O’zbekiston Xalq Harakati

Hamon mohiyat o'zgarganicha yo'q…

Hamon mohiyat o'zgarganicha yo'q…
14 Mayıs 2019 - 9:23 'da yuklandi va 550 marta o'qildi.

Mendan: «O'zbekistondagi holat bo'yicha nima deya olasiz? Qama-qamalar davom etyaptimi?» deb so'rashdi. O'z fikrimdan kelib chiqib bunga javob bermoqchiman.

Tan olish kerak, qama-qamalar avvalgi prezident siyosatiga nisbatan ancha kamaygan, ammo butunlay yo'q bo'lib ketgan, deb ham bo'lmaydi. Afsuski, hukumat hamon xalqni qo'rqitib turish printsipidan voz kechgani yo'q. Biroq, e'tibor berayotgan bo'lsangiz, bugungi qamatishlar puxta tayyorlangan taktika asosida amalga oshirilyapti. Go'yoki organ xodimlari uchun qandaydir bitta qolip mavjud va ular o'sha qolipdan chiqmasdan, bir xil stsenariy bo'yicha ish ko'rishyapti. Avvallari bu ishlar qanday amalga oshirilardi? Odamning aybdor yo aybdorsizligini birov bilishi shartmas edi, muhimi organ xodimlari bilishsa bo'ldi (ular vaziyatga turli tomonlardan emas, balki bir tomondan qarab, noxolis baho berishardi, bu endi alohida masala). Odamni aybdor deb bilishdimi, tamom – o'sha odam bugun qamalib, ikki-uch kundan keyin uning falon-falon “stat'yalar” bilan o'tirayotganini avval yaqinlari, keyinchalik jamoatchilik bilib olardi. Sud yo'q, dalil ham mavjud emas. Tabiiyki, jamoatchilik ham bunga qarshi fikr bildirishga qo'rqib mum tishlardi, chet elliklarning e'tiroziga esa hukumat parvo qilmasdi. Ming marta yozishsin, sanktsiya qilishsin, falon ro'yxatga kiritishsin – hukumatga baribir edi. Hozir-chi?

Hozir jamoatchilik uyg'oq, avvalgidek mudrab yotgani yo'q. Qolaversa, dunyo nazarida ijobiy imidjni shakllantirishga qanchadan-qancha mehnat qilindi. Kimdir qamalsa, darov OAV, blogerlar va umuman Feysbuk a'zolari turli postlar, izohlar yozib qarshilik qilishga o'tishadi. Bugungi organ xodimlarining taktikasi quyidagicha ko'rinishga ega: avval qamatishadi (aslida buni qamatish deb ham bo'lmaydi, shunchaki “noma'lum joyga olib ketishadi» deylik), keyin Feysbukda bir-ikkita «advokat d'yavola» («iblis advokatlari») bo'lgan nusxalar o'sha qamalgan odamga qarshi kompromat yig'ib, unga qarshi katta kampaniya uyushtirishadi. Ularning maqsadi bitta – qamalgan odamning xalqqa yomon odam ekanligini ko'rsatib qo'yish. Undan keyin allaqachonlar tayyor bo'lgan «delolar» OAV orqali xalqqa e'lon qilinadi va qarabsizki, shu bilan «ish» yopildi. Qamalgan odam ham xalq nazarida, ham davlat nazarida yovuz odam siymosida gavdalanadi.

Prezident ta'biri bilan aytganda, «o'g'ri bo'l – insofli bo'l» printsipi asosida ish ko'rilyapti. Avvallari hech kimga hisobot berilmas edi, bugun organ xodimlari xalq oldida tushuntirish berishga majbur. Aynan shu sababli, qama-qamalar ancha “kul'turnyy” ko'rinishga ega. Ammo hamon mohiyat o'zgarganicha yo'q.

Asli olganda biz, bugungi holat avvalgidan ko'ra ancha yaxshilangan, deb faqat o'zimizni aldayapmiz, menimcha. Bunga bir misol tariqasida hamon qamoqda saqlanayotgan mustaqil bloger Rustam Karim va Akrom Maliklarni ko'rsatishim mumkin. Ularga qarshi sud hukmi o'qildimi? Ularga advokatdan foydalanish huquqi berildimi? Umuman, ular hozir qaerda – buni kim biladi? Shu savollarga javob bera olsak, demak, islohotlar rostdan ham o'zini oqlayapti, degan fikrga nuqta qo'yish mumkin. Madomiki, buning aksi bo'lsa, bilingki, «islohotlar» hali juda xom, balki, umuman mavjud ham emasdir…

Temur Malik

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano