O’zbekiston Xalq Harakati

Tuyulayotgan to'rtta “T” taajjubi to'g'risida

Tuyulayotgan to'rtta “T” taajjubi to'g'risida
14 Mayıs 2019 - 3:43 'da yuklandi va 481 marta o'qildi.

TUYuLAYoTGAN TO'RTTA “T” TAAJJUBI TO'G'RISIDA

Ushbuni yozishga qaror qilganimga qadar aksariyatingiz singari men ham “ortiqcha hissiyotga berilmaslik, vaziyatni bilmay turib talqin qilmaslik” kayfiyatida edim. Huddi siz kabi xabarlar oqimida suzgichsiz, jabrasiz edim.

Ha, mulohaza yurituvlarim oxirgi kunlarda Said-Abdulaziz Yusupov shaxsi bilan bog'lik kechayotgan jarayonlar haqida. Va, hibsga oid tafsilotga to'xtalib o'tirmayman, hamma bilib bo'lgan.

Insonning harakati taqdirga ko'chadi yoxud ayni harakat – bu taqdirdir, xullas, Yusupov axborot qabul qiluvchilar e'tiborini “FFF” orqali qozongan. Omma fikri shu nuqtada qizg'in tob hosil qilgan. Buyog'i esa “Oq va qora”. Demak tushunarli.

Sezganim, matn maromini “FFF teoreyasi”ga muqoyasa qilish ma'quldek. Ya'ni, S.A.Yusupov ehtiyot chorasi tarzida qamoqqa olingani ortidan urchiyotgan ma'lumotlar kishini ajib bir taajjubga tushiryaptiki, bu taajjubga to'rtta turtki sabab bo'lmoqda – “TTTT”. Keling, tubanda shular haqida xayolan tortishib, tirashib ko'rsak.

“T-1” – “teta-tet”.

Ko'pchilik ko'rdi; muallif ehtiyotini oldindan qilib qo'ygan ekan. Tomoshadan xulosa ikki xil. Biri chindan aybdor, o'zini oqlash ilinjida harakat, indallo, negativ tasavvur. Ikkinchisi, rostan ham u katta o'yin ishtirokchisi hamda o'yindan chiqish yo'llarini izlayotgan domangir yoki “o'yindan o't chiqargani uchun jazolanayotgan beadab”.

Bu o'rinda istaysizmi, yo'qmi Yusupovning ambitsiyalari bo'rtib chiqyapti. U shaxsiy motivlardan ko'ra Prezident islohotlarining jarchisidek, shu yo'lda kurashchidek tutyapti, o'zini. Sabablar keltiryapti. Ojiz tomoni (farzandi ikki soat yo'qolib qolgani)ni yashirmayapti. Shundan kelib chiqsak, muhokama qilinishga arziydigan sabablar bor.

Taajjub shuki, agar rasmiy xabarga ishonilsa, u JKning 168-moddasi bo'yicha sudlangan va qo'yib yuborilgan. Va, mana shu o'yiq eslatma bo'yindagi titan tumorga bitib qo'yilgan, boshqacha tushunsak, keyingi harakatlarini o'ylab qilishi uchun. Garchi six va kabob ayri-ayri bo'lsa-da, muhimi “kuymaydi”. Shu joyi sizni taajjubga solmayaptimi?..

“T-2” – “teskari talqin”

O'qidik, Yusupovning ichkariga olinishiga hech qanday siyosiy tus bermaslik kerak ekan. Uning qamoqqa olinishida na davlatning, na hukumatning siyosiy ayblovi bor. Shunchaki, uch kishi unga pora berib, firibgarlik qurboni bo'libdi, uchrab turadigan ish. Tushunishimcha, ularning murojaati asosida jinoyi ish qo'zg'atilgan. Shundanmi, rasmiy manbalar “vaziyatni noto'g'ri talqin qilmaslik”ka chaqirmoqda.

Xo'sh, o'sha bir guruh jabrlanuvchilar kim? Ularning ism-familiyasi  “himoya qilish zarurati tufayli” oshkor etilmas ekan. Demak ular “himoya qilinish” vaji tufayli asralyapti. Taajjub shuki, amaldagi qonunchilik bo'yicha ular pora bergani uchun ham aybdor sanalishi kerakmasmi? Ularning ism-familiyasi ham hech qursa Yusupov kabi S.Yu. tarzida e'lon qilinishi kerakmasmi? Axir bosh prokuror aytdi-ku: biz olishni emas, berishni to'xtatishimiz kerak, deb. Paradoks shuki, huddi shu ma'lumot e'lon qilingan sanada Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi bir odamni boshqa qilg'iliklariga qo'shib “pora bergani uchun” 10 yil-u 6 oy qamoq jazosiga hukm qildi. Mayli, bular kelgusidagi jarayon, ko'pam chuqurlashmaymiz.

Ishonchli manbaning  daryo.uz ga aytishicha, Yusupovning kabinetini tintuv qilish chog'ida “Baykal” gazli to'pponchasi topilib, protsessual tartibda musodara qilinibdi. Qiziq, judayam qiziq.

Taajjub shundaki, 2012 yilda jahon qurol bozoriga MP-654K sotuv markasi bilan chiqarilgan va o'qdondagi soqqasi (4,5 mm.) dastlabki 5 metrda o'rtacha 121 m/s tezlikda uchadigan bu sovuq matah O'zbekistonda ochiq sotuvda bormi? Uni-ku qo'yaturing, bu qurolni naganmisol yonda olib yurish uchun mardumda o'ziga bo'lgan ishonchning o'zi kamlik qiladiyov. Uning yoniga o'ta kuchli bir “ishonch” kerak bo'lmaydimi, bizning sharoitda?..

 “T-3” – “turtilganni tepish”

Odatda mavzuga oid har xil uzuq-yuluq fikrlarni rasmiy maqomi bilan uzil-kesil hal etadigan uza.uz  saytida “Matbuot “jon bermoqda” fond esa “uyquda” sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Taajjub shundaki, bu maqola ancha burun yozilgan va to Yusupov bilan bog'liq bugungi ishlar boshlanmaguncha arxivda dimiqib yotib edi. Taajjub shundaki, nega o'sha paytda nashr qilinmadi? Yo, Yusupov shu qadar kuch edimiki, “alam” u tizzalab qolganda, u boshqarayotgan fond misolida olinyapti.

“T-4” – “tashqarilagan tutum”

Sir xalta so'kiga sirach surishdan foyda yo'q: Yusupov “tashqaridagi muxoliflar” bilan suhbatlar qilibdi. Shu orqali liberal qarashlarini yoyinlamoq istabdi. Hatto u bu kabi qarashlarini ancha yillardan beri “tashqaridagi internet OAVlar” bilan o'rtoqlashib turarkan. U muxolifat bilan konstruktiv munosabat tarafdori ekan. Ba'zi bir odamlarning aytishicha, bu kabi chiqishlarni shaxsan Prezidentning o'zi ko'rganmush. Bu aniq dalil xarakterida bo'lmagani uchun bir nima deyish qiyin.

Taajjub shuki, u buncha ishni o'zicha qilganmikan? Faqat o'zigagina ishonib, a? Ishonmayman deysanmi, Karl? Men ham. Balkim chekiga tushgandir, bilmadim, bilmadim…

Taajjub, taajjub…

Manba: telegra.ph

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano