O’zbekiston Xalq Harakati

Said-Abdulaziz Yusupov hibsiga oid muhim xabar

Said-Abdulaziz Yusupov hibsiga oid muhim xabar
16 Mayıs 2019 - 9:35 'da yuklandi va 827 marta o'qildi.

Akam Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishi bilan bog'liq tafsilotlar barchangizga ma'lum bo'lganligi sababli bunga yana to'xtalib o'tirmayman. Ma'lum qilmoqchi bo'lganlarim quyidagilar.

14 may kuni akamning ishlari bilan shug'ilanishi uchun yangi advokat A. A. bilan shartnoma tuzildi. Advokat ishni qabul qilgan vaqtdan boshlab akam Said-Abdulaziz Yusupov bilan ko'rishish uchun uch marotaba order topshirgan. Ikki marotaba Gvardiyskiyga, bir marotaba prokuraturaga. Ammo advokatning akam bilan ko'rishishiga ruxsat berilmagan. Qizig'i shundaki avvalgi davlat tomonidan berilgan advokat A. Ch. hech qanday muammosiz akam bilan ko'risha olayotgan edi.

Biz oilamiz bilan bu tushunarsiz holatdan havotirdamiz. Chunki, mana uch kundir akamning sog'ligi bilan bog'liq hech qanday ma'lumotga ega emasmiz. Tutqunda qolayotgan akamga qanday muomala qilinayotganidan ham bexabarmiz.

Ma'lum qilganimizdek akamning sog'ligi bilan bog'liq o'ta jiddiy muammolari bor. Doimiy shifokor nazoratida bo'lishi kerek. Sog'ligini nazorat qilish va kerakli hulosalarni chiqarish uchun maxsus uskunalar bo'lishi shart. Bunday uskunalar akam tutqunda qolayotgan Gvardiyskiy qamoqhonasida yo'qligi aniq.

Biz inson huquqlari himoya qilinganligi da'vo qilinayotgan demokratik davlatda yashayapmiz. Ammo guvohi bo'layapmizki akamning oddiy fuqarolik huquqlari toptalayapti. Biz butun inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlarini, OAV larini bu holatga jiddiy qarashlarini so'raymiz.

Muxammad Bahouddin Yusupov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort