O’zbekiston Xalq Harakati

DXX va Bosh prokuratura Saidabdullaziz Yusupovning advokatini tergovga kiritmayapti

DXX va Bosh prokuratura Saidabdullaziz Yusupovning advokatini tergovga kiritmayapti
16 Mayıs 2019 - 9:28 'da yuklandi va 519 marta o'qildi.

O'zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX) va Bosh prokuraturasi noqonuniy hibsga olingan jurnalist Saidabdullaziz Yusupovning advokatini tergovda kiritmayapti. Bu haqida hibsdagi jurnalistning ukasi Muhammad Bahouddin Yusupov Facebook tarmog'idagi o'z sahifasida bugun, 16 may kuni, xabar berdi.

Uning aytishicha, advokat o'z himoyasidagi Saidabdullaziz Yusupovning oldiga kirish va tergovda ishtirok qilish uchun uch marotaba (ikki marta DXX Tergov boshqarmasiga, bir marta Bosh prokuraturaga) talabnoma kiritgan, lekin ikki idoradan ham ruxsat olmagan. “Biz oilamiz bilan bu holatdan xavotirdamiz. Chunki akamning sog'ligi bila bog'liq jiddiy muammolari bor. U doimiy shifokor nazoratida bo'lishi kerak. Biz inson huqulari himoya qilinganligi da'vo qilingan demokratik davlatda yashayapmiz. Ammo guvohi bo'lyapmizki, akamning oddiy fuqarolik huquqlari toptalayapti”, – deb yozadi hibsdagi jurnalistning ukasi Muhammad Bahouddin Yusupov.

DXX Tergov boshqarmasi tajribasidan xabardor huquqshunos va sobiq mahbuslarning aytishicha, Saidabdullaziz Yusupovni himoya qilayotgan advokatning tergov ishlariga kiritmasligi tergovchilar hisbdagi jurnalistga nisbatan bosim va qiynoqlar qo'llanilayotganidan darak beradi. “Demak, DXX jurnalistning aybini bo'yniga qo'ya olmayapti. Shuning uchun unga nisbatan qiynoq qo'llayapti. Bunday vaziyatda advokatning tergovda qatnashishi DXX oldiga yuqoridan qo'yilgan topshiriqlarni bajarishga (sohta ayblovlarni qanday qilib bo'lsa ham bo'yniga qo'yishga) yo'qqa chiqaradi. Shuning uchun to mahbus iqrornomasi olinmaguncha, uning adovkati tergovga kiritilmaydi”, – deyishdi toshkentlik huquqshunoslar.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort