O’zbekiston Xalq Harakati

Ahmad ibn Muhammad as-Sog'oniy Usturlobiy kim bo'lgan?

Ahmad ibn Muhammad as-Sog'oniy Usturlobiy kim bo'lgan?
16 Mayıs 2019 - 8:00 'da yuklandi va 197 marta o'qildi.

Biz o'rta asr Sharq allomalarining ba'zilarinigina bilamiz xolos. Holbuki, yurtimizdan Al-Beruniy, al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, Ibn Sino, imom Buxoriy, at-Termiziy kabi bizga ma'lum bo'lmagan qomusiy olimlar talaygina.

Shulardan biri Ahmad ibn Muhammad as-Sog'oniy Usturlobiydir. Abu Iso At-Termiziy bu insonning katta tog'alaridan biri, Hakim Termiziyning akasining o'g'li hisoblanadi. Bundan anglashiladiki, Hakim at-Termiziy bu insonning amakilari bo'lgan.

Dastlab radioga to'g'ridan to'g'ri muloqotga chaqirishganda borishni istamadim. Sabab “boshqa Termiziylar bilan faoliyatlarini chalkashtirib yuboraman” deb cho'chidim. Xali bu inson haqidagi bilimlarim to'liq emas edi. Men ularga “shu mavzu bilan shug'ullangan mutaxassislarga murojaat qilinglar” dedim.

Ular “familyangiz yozib qo'yildi, e'lonlar ketmoqda” deganlaridan keyin noiloj astoyidil u kishi haqidagi ma'lumotlarni o'rganishga tushdim. Ahmad ibn Muhammad as-Sog'uniy Usturlobiy Abu Iso at-Termiziyning opasi yoki singlisimi Tanzilaxondan tarqalgan ekan. Shayx Muhammad qizini Bashir Termiziyning o'g'li Xoshim Termiziyga turmushga bergan ekan. Tanzila momodan Sonur va Al-Hakim at-Termiziy tug'ilgan ekanlar. Olimning ma'lumotlariga ko'ra, Tanzila momo juda ham bilimli, ziyoli, oqila va dono ayol bo'lgan. Bundan chiqadiki, Termiziylar bitta sulolaga borib taqalyapti. Termiziy, Qirqqizu akademiyasini tuzgan ayollar ham bir sulolaning davomchilari bo'lgan. Bu faktlarni o'qib, o'sha davrda Termiziylar sulolasi Chag'oniyonda katta o'rin tutgani, bu er ma'naviy-ma'rifiy maskanga aylanganini anglashimiz mumkin.

Biz yaxshi bilamizki, Sherobodda “Qirqqiz akademiyasi”ham ochilgan. Unda qirq mamlakatdan kelgan qirq nafar malika tahsil olgan va o'z yurtlariga qaytib ilm muassasalarini ochganlar. Demak, At-Termiziyning qizi Huraydayi Davrona va jiyani Ruhayda binti Varroq ham Termiziy olimalardan bo'lgan. Negadir biz mana shu kabi zukko olimalarning tarixlarini yaxshi bilmaymiz.

Ahmad ibn Muhammad as-Sog'oniy Usturlobiy juda kuchli munajjim, matematik, tabib, hadisshunos olim bo'lgan. U kishi Tibetdan, Xitoydan, dunyoning turli burchaklaridan kelgan 36 nafar munajjimga boshchilik qilganlar va osmon jismlarining harakat va xolatlarini belgilab, o'lchash ishlarini olib borib fanda katta ilmiy kashfiyotlar amalga oshirganlar. Ma'lumotlarga ko'ra tibetlik olim Yugay Li Ahmad Usturlobiyga shogird tushgan. U yashirincha Buddaga sig'ina boshlaganini bilib qolgan Sog'oniy uni shogirdlikdan ozod etgandan keyin mana shu observatoriyani o'sha shogirdi yoqib yuborgan ekan. Ma'lumotlarga ko'ra, o'sha olov bir yil davomida to'xtamagan, hatto daryo suvi ham isib ketgan ekan. Uning o'rnida kuyganligi sababli qora tepalik paydo bo'lganligi sababli, keyinchalik Qoratepa nomini olgan ekan.

Chag'oniyon arab manbalarida “Sog'oniyon”, fors manbalarida “Chog'oniyon” deyilgan. Ba'zan uni Chag'onrud ham deyishgan. Bu juda mo''jizaga boy joy bo'lib, bejizga Dalvarzin, Qoratepalar joylashmagan. Demak ilgarigi insonlarning davlatchilik poytaxti tanlashda ham maxsus ilmlari bo'lgan.

Sheroboddagi “Qirqqiz dorilfununi, 36 munajjimni birlashtirgan astrologiya maktabi, Ahmad Sog'oniyning o'zining ularga rahbarlik qilganini inobatga olsak bu erda katta bir tarix borligini anglashimiz mumkin. Bugun Termiziylar sulolasini chuqurroq o'rganish, ularning o'zaro qarindoshligi, bir sulola vakili ekanligini tarixiy faktlar bilan isbotlash kerak.

Bizningcha, Ahmad Sog'oniyning otasi Sonur vafotidan keyin uni Hakim at-Termiziy o'z tarbiyasi ostiga olgani ham uning ilmiy salohiyatiga ta'sir ko'rsatgan. U o'zi yashagan muhit ostida bo'lgan va olim sifatida shakllangan. Usturlob yasashda mohir bo'lgani uchun ham tarixda u Usturlobiy nomi bilan mashhur bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Beruniy ham uning kashfiyotlaridan keng foydalangan. Usturlobiy arab xalifaligida munajjimlarning ishlarini ko'rib chiqib, xato-kamchiliklarini to'g'rilagan, o'zi qo'shimchalar kiritgan. Bundan anglashiladiki, Ahmad Sog'oniy nafaqat O'rta Osiyo, balki, butun Sharq olamida, musulmon Renessansi, dunyo ilm-fani taraqqiyotida muhim o'rin tutadi.

U kishining hadisshunosligini o'rganib, hayratlanasan kishi. O'sha davrda ham mutassiblik bo'lgan, u kishi olim va ma'naviyatchi sifatida bu xolatlarga jim qarab tura olmagan va ularga qarshi kurashgan ekanlar. Hadisshunoslikda ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan ekanlar. Bizda ham Vahhobiylik, Hizbut-tahrir kabi oqimlar bo'lgani kabi o'sha davrda ham oqimlar bo'lgan ekan. Demak, g'oyalar kurashi doimo bo'lib kelgan ekan-da, to'g'rimi?

O'sha paytda “Guruch mendandir, men guruchdandirman” degan hadis ham tarqalgan ekan. “Agar guruch insondan bo'lganda, u insoniy qiyofaga ega bo'lardi, yurardi” deb shu qadar chiroyli ta'riflagan va bu hadisni inkor etganlar.

O'sha davrda “hech narsa yaratmanglar” degan hadis ham tarqalgan ekan. Aslida insonni bilimi, yaratish fazilati uchun Yaratgan ham yuqori darajaga ko'tarmaganmi? Demak, g'oyalar kurashi ham inson bilan yonma-yon rivojlanib kelyapti. Bu insonning hatti-harakatlariga qarab “Hamma davrlarda ham sahih va nosahih xadislarga qarash kerak ekan”, deb qoldim.

Bundan chiqadiki, “olimlar bu masalaga katta e'tibor berishlari kerak. Keyin Hakim at-Termiziy atrofida qurilgan astronomiya markazining joyi ham aniqlanishi, chet ellarda saqlanayotgan kitoblari ham jamlanishi va bu haqda xalqaro ilmiy anjumanlar o'tkazilishi kerak” deb hisoblayman.

Zero, dunyo ilmini tebratgan Termiziylar tarixi, Qirqqiz dorilfununi ham xolis va chuqur o'rganishga muhtoj mavzulardandir.

Shohista O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort