O’zbekiston Xalq Harakati

Tarix takrorlanmasin

Tarix takrorlanmasin
14 Mayıs 2019 - 13:43 'da yuklandi va 805 marta o'qildi.

TARIX TAKRORLANMASIN!

Keyingi paytda huquqni himoya qilish organlari tomonidan nisbatan qo'zg'atilgan jinoiy ishlar orqasidan kimlardir O'zbekistonda “So'z erkinligiga tahdid” boshlangani xususida gapirishni boshlagan bo'lsa, kimdir o'z hamkasblari ustidan mazg'ava to'kishda “jonbozlik” ko'rsata boshladi.

Endi haqiqiy holatga e'tibor beraylik. Mart oxirida jurnalist va shoir xorijdan qaytib kelayotgan Mahmud Rajabdan u olib kelayotgan kitoblar bilan birgalikda uning qo'l telefoni olib qo'yiladi. 10 may kuni esa uning uyida tintuv o'tkaziladi. Aynan shu kuni yana bir jurnalist Said Abdulaziz Yusupov firibgarlik sodir etishda gumonlanib DXX xodimlari tomonidan qo'lga olinadi. Endi savol tug'iladi: ushbu jurnalistlarga tuhmat qilinayotgan bo'lishi mumkinmi? Javob oddiy, ha mumkin! Chunki Mahmud Rajabni uyida tintiv o'tkazgan kuchishlatar tizimi xodimlarining tintuv jarayonidagi ba'zi hatti harakatlari ularning xolisligiga shubha uyg'otadi.

Endi Said Abdulaziz Yusupov sal oldin ham firibgarlik qilib mahkamaga tortilib aybi isbotlangan ekan, bu holat nima uchun jamoatchilikdan yashirilgan edi. Nima uchun kuzatuv ostiga olingan S. Yusupov jinoyat ustida dalillar bilan qo'lga olinmadi? Nima uchun IIB emas, uni aynan DXX hibsga oldi. Xolislik bo'lmagan degan shubha paydo bo'lishi uchun asos bordek. Endi tanganing ikkinchi tomoniga nazar solaylik Said Abdulaziz Yusupov aldov yo'li bilan birovlarning pulini o'zlashtirib firibgarlik qilishi mumkinmi? Yoki Mahmud Rajabning telefonida O'zbekistonda taqiqlangan diniy aqidaparastlik bilan bog'lik ma'lumotlar bo'lishi mumkinmi?

Har ikkala holat ham nazariy jihatdan bo'lishi mumkin. Biroq hali ularning ayblari sud tomonidan isbotlanmagan ekan, ularga tamg'a bosish va ustidan mazg'ava to'kish mumkin emas! Har ikkala holatda ha qonun ustivorligi ta'minlansagina, asl haqiqat yuzaga chiqishi, adolatni tantana qilishi aniq. Buning uchun esa ochiqlik va oshkoralik va xolislik tamoyilliriga amal qilinishi lozim. Jurnalist kasbining xususiyatidan kelib chiqib, ular bilan bog'lik har qanday hodisa yoki holat keng jamoatchilikning qiziqishiga sabab bo'lishi tabiiy holat. Biroq ikki holatning o'zi O'zbekistonda so'z erkinligini bug'ish boshlanganidan dalolat bermaydi. Shaxsiy xusumati tufayli, yoki kimgadir yoqib “ochko” olish ilinjida, eng yomoni kimningdir ko'rsatmasi bilan bu ikki jurnalist ustidan ig'vo to'qish, “kirdikorlarini fosh” etishga urinish ahloqsizlik. Xolis bo'laylik.

Bugungi kunda MAHMUD RAJAB kasalxonada sog'ligini tiklayapdi, SAID ABDULAZIZ YuSUPOV hibsda qolayapdi. Ertaga hammma narsa bo'lishi mumkin! Hamkasblarimdan birgina iltimosim bor, biz MAHMUD RAJABNI, SAID ABDULAZIZNI emas, ADOLATNI, HAQIQATNI, QONUN USTIVORLIGINI chinakamiga himoya qilaylik. Jur'atimiz etmasa sukut saqlaylik! Zero unutmaylik Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat kabi xalqimizning boshqa ko'plab asl o'hlonlarini badnom qilishda o'z hamkasblari jonbozlik ko'rsatishgan edi. Tarix qaytarilmasin, begunoh hech kim jabrlanmasin, tuhmatlarga duchor bo'lmasin!

Davlat Nazar

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano