O’zbekiston Xalq Harakati

Na liberallik, na-da diktatorlik mas'uliyatdan qutqaradi

Na liberallik, na-da diktatorlik mas'uliyatdan qutqaradi
15 Mayıs 2019 - 9:13 'da yuklandi va 351 marta o'qildi.

NA LIBERALLIK, NA-DA DIKTATORLIK MAS'ULIYaTDAN QUTQARADI

Repressiyalarning davom etayotgani so'nggi paytlarda o'tkazayotgan islohotlari tufayli Mirziyoev shaxsi (hukumati, demaymiz, chunki, O'zbekistondagi tuzum avtoritardir) qozonayotgan siyosiy kapitalni yo'qqa chiqaradi. Mirziyoev bunday bo'lishini istaydimi? Menimcha, istamaydi.

U holda, o'lkada paydo bo'lgan siyosiy kolliziyani izohlashda qiziq bir dilemma o'rtaga chiqadi: avtoritar bir siyosiy tuzum mexanizmlaridan birining (masalan, MXXning) bu tuzum rahbarining irodasiga zid harakat qilishi tuzum rahbarining avtoritarligini (avtoritetini, deyish xam mumkin) inkor qiladimi? Agar inkor etsa, bu narsa Mirziyoevning avtoritar emas, liberalligini (har holda, siyosiy repressiyalarga munosabatda liberal – paradoks) bildiradimi yoki uning siyosiy irodasining zaifligini anglatadimi?

Nima bo'lganda ham shunisi aniq-ki,o'lkada yuz berayotgan voqealarga asosiy mas'ul bo'lgan kishi – davlat boshlig'idir. Na uning diktatorligi, na-da avtoritar yoki liberalligi uni bu mas'uliyatdan xalos qila oladi.

Maqsud Bekjon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort