O’zbekiston Xalq Harakati

Mahmud Rajabni diniy ekstremizm kontrabandasida ayblashmoqda

Mahmud Rajabni diniy ekstremizm kontrabandasida ayblashmoqda
15 Mayıs 2019 - 13:22 'da yuklandi va 320 marta o'qildi.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi “Eltuz”da chop etilgan “Tintuv qilingan Maxmud Rajabning uyidan “Payg'ambarlar tarixi” kitobi olib ketildi” maqolaga 14 may kuni rasmiy munosabat bildirdi.

Rasmiy bildirishga ko'ra, 2019 yilning 30 aprel' kuni “Toshkent-Aero”ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan jurnalist Mahmud Rajabga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (diniy ekstremizm, ayirmachilik va fundamentalizmni targ'ib qiluvchi materiallar kontrabandasi) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Bu moddalarda 5-10 yil qamoq jazosi ko'zlangan.

Jinoyat ishiga, 2019 yilning 26 mart kuni “Toshkent” aeroportida ko'zdan kechirilgan Mahmud Rajabning qora rangli sumkasidan chiqqan 26 dona kitob, bir dona “Mi 5+” rusumli uyali telefon apparati va undagi yozuvlar sabab bo'lgan, deya bildiriladi IIV saytida.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019 yil 8 maydagi ko'rsatmasiga asosan jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergovni o'tkazish Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatilgan.

2019 yil 10 mayda Mahmud Rajabning uyida o'tkazilgan tintuv tergov harakati haqida yozarkan, IIV tergov departameti tomonidan uning “tuman IIB xodimlari, xolislar, shuningdek, “Shang'i” mahalla fuqarolari yig'ini faollari ishtirokida” o'tkazilganini yozadi.

Tintuvdan keyin, 13 may kuni Mahmud Rajab kasalxonaga yotqizilgan edi.

Rasmiy ma'lumotda bildirilishicha, tintuv davomida “M.Radjapovning xonadonidan uyali telefon, noutbuk, disklar, 3 dona Turkiya davlatida chop qilingan (shu jumladan, «Payg'ambarlar tarixi») diniy mazmundagi kitoblar va boshqa hujjatlar o'rganish uchun olingan. Tintuv yakunida gumon qilinuvchi M.Radjapov bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan, bu haqda tintuv bayonnomasida ko'rsatib o'tilgan”.

Rasmiy bildirishda, tintuvda olingan ashyolar yuzasidan tegishli (dinshunoslik, sud-siyosatshunoslik-lingvistik, komp'yuter-texnik) ekspertizalar tayinlangan.

Mahmud Rajabni yaqindan taniydigan “O'zbekiston Germaniya Forumi” (UGF) Inson huquqlari tashkiloti direktori Umida Niyazova, uning halol va to'g'ri inson ekaniga kafil bo'lishini “Eltuz”ga bildirdi.

“Uning ekstremizmga hech bir aloqasi bo'lishi mumkin emas. O'zbek hukumati yaqinda ayrim mustaqil veb-saytlardan to'siqlarni bekor qildi, biroq aftidan, ular xali ham har qanday siyosiy yoki diniy ko'rinishdagi tanqidlarga toqatsizligicha qolishmoqda. Mahmud Rajabovga qarshi jinoyat ishi tezlikda to'xtatilishi lozim. O'zbek hukumatiga, o'z shaxsiy fikrlarini bildirish – tahdid emasligi, balki ochiq jamiyatning normal va zarur jihati ekanini e'tirof etish vaqti keldi. Jurnalist sifatida, Rajabov har qanday, ayniqsa Internetda ochiq bo'lgan axborotlar bilan tanishish huquqiga ega”, dedi Niyozova.

Xorazmlik 56 yashar jurnalist va shoir Mahmud Rajab “Ma'rifat” gazetasida muxbir bo'lib ishlagan. Biroq o'tgan yili u o'zining feysbuk sahifasida muxolifatdagi siyosatchi Muhammad Solih rasmini qo'ygani uchun ishdan bo'shatilgan edi.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort