O’zbekiston Xalq Harakati

Sayidabdullaziz Yusupov ishi: DXX da'vo arizalarini majburlab yozdirgan

Sayidabdullaziz Yusupov ishi: DXX da'vo arizalarini majburlab yozdirgan
14 Mayıs 2019 - 7:47 'da yuklandi va 711 marta o'qildi.

10 may kuni DXX tomonidan hisbga olingan jurnalist Saidabdullaziz Yusupovga qarshi firibgarlik yuzasidan ariza bergan qoraqalpog'istonlik fuqarolar A. Allumuratov, D.Sag'indiqov va A. Daukaraevlar o'z arznomalarini DXX taz'iyqi ostida yozgani o'rtaga chiqdi.

Hibsda saqlanayotgan jurnalistning ota-onasi tomonidan “Dunyoo'zbeklari” veb sayti bosh muharriri Ismat Xushev nomiga yozilgan maktubda bildirilishicha, DXX qoraqalpog'istonlik uch fuqaroni Nukusdan Toshkentga uchoqda majburlab olib kelib, Saidabdullaziz Yusupovga qarshi ariza yozisha majburlagan.

Jumladan, 11 may kuni jurnalistning onasi va turmush o'rtog'i DXX izolyatori  (“Gvardeyskiy” qamoqxonasi) oldida turganlarida qoraqaopog'istonlik uch arizachi Saidabdullaziz Yusupovning yaqinlarini tanimagan holda o'zaro ruscha suhbatlashayotib, “la'nati mxxchilar Toshkentga majburlab olib kelgan”i haqida gaplasha boshlashgan.

Xususan, jurnalistning turmush o'rtog'i D. Yusupovaning bildirishicha, arizachi A. Daukaraev: “Ya lejal i poluchal kapel'nitsy v Nukuse. Esenbeshniki vorvalis' v moy dom i nasil'no privezli syuda na samolete. Oni trebuyut dat' zayavu na Saida”, – degan. Qolgan ikki arizachi ham o'zaro suhbatda, DXX vakillari ularni Nukusdan Toshkentga majburlab olib kelgani, uchoq va mehmonxona pullarini “kontora”ning o'zi to'laganini aytishgan.

Shunda D. Yusupova ularga murojaat qilib, o'zini tanishtirgan va tergovda ham mana shu ko'rsatmalarini berishlarini iltimos qilgan. Qoraqalpog'istonlik arizachilar o'zlari bilmagan holda Saidabdullaziz Yusupovning turmush o'rtog'i oldida og'zidan gullab qo'yishganini payqab, o'zlarini chetga olishgan. “Faqat Daukaraev degani: “Xotirjam bo'ling singlim! Tergovda ham huddi shunday deymiz. Chunki eringizdan biz biron yomonlik ko'rmadik”, – degan. Ichkariga kirganlaridan keyin ular qanday ko'rsatma berishgani hozircha noma'lum.

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Yunusobod tumani sudi 12 may kuni chiqargan ajrimga ko'ra, “Saidabdullaziz Yusupov 2013 va 2014 yillarda fuqarolar A. Allumuratov, D.Sag'indiqov va A. Daukaraevlarni aldab, 68 ming va 28 ming AQSh dollarini olgan”. DXXning eng itoatkor sudi hisoblanadigan ushbu tuman sudi, 10 mayda hibsga olingan jurnalistga uch kun ichida ayb e'lon qila olmagan DXXga shans yaratgan: ayb e'lon qilish uchun yana 10 (!!!) kun muhlat bergan!

Mustaqil huquqshunoslarning aytishicha, O'zbekiston Respublikasi DXX haqidagi Qonunga ko'ra, ushbu idora Jinoyat Kodeksning 168-moddasi (“firibgarlik”) bo'yicha ariza qabul qilmasligi va jinoiy ish ochmasligi kerak.

“Bunday mayda moddalar bo'yicha arizalarni qabul qilish va ko'rib chiqish DXXning emas, oddiy ROVDlarning ishi. “Kontora” bunday arizani qabul qilishi juda shubhali. Boz ustiga, uch yillik da'vo muddati ham o'tib ketgan. Chunki gap bundan 5-6 yillik voqealar ustida ketmoqda. Arizachilar nega shuncha paytdan beri jim yurishib, endi harakatga tushishgani ham juda shubhali”, – deydi yurist-konsul'tant Akmal Xudoynazarov (ismi-sharifi o'zgartirilgan).

Uning aytishicha, Yunusobod tumani sudi ajrimiga ko'ra cho'zib berilgan 10 kun ichida DXX jurnalist Saidabdullaziz Yusupovni siyosiy, masalan, “konstitutsion tuzumga tajovuz qilish”, “Vatangga xiyonat”, “josuslik” kabi og'ir moddalar bilan ayblashni qasd qilgan bo'lishi mumkin. “DXX o'zining eski va kulgili usulidan foydalanyapti. 168-chi modda, ya'ni “firibgarlik” moddasi bu – oddiy “fishka”, odamni ichkariga olib kirish uchun qo'llaniladigan “dejurniy” modda. Hali ko'rasiz, keyinchalik DXX bu moddani unutib, yoki unga qo'shimcha ravishda siyosiy ayblovlar ilgari suradi”, – deydi tajribali konsul'tant Akmal Xudoynazarov (ismi-sharifi o'zgartirilgan).

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort