O’zbekiston Xalq Harakati

Ko'zlamayin bo'larmi

Ko'zlamayin bo'larmi
15 Mayıs 2019 - 9:00 'da yuklandi va 369 marta o'qildi.

 

 

KO'ZLAMAYIN BO'LARMI

Bir kaklik oldirsa polaponini,
Sayray-sayray, ko'zlamayin bo'larmi?
Bir bulbul yitirsa ol lolasini,
Hasratidan javramayin bo'larmi?

Eshak qamrovidan chiqsa xo'tigi,
Termulib to'rt yonga solar ko'zini,
Oqmoya oldirsa bo'talog'ini,
Bag'rin buzib, bo'zlamayin bo'larmi?

Bir jayronning qurdga tushsa ulog'i,
Sasidan er tepar, tikdir qulog'i,
Ko'zidan oqadi qonli bulog'i,
Maray-maray, izlamayin bo'larmi?

Oqsoqning qo'lidan olsang hassasin,
Yomon dardga tushar, topmas oyog'in,
Kuchli bir dushmanga tushsa g'unajin,
Buzog'ini yashirmayin bo'larmi?

Ayriliqqa odam o'g'li naylasin?
Kim qolar totmagan ajal og'usin,
Maxdumquli, hayvon bilsa bolasin,
Inson bag'rin tuzlamayin bo'larmi?

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano