O’zbekiston Xalq Harakati

Nozim Hikmatni g'azablantirgan voqea

Nozim Hikmatni g'azablantirgan voqea
15 Mayıs 2019 - 13:47 'da yuklandi va 500 marta o'qildi.

O'zbek muxolifati lideri Muhammad Solihning «Yo'lnoma» kitobi turkchada ikkinchi nashrdan chiqdi. 25 yildir surgunda bo'lgan 69 yoshli Muhammad Solih bu kitobda o'z hayot hikoyasini anglatgan.

Hozirda Turkiyada yashayotgan O'zbekiston Xalq Harakati lideri Muhammad Solih o'zi guvoh bo'lgan O'zbekistonda va Turk dunyosida sodir bo'lgan voqealarni qog'ozga tushirgan.

Kitobda diqqat tortgan qismlardan biri esa turk shoiri Nozim Hikmatning Turklar haqorat qilingandan keyin g'azablangani voqeasi edi. Muhammad Solih kitobning «Turklar» sarlavhali bo'limida O'zbekistonga kelgan Turk hay'ati bilan oralarida bo'lib o'tgan dialog haqida so'z yuritgan.

Nozim Hikmatning g'azablangan onlari shunday anglatilgan:

«Rus shoiri Andrey Voznesenskiy «Literaturnaya gazeta»da bosilgan xotirasida shunday bir voqeani eslaydi: qish edi, Nozim Hikmat o'pkasini shamollatmaslik uchun ko'ylagi ichida ko'ksiga gazeta o'rab yurardi… Yo'lda biz ketayotgan mashinani militsioner to'xtatdi va uzoq vaqt qo'yib yubormadi. Shunda shofyor militsionerga qarata, «Nichego ne ponimaet, on xuje turka» deganda shofyorning yonida o'tirgan Nozim Hikmat qattiq g'azablangandi.» (“Yo'lnoma”, Turklar, 64-bet)

Manba: https://odatv.com/nzimi-ofkelendiren-olay-12051928.html

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort