shiddatli ustma-ust janglar ortidan Afg'oniston shimoli-sharqida IShIDning tarqoq holdagi sanoqli jangarilari omon qolgan, hududni tark etib, mamlakat sharqiga o'tgan, ma'lum sondagisi afg'on hukumat kuchlariga taslim bo'lgan yoki hibsga olingan va hozir hibsxonalarda qolishmoqda.

Orada IShID saflarida jang qilgan bu Maraziy osiyolik jangarilardan ayrimlarining ortga – o'z Vatanlariga ekstraditsiya etilishganiga oid xabarlar ham olingan.

Afg'oniston va O'zbekiston o'rtasidagi Ekstraditsiya to'g'risidagi bitim esa, mamlakat mustaqilligi tarixida ilk bor 2016 yilda imzolangan.

Marhum Tohir Yo'ldosh o'g'lining taqdiri ham hali-hanuz noayonligicha qolmoqda.

IShIDning Afg'oniston shimoli va shimoli-sharqidagi eng muhim qo'mondoni sifatida ko'rilgan va e'tirof etilgan Qori Hikmat ham o'ldirilgan.

Omon qolgan IShID jangarilari

IShID jangarilari

Dovud A'zamiyning aytishcha, hozir IShID Xuroson qanotining o'nlab a'zolari omon qolgan.

Ular asosan Afg'onistonning bir qancha sharqiy viloyatlari – Ko'nar, Nangarhor, yana Nuriston va Lag'mon viloyatlaridan boshpana topishgan.

Ammo ham afg'on hukumati, ham Tolibon va ham amerikaliklar hujumi ostida qolishgan, har tomondan siquvda ekanliklari bois, qayta uyushish, bo'y ko'rsatishga imkonsiz bir ahvolda, so'nggi liderlari borasida ham aniq bir ma'lumot imkonli emas.

Afg'onistonning aksariyati Markaziy Osiyoga bevosita chegaradosh shimoli-sharqida esa, bir siqim va parokanda ahvoldagi jangarilari qolgan, xolos, deydi suhbatdosh.

“Ular shimoliy Jauzjon va Faryobda jon saqlab yurishibdi. Ochiqcha faoliyat yuritishmaydi. Qayta uyushish uchun maqbul paytni kutayotgan bo'lishlari ham mumkin”.

Dovud A'zamiyga ko'ra, IShID masalasi yaqinda Afg'oniston Tolibon harakati va AQSh o'rtasida bo'lib o'tgan ko'p bosqichli tinchlik muzokaralarida ham muhokama qilingan yirik mavzulardan biri bo'lgan.

Tolibon Amerika tomonini IShID Afg'onistonda ildiz otishiga umuman yo'l qo'ymasliklariga ishontirishga harakat qilgan.

Lekin, suhbatdoshimizga ko'ra, Iroq va Suriyadan qaytishi mumkin bo'lgan jangarilari hisobiga bugun ham IShIDning qayta kuch to'plab, yangitdan bo'y ko'rsatishiga oid xavotirlar yo'q emas.

Shunday deyarkan, Dovud A'zamiy IShIDning bu yaqin o'rtada jiddiy tahdidga aylanishiga ishonmasligini ham alohida ta'kidlaydi.

“To'g'ri, IShID bir xavf, guruh hali-hanuz jang olib borishga qodir, ammo tez orada mintaqaga tahdid solajak kuch-qudratga etadi, deb o'ylamayman. Chunki, birinchidan, mintaqadagi barcha jangari guruhlar IShIDga qarshi. Guruhning mintaqada jangari ittifoqchilari, do'stlari yo'q”, – deydi u.

Ammo, tahlilchi suhbatdoshimizga ko'ra, jozibador g'oyasi hanuz odamlarni jalb etishga qodir ekani bois, IShID yana muayyan muddat faoliyat, harakatda bo'ladi.

Lekin, shunga qaramay, mintaqa uchun nazorat qilish, jilovlash mumkin bo'lgan tahdid, xavfligicha qoladi.

“Hech kim ular bilan sulh muzokaralarini olib bormaydi, IShIDning g'oyasi ham bunga izn bermaydi. Ular faqat Islomiy xalifatgagina ishonishadi va yagona Amirlarini qonuniy, deb tan olishadi. Bundan o'zga davlatni ham, idorani ham, shaxsni ham emas”, – deydi Dovud A'zamiy.

Ko'narda IShID saflarida jang qilgan Markaziy osiyolik jangarilarning ham o'ldirilganliklariga oid xabar guruh lideri Abu Bakr al-Bag'dodiy kutilmagan videomurojaati bilan qayta ko'rinish berganidan sanoqli kunlar o'tib o'rtaga chiqqan.

Ammo, suhbatdoshimizga ko'ra, Bag'dodiyni qayta bo'y ko'rsatishi bugun butun dunyo bo'ylab zaiflashib qolgan guruhining faoliyatida sezilarli ta'sirga ega bo'lmaydi, hech narsani o'zgartira olmaydi.

“Bag'dodiy o'zining bu videosi bilan IShID saflariga yangi jangarilar yollash, borlarini hammasi joyida ekaniga ishontirishga harakat qilib ko'rgan bo'lishi mumkin. Ammo avval ham aytganimdek, IShIDning jahon bo'ylab jangari do'sti, ittifoqchisi yo'q. Xuddi shu bois ham, yirik bir jangari kuch sifatida o'rtaga chiqishi guruh uchun oson bo'lmaydi”.

O'zbekiston Islomiy harakati

O'zbekiston Islomiy harakati

O'zbekistondagi mavjud tuzumni ag'darish va shar'iy tuzum o'rnatish iddaosi bilan tashkil topgan O'zbekiston Islomiy harakati o'z faoliyatini 90-yillar boshlaridan boshlab Tojikiston, so'ngra Afg'onistonda

Yaqin-yaqingacha Afg'oniston va mintaqadagi eng yirik janggari guruhlar sanaluvchi Tolibon harakati, “al-Qoida” va “Haqqoniy” tarmog'ining yaqin ittifoqchisi sanalgan harakat 2015 yilda Yaqin Sharqdagi IShID guruhiga bay'at keltirgan.

So'nggi lideri Usmon G'oziy xuddi o'sha yili o'zlarining to'lig'icha Afg'onistonga qaytganliklarini bayon qilgandi.

Afg'onistonda Tolibon tuzumining qulatilishi bilan yakun topgan AQSh boshchiligidagi ittifoq qo'shinlarining 2001 yilgi harbiy amaliyotlari ortidan kechgan 14 yil davomida guruh asosan Pokistonning qavmlar yashovchi Vaziriston mintaqasidan boshpana topib kelgan.

IShIDga bay'at keltirib, uning Afg'onistondagi Xuroson qanotiga qo'shilishidan so'ng O'zbekiston Islomiy harakati Afg'onistonning, ayniqsa, janubiy Zobul va sharqiy G'azniy viloyatlarida anchayin faol bo'lgan.

Harakat shov-shuvli odam o'g'irlash hollariga qo'l urgan, ulardan birining boshini tanasidan juda etgani aks etgan videolavhasini oshkor qilishi ortidan, shundoqqina Markaziy Osiyoning biqinidagi Afg'onistonga Yaqin Sharqdagi IShID guruhining shafqatsiz jang olib borish usullari kirib kelayotganiga oid jiddiy xavotirlarga ham asos bergandi.

Buning ortidan, afg'on hukumati ularga qarshi keng ko'lamli qator harbiy amaliyotlarga qo'l urgan, orada Afg'onistonning ayni shu ikki sharqiy viloyatida O'zbekiston Islomiy harakati va Tolibon o'rtasida qaqshatqich janglar kechganiga oid xabarlar ham olingan.

Buning ortidan “The Long War Journal” nashrida liderining mintaqadagi an'anaviy ittifoqchilaridan voz kechish qarori uning tarafdorlari uchun halokatli bo'lgani haqida maqola ham chop etilgan.

“Aynan toliblar bilan janubiy Zobul viloyatida kechgan janglarda ular mag'lubiyatga uchragan, G'oziyning aksariyat izdoshlari o'ldirilgan, o'zining taqdiri esa, noma'lum: ayrim gap-so'zlarga ko'ra, u janglar mahali o'ldirilgan va yoki asirga olingan”, deb yozgandi nashr.

O'zbek jangarilari

O'shandan buyon harakat lideri Usmon G'oziyning taqdiri noma'lumligicha qolgan, ammo guruhning ingliz va arab tillarida bitilgan o'tgan yilgi bayonoti tafsilotlaridan lideri Usmon G'oziyning aynan IShIDga bay'at keltirish qarori ortidan, 2015 yil harakat saflarida parchalanish yuz bergani anglashilgan.

O'zbekiston Islomiy harakati saflaridan yana Tolibon va “al-Qoida”ga tarafdorlik qiluvchi o'zagi ajralib chiqqani, ularning hanuz Afg'onistonda faol ekanliklari ham ma'lum bo'lgandi.

Ammo o'zini qayta boshdan O'zbekiston Islomiy harakati, deb nomlagan bu guruh xuddi shu bayonotida yangi liderining nomini ochiqlamagan, “xavfsizlik nuqtai nazaridan” bunday ish tutishganini bildirish bilan kifoyalangandi, xolos.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano