O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Said-Abdulaziz Yusupov Muhammad Solih bilan yuzma-yuz

Said-Abdulaziz Yusupov Muhammad Solih bilan yuzma-yuz
13 Mayıs 2019 - 18:39 'da yuklandi va 1411 marta o'qildi.

SAID-ABDULAZIZ YuSUPOV MUHAMMAD SOLIH BILAN YuZMA-YuZ

Akam Said Abdulaziz Yusupov ziyoli sifatida, mamlakatimizda haqiqiy barqarorlik o'rnatilish kerak, aks holda rivojlanish bo'lmaydi, degan fikrini juda ko'p takrorlarlab kelar edi. Shu nuqtai nazardan Karimov davrida paydo bo'lgan ijtimoiy qatlamlar orasidagi yuzga kelgan ziddiyatni bartaraf qilishga yangi hukumatimizga katta umid bog'lagan edi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning bu ishni uddalashiga ishonar va hali ham ishonishiga aminman. Bu sohada o'zi ham qo'lidan kelgan xizmatga tayyor ekanini hukumat odamlariga aytardi.

U hukumatimiz va muxolifat o'rtasida dialog o'rnatilib, oralaridagi gina-qudrat tugatilib, hammalari birgalashib, xalqimiz va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilishi uchun tinimsiz say'i harakat qildi. Said Abdulaziz Yusupov: “Hozirgi kunda hatto rivojlangan davlatlar qurolli muxolifat bilan ham dialog o'rnatib, o'lkalarida barqarorlik o'rnatishyapti. Nega endi biz qurolsiz, demokratik muxolifat bilan shunday murosani yo'lga qo'ymasligimiz kerak?” degan fikrni aytib kelardi. Agar muxolifat liderlari vatanimizga qaytib, ularning tashkiloti siyosiy jarayonda ishtirok etsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning dunyo arenasidagi obro'si yuksaladi, butun dunyodan o'lkamizga investitsiyalar keladi, iqtisodiy ahvolimiz tezda yaxshilanadi, deb orzu qilar edi. Ammo bunday islohotga qarshi bo'lgan kuchlar xuddi Karimov davridagiday muxolifatdan dushman yasab, Prezidentni qo'rqitishga davom etmoqdalar. Buni biz ziyolilar Prezidentizga tushuntirishimiz kerak, der edi.

Quyidagi e'tiboringizga havola qilinayotgan video-suhbat ana shu maqsad bilan tayyorlangan. Suhbat taniqli o'zbek muxolifi, shoir va siyosatchi Muhammad Solih bilan o'tkazilgan.

Video o'tgan yili Istanbul shahrida yozib olinib, hukumat odamlariga taqdim qilingan edi. Akam bu videoni tarqatish uchun hukumat odamlarining ruxsatini kutayotgan edi. Mening bilishimcha, ulardan “biroz kuting”, degan javob olgan. 

Akam qamoqqa olingandan keyin bu video suhbatni saqlab o'tirishning foydasi yo'qqa o'xshadi. Aksincha, odamlar asl haqiqatni hamda akamning yurtimiz barqarorligi uchun qilgan fidokorliklarini bilishi kerak, deb o'yladim va bu suhbatni tarqatishga qaror qildim.

Muhammad Bahouddin Yusupov

youtube.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 3 Yorum )

  • Turonpost ;

    nima bulsayam yaxshilikka bulsin iloyim

    22/08/2019 17:18
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Yaxshi ko'rsatuv bo'libdi. Poznerga o'xshagan jurnalist paydo bo'lganiga xursand bo'ldim.
    A.Yusupovning hibsga olinishining asosiy sababini tushinganday bo'ldim.
    A.Yusupovga Allohning o'zi yordamchi bo'lsin.

    13/05/2019 23:49
    • Turonpost ;

      bular (xukumat ) muxolifatni kabul
      kilmaydilar.93 yilni portlashlarida muxolifatni ayblagan edilar.endi ularni kaytadan Uzbga chakirsalar ayblovlari puchga chikadi va butun
      30yil yikkan obru etiborlari 2 pul buladi mana shundan kurkadi ular mana shuning chakirishmayli

      22/08/2019 17:15
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube