O’zbekiston Xalq Harakati

O'n sakkiz ming derlar

O'n sakkiz ming derlar
14 Mayıs 2019 - 7:00 'da yuklandi va 330 marta o'qildi.

 

 

     O'N SAKKIZ MING DERLAR…

O'n sakkiz ming derlar kulli olamni,
Siroti, do'zaxi, jannati bilan.
Rango-rang dun ichra g'ofil odamzod
O'tar bir-biriga minnati bilan.

Ko'zimiz ochguncha o'tdi milyon yil,
Ko'zimiz yumilar, milyon yil o'tar.
Bir shamning damicha hayot ko'prigi,
Nimalar uzatar, nimalar kutar.

O'tmas aqlimizning to'mtoq tig'ida
Donolik qasrini ta'bir etamiz.
Nafsning botqog'ida imonni bulg'ab,
Ko'ngil ko'zgusini so'qir etamiz.

Bilamizki, Haqning ilohiy nuri
Boshi uzra kezar bandasin asrab.
Manmanlik to'niga kirib odamzod,
Bexabar yuradi o'zini avrab.

Bexabar ketsak ham xabarli joyga,
Dunyoga xabarli keldik asli biz.
Ollohning ishida yo'qdir tasoddif,
Turtkisiz alifga etmas fahmimiz.
1995 y.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano