O’zbekiston Xalq Harakati

Komil Allamjonov mahalliy matbuotga Saidabdullaziz Yusupov ishini yoritishni ta'qiqladi

Komil Allamjonov mahalliy matbuotga Saidabdullaziz Yusupov ishini yoritishni ta'qiqladi
15 Mayıs 2019 - 14:38 'da yuklandi va 1188 marta o'qildi.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti ma'muriyati qoshidagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov 15 may kuni mahalliy OAV bosh muharrirlari uchun maxsus yig'ilish o'tkazib, unda yaqinda DXX tomonidan noqonuniy hisbga olingan jurnalist Saidabdullaziz Yusupov ishini yoritishni ta'qiqladi.

“Majlisda Komil Allamjonov bizga: “Bundan keyin qaysidir nashr Saidabdullaziz Yusupov ishini yoritadigan bo'lsa, o'sha nashrning bosh muharriri bu qilmishi uchun o'z kursisi va kallasi bilan javob beradi. DXX birovni qamasa, bejizga qamamaydi. Qamaganmi, demak shunga yarasha aybi bor. Sud unga nisbatan jinoiy jazo e'lon qilmaguncha, jim yuringlar!” – dedi. Aftidan, Allamjonov jurnalist Saidabdullazizga nisbatan sud aynan jinoiy jazo tayinlashini hozirdanoq, oldindan biladi”, – dedi majlis ishtirokchilaridan biri.

Prezident devoni qoshidagi agentlik direktori Komil Allamjonov O'zbekiston Davlat Soliq qo'mitasining sobiq raisi Botir Parpievga (sobiq MXXning sobiq raisi, hozirda senator Rustam Inoyatovning qudasiga) yaqin mulozim va tadbirkor hisoblanib, poytaxtlik ishbilarmonlar orasida “Parpievning hamyoni” – deb nom qozongan. U “Soliq-Info”, “Nalogovye i tamojennye vesti” nashrlari, o'zining monopolistligi bilan tanilgan “Avtotest” o'quv markazining egasi va ta'sischisi hisoblanadi.

Komil Allamjonov O'zbekiston prezidentining matbuot kotibi lavozimidan ketkazilgach, prezident ma'muriyati qoshidagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga rahbar etib tayinlan edi. Yangi lavozimda u o'zining tanqidiy materiallari bilan tanilgan qator mahalliy nashrlarga va jurnalistlarga qarshi bosim o'tkaza boshlagan.

Xususan, Kun.Uz va boshqa nashrlarda o'zining tahliliy va tanqidiy chiqishlari bilan nom qozongan jurnalist, Mustaqil ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash jamoatchilik jamg'armasi rahbari Saidabdullaziz Yusupovning liberal tashabbuslariga qarshi ham yashirin va ochiq kurash olib borgan.

Komil Allamjonovning bugun, 15 may kuni, maxsus yig'ilish uyushtirib, unda matbuot ahliga Saidabdullaziz Yusupov ishini  yoritishni ta'qiqlashi prezident ma'muriyati qoshidagi agenlik rahbari, nohaq hibsga olingan jurnalistning jazo olishini qattiq istayotganidan darak bermoqda. Shuningdek, bu holat prezident Mirziyoev jurnalistning nohaq qamalganidan xabardor ekanligiga ham ishoradir.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort