O’zbekiston Xalq Harakati

Abu Nasr ibn Iroq-Ma'mun Akademiyasining asoschilaridan biri

Abu Nasr ibn Iroq-Ma'mun Akademiyasining asoschilaridan biri
15 Mayıs 2019 - 10:00 'da yuklandi va 357 marta o'qildi.

Abu Nasr ibn Iroq Mansur ibn Ali (960 — 1036) — xorazmlik riyoziyotchi va falakiyotshunos olim. Xorazmshoh saroyidagi Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masixiy, Abulxayr Hammor va Abu Rayhon Beruniy kabi olimlar bilan muloqatda bo'lgan. O'z davrida “Batlimusi soniy” (“Ikkinchi Ptolemey”) degan faxriy nom olgan.

Abu Nasr Mansur ibn Iroq Xorazmshoh avlodidan edi. Uning bizgacha kelgan ma'lumoti kam saqlangan. Faqat shunisi ma'lumki, u 995 yil Qiyotda (hozirgi Beurniy shahrida) Xorazm poytaxtida yashagan va ijod qilgan. Xorazmshoh Ma'mun akademiyasining asoschilaridan biri Abu Nasr Mansur ibn Iroq Abu Rayhon Beruniyga o'sha zamonda ham murabiiy, ham ustozlik qilgan. U yosh shogirdiga juda katta qiziqish uyg'otib, bor ilmu urfonini o'rgatdi.

1017 yilda Ibn Iroq va uning yaqin shogirdi Abu Rayhon Beruniy bilan birga Sulton Mahmud G'aznaviy saroyiga xizmat yuzasidan chaqiriladi va umrining poyoni etguniga qadar Sulton Mahmudga xizmat qiladi. 1025 yili olamdan ko'z yumadi.

Uning ilmiy ishlari

Ibn Iroqning asosiy astronomik asarlaridan biri — «Almagest shohi» hisoblanadi

Bundan tashqari, arab tilida yozilgan qo'llanmalar muallifi ham:

«Ettiburchak yasash haqidagi kitob” – geometrik asosga qurilgan ishdir;

«Menelay “Sferika”siga sharh – sferik shaklidagi uchburchak to'g'risida Menelay nazariyasi ta'limoti asari;

«Menelayning “Sferik”ni mukammallashtirish haqidagi kitob» – unda sferik sinus nazariyasining ilk tuzilishi, sferik trigonometriyaga asos solgan holatda;

«Azimutlar kitobi» – astronomik qarashlarning usullari to'g'risida fikr yuritilgan;

«Geometriya bo'yicha savollarga javob traktati» – sferik geometriya va asosiy yassilikni rivojlanishi.

Abu Nasr Iroqning matematikaga qo'shgan hissasi

1.Sferik geometriyaga eng katta hissa qo'shgan, sababi sferik trigonometriyaning asoschilaridan biri sanaladi..

2.Sferik sinus nazariyasi va yassilikni ilk marta shakllanishini isbotlab bergan.
Xorazmshoh Abulabbos Ma'munga bag'ishlab “Kitob fi kuriyya as-sama” (“Samoning shar shaklida ekani haqida kitob”), “Risola filhalli shubhaten arazat fil-maqolat as-solis ashara min kitob al-usul” (“Negizlar” kitobining o'n uchinchi maqolasida yuz bergan shubxani hal qilish haqidagi risola”), “Risola fi sana al-usturlob bit-tariq assi na i ila Abi Abdallax Muhammad ibn Ali al-Ma'muni” (“Abu Abdilloh Muhammad ibn Ali al-Ma'munga usturlobni san'at usulida yasash haqida yuborilgan risola”) kabi asarlar yozgan.

Dunyo tan olgan olim

Abu Nasr Iroqning dunyo faniga qo'shgan xizmati Paul Lyuk (Germaniya), E.Kennedi (AQSh), Yu.Samso (Ispaniya), K.Iensen (Gollandiya) olimlari tomonidan yuqori baholangan. Uning «Geometriya bo'yicha savollarga javob traktati» nemis tiliga tarjima qilingan va 1910 yil G.Zyuter nomidan nashr etilgan.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano