O’zbekiston Xalq Harakati

Alber Kamyu: “Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham bo'lishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon bo'ladi”

Alber Kamyu: “Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham bo'lishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon bo'ladi”
15 Mayıs 2019 - 12:27 'da yuklandi va 394 marta o'qildi.

Kamyuning bu bitiklari shu kunlar uchun ham dolzarb. Shu kunlarda, internetda «amnistiya»dan keyin ham blokirovkada qolayotgan «Ozodlik» radiosi muxbirlari axborotni turli yo'llar bilan olib, uni buzib talqin etishi, xalqaro me'yor va jurnalistik etikani buzishi haqidagi video tarqatildi.

Ha, «Ozodlik» mish-mish tarqatadi, ha, «Ozodlik» xato yozadi, ha, «Ozodlik» sizni aldab ma'lumot olishga urinishi mumkin. Ha, «Ozodlik» bizni jahonga sharmanda qiladi, ha «Ozodlik» o'zi istagancha shov-shuv ko'taradi, ha, «Ozodlik»ni ko'pchilik yoqtirmaydi. Lekin OAVning birinchi galdagi vazifasi ham borini bo'yicha ko'rsatish, hech kim bilan kelishmasdan, haqiqatga ko'z yummasdan murosasiz bo'lish, hech kimga – davlatga ham, xalqqa ham yoqmaslik evaziga bo'lsada haqiqatga xizmat qilish emasmi?

Ha, «Ozodlik» shov-shuvli xabarlari bilan katta auditoriyani egallab olgan (feysbukda 500 mingga yaqin o'quvchiga ega, taqqoslash uchun Kun.uz’ning feysbukdagi auditoriyasi bundan ikki barobar kamroq), ha, «Ozodlik» O'zbekistonda nima ro'y bersa o'z talqini bilan chiqaraveradi, ha, «Ozodlik»ni bloklashdan ma'no yo'q, sayt ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali faoliyatini davom ettiraveradi – o'zimizning bloklanmagan saytlarning esa axborot olish yo'li to'silgan – natijada axborot urushida «dushman ovozlari» ustun kelaveradi.

«Ozodlik» ishonchli manba emasligini, kamchiliklari ko'pligini isbotlash uchun noxolis so'rovnomalar o'tkazish, beo'xshov videolar tayyorlash («O'zimizdan chiqqan balolar», «Ozodlik O'zbekistonga do'st emas» kabi sayoz jumlalar bilan hech kimni ortdan ergashtirib bo'lmaydi) – zamon bilan hamnafas bo'lish emas, bugungi kunda hech kim bunday eski usullardan foydalanmay qo'ygan.

Axborot urushi albatta sog'lom raqobat muhitida olib borilishi kerak. Mediamakonda xorij nashrlari bilan tengma-teng raqobat qilish, pozitsiyalarni qaytarib olishning kaliti o'z nashrlarimizni qo'llab-quvvatlash, ularning erkin faoliyat yuritishini ta'minlab, zarur sharoitlarni yaratib berish, jurnalistlarga dalda bo'lib, ular dolzarb mavzularda o'z vaqtida o'z talqinicha yoza olishiga yo'l qo'yib berish – o'z nashrlarimizni rivojlantirishdadir.

P/S: Kun.uz o'z faoliyatining ilk kunlaridan o'zbek auditoriyasini imkon qadar to'liq qamrab olish, o'zbek o'quvchilari «Ozodlik»ni emas, Kun.uz’ni o'qishiga erishish uchun harakat qilib keladi. Bu ma'lum ma'noda sayt shioriga ham aylangan.

Shu kunlarda Venada o'tayotgan Evropa matbuot kongressida turli mavzulardagi taqdimotlar o'tkazilmoqda. OAV sohasidagi yutuq va muammolar, zamonaviy jurnalistikada muvaffaqiyat omillari, soha ilg'orlaridan yangilik va tavsiyalar…

Bugun butun dunyoda xususiy nashrlarni rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Har bir mediamakonda o'nlab nashrlar kurashi vositasida rang-barang muhit hosil qilinishiga asosiy maqsadga aylangan. Jahondagi innovatsiyalardan hayratlanamiz, munozalarlardan ilhomlanamiz, kelajak uchun rejalar tuzamiz, lekin tezda yana mavjud vaziyat yodga tushib, xomush tortamiz…

So'z erkinligi chindan kafolatlanmas ekan, matbuot yaxshi bo'lib qola olmaydi, axborot urushida raqobatni engib chiqa olmaydi.

Kun.uz kundaligi

https://t.me/kundalikuz/489

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano